Telegram Web Link
Uyushma faoliyatidan

MUZEY YANGI EKSPONATLAR BILAN BOYIDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi kundan kunga yangi eksponatlar bilan boyib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid muzey mutaxassisi Munira Ramazonovaga uyushma jamoasining qo‘lga kiritgan bir qancha yutuqlarini aks ettiruvchi esdaliklarni topshirdi. Xususan, ular orasida “Adabiyot” nashriyotining 2022-yil 2-4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasidagi “Tarixiy mavzudagi eng yaxshi nashr” nomli, II Respublika kitobxonlik haftaligidagi “Milliy adabiyotimiz va yosh mualliflarni qo‘llab-quvvatlagani uchun” nomli statuetkalari, Sudyalar oliy kengashining esdalik sovg‘asi edi. Shuningdek, ular orasida ijodkorlarning kitoblari ham mavjud.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QORAQALPOG‘ISTONDA MA’RIFAT ULASHIB...

Loyiha doirasida bu diyordagi talim muassasalarida taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said ishtirokida kechgan manaviy tadbirlarga ham yoshlar qamrab olindi.
Dastlabki manzil Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali bo‘ldi.
Shoir talabalar bilan erkin muloqot olib bordi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Adib muassasa kutubxonasiga hamda istedodli talabalarga o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.
Shundan so‘ng mehmon filial bog‘iga ramziy ko‘chat o‘tkazish marosimida ishtirok etdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida kechgan uchrashuv ham yosh ijodkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. O‘z navbatida, talabalar tomonidan namoyish etilgan “Kitob o‘g‘risi” spektakli shoir hayratiga sabab bo‘ldi.
Tashrif doirasida Nukus shahridagi 47-maktab o‘quvchilariga ham ma’rifat ziyosi ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

MUNAVVAR QORINING SO‘NGGI NIDOSI


Qissa

23 yoshida o‘z maktabini ochgan, mardikor o‘quvchini katta shoirga aylantirgan, Yevropada e’tirof etilgan jadid – Munavvar qorining qisqagina umr yo‘li chinakam ibrat bo‘lgulik. U millatimizning ma’rifiy hayoti va mustaqillik yo‘lini munavvar qilib ketgan zotdir.
“Chor hukumatini yo‘qotish jadidlarning tilagida bor edi”, deb yozadi u 1920-yildagi maqolalaridan birida.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abbos Saidning qo‘lingizdagi ushbu qissasi azaliy orzusi erk bo‘lgan jadid bobolarimizning millat ozodligi yo‘lidagi intilishlari va bu yo‘ldagi kurashlarigina emas, Munavvar qori va uning shogirdi To‘lqin Tursunzoda oʻrtasida bo‘lib o‘tadigan suhbatlar asnosida o‘sha davr havosi, millatning asl farzandlariga qilingan nohaqlig-u adolatsizliklar, ruhan sindirishga bo‘lgan harakatlar haqidadir.
Qissa so‘nggida Munavvar qori qamoqdagi maslakdoshlariga, fikrdoshlariga, shogirdlariga qarata shunday nido qiladi:
“...Falakning gardishi bugun biz turkistonliklar irodasiga qarshi aylanayotgani rost, illo bugun bo‘lmasa ertaga, erta bo‘lmasa indinga, qachondir, albatta, bizning xohish-istagimiz tomon ham aylanib qolishiga shak-shubha qilmayman! To‘g‘ri, ko‘plarimiz hurriyatimizni, ozodlikka chiqqan kunlarimizni ko‘rmasligimiz mumkin, ammo bolalarimiz, kelajak avlodlarimiz buni, albatta, ko‘rishadi. Mustaqil, ozod, emin-erkin yashab, istiqlol sharbatini totajaklar!”
Qissa sizlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Muharrir: Raxshona Ahmedova
Badiiy muharrir: Bobur Murodov
Nashriyot: “Yoshlar matbuoti”
Adadi: 3000


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shoir Axtamquli tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir “Bugun” informatsion dasturida yoritildi.

Dildora Mutalova lavhasi
TAKLIFNOMA

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 28-may kuni soat 15:00da Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv hamda "Burgut cho‘qqi” kitobining taqdimoti boʻlib o'tadi.
Ushbu tadbirga barchani chorlaymiz.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLMALIQ SHAHRI

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MA'RIFAT ULASHIB TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

26.05.2024
2024/09/23 03:14:46
Back to Top
HTML Embed Code: