Telegram Web Link
Yangi kitob

IZLAYMAN

Yaxshi sheʼr inson qalbining, eng chiroyli tuyg‘ularining mohirona tarjimasiga o‘xshaydi. Muallif Noriniso Qosimovaning ushbu kitobiga jamlangan sheʼrlar turli mavzularda bitilgan bo‘lib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Vatan mehri, qishloq odamlarining o‘ziga xos samimiy tantiliklari, ayol muhabbati va sadoqati, farzand quvonchi mavzuidagi sheʼrlarning barchasida o‘ziga xos badiiy chizgilar orqali boyitilgani bilan eʼtiborlidir.

Taqrizchi: Hayotxon Ortiqboyeva
Nashriyot: "Muharrir nashriyoti"


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uyga_qaytib

Sevimli shoirlarimizdan biri Rustam Musurmon bilan "Uyga qaytamiz"
To‘liq video.

"Uyga qaytib"
Allanazar Abdiyevning ijodiy kechasi
👇
https://fb.watch/slsYMHz5cq/
Usmon Azim Farg‘onada!

Bugun Qo‘qon universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, tarjimon Raʼno Azimova hamda Respublika ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytish joizki, chin maʼnoda sheʼriyat oqshomi qalblarni zabt etdi. Barcha ishtirokchilar jo‘r bo‘lib Usmon Azim sheʼrlarini o‘qidi.
Xalqning shoiri bo‘lish baxti dillarni havasga to‘ldirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
Yozuvchidan yangi asar tuhfasi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Shoir G‘ayrat Majidov olib bordi. Unda “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, professor Quvonchboy O‘razimbetov, dramaturg – Qo‘chqor Norqobil, shoirlar – Salim Ashur, Rustam Musurmon, Gulnora Nurlepesova, Abadan Turdimuratova, Muhammad Ismoil va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Allanazar Abdiyev o‘z asarlarida oddiy turmush tarzi orqali hayotning dolzarb masalalarini ko‘tarib chiqadi, – dedi Salim Ashurov. – "Burgut cho‘qqi" kitobi o‘z nomi bilan yuksak maʼnaviy cho‘qqilarga yetaklovchi asardir. Unda insonlarning o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qilinadi.
Tadbirda yozuvchi hikoya va qissalarida tarixiy manbalarga tez-tez murojaat qilishi, rivoyat va masallardan foydalanishi taʼkidlandi. To‘plamga ijodkorning har xil janr va mavzudagi asarlari yig‘ilgan. Kitobni nashrga tayyorlash jarayonida 10dan ortiq tarjimonlar ishtirok etgan.
– Allanazar Abdiyevning qoraqalpoq tilida yozilgan asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, – dedi Rustam Musurmon. – Adibning "Burgut cho‘qqi" romani shular jumlasidan. Kitobda qoraqalpoq xalqining tarixi, uning buguni aks etadi. Asar o‘quvchini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Adibning “Elza xonim”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Non yengiz”, “Yirtiq etik”, “Nasiba”, “Hayotda nimalar bo‘lmaydi?!” roman, qissa, hikoyalari, “Uloqchi haqida hikoyalar”, “Temirdan sharafga erishgan Nurillayevlar”, “Taxtako‘pirning nimasi bor?”, “Olqish olgan azamat”, “El-yurt, sof muhabbat kuychisi” kabi badiiy publitsistik asarlari, jami 30dan ortiq kitoblari nashr etilgan. Asarlari o‘zbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilingan.
Kechada yig‘ilganlar yozuvchining ijodi, asarlari, mehnat faoliyatiga nazar tashladi. Adibga Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zulayho Ahmadjonova
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/23 05:28:40
Back to Top
HTML Embed Code: