Telegram Web Link
Atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
XONDAYLIQIY XOTIRLANDI

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir va tarjimon Sidqiy-Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda jamoat arboblari, shoir-yozuvchilar, yosh ijodkorlar, shoirning muxlislari qatnashadi.
Kechani  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid olib bordi. Shoir Sidqiy Xondayliqiy g‘azaliga yozgan “Jonim Vatan” nomli muxammasini o‘qidi.
– Ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida Sidqiy Xondayliqiyning “Tanlangan asarlar”i nashrga tayyorlanayapti, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Kitobda tarjimashunos olim Begali Qosimovning so‘zboshisidan foydalanayapmiz. Kitob tez orada o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rahmatilla Sheraliyev, “Do‘stlik” ordeni sohibi Asad Asilov so‘zga chiqib, shoirning o‘zbek adabiga qo‘shgan hissasi, sheʼriyatidagi mavzular, ijodiy qirralari haqida maʼruzalar qildi.
– Bu kecha Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning boshlanishidir, – deydi Maxmud Toir. – Hali Bo‘stonlik tumanida – adib tug‘ilib yashagan go‘shada shoir yubileyi bilan bog‘liq tadbirlar davom etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zohidjon Olov shoir g‘azaliga bag‘ishlangan muxammasini o‘qib berdi. Yosh ijodkorlar Iroda Rahmonaliyeva, Erkin Hojimuhammad shoir va uning sheʼrlariga bag‘ishlangan sheʼrlardan aytdi. Xonandalar Asliddin Do‘stov, Ozoda Yorovaning musiqiy chiqishlari esa kechaga fayz bag‘ishladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiya ilhomlari

HAMISHA OLAM ARO QUCH ZAFAR, O‘ZBEKISTON!


Ona yurtim qadami har doim bo‘lgan qutlug‘,
Mehri beqiyos, tanti, quyoshday o‘chmas o‘tlug‘.
Unga ezgulik hamroh, unda bordir matonat.
O‘zi bekday egilmas sira sabr-u qanoat.

Bag‘rikenglik azaldan bobolardan merosdir,
Avlodlari Alpomish, Barchinoylarga xosdir.
Baham ko‘rgan hattoki qolgan parcha nonini,
Doimo saqlab kelgan sharaf ila shonini.

Dunyo o‘zi behudud, kurash avj olgan maydon,
Unda tik turolganlar bo‘lgay albat, qahramon.
Qo‘llarda hilpiragan xush niyat bayrog‘idir,
Bu do‘stlik bellashuvi, oriyat sabog‘idir.

Yurt ishonchin oqlay deb maydon tushsa o‘zbegim,
Keldi qalbim to‘ridan “Olg‘a, o‘zbegim!” degim.
Xalqim duo qilganda, to‘lib-toshib yuraklar,
Birma-bir yerga tegdi qancha-qancha kuraklar.

Bayrog‘imiz yuksakda, yangrasa madhiyamiz,
Ko‘zlarda yosh, kuzatdik “Yasha, balli”, deya biz.
Olimp kitobi aro Vatan nomin naqsh etdi,
Bu dillarga cheksiz baxt, iftixorlar baxsh etdi.

Toleyi yarqiragan har yoshning peshonasi,
Shoda-shoda medallar — g‘oliblik nishonasi.
Muzaffarlik xabarin yayrab eshitgan zahot,
Yurtboshi ham qutladi — avlodlardan dili shod.

G‘oliblik sururidan el qalqib dengiz misol,
Alqamoqqa oshiqdi farzandlarin betimsol.
Bugun ular mamnun o‘z jigargo‘shalaridan,
Bayram qilib borishar poytaxt ko‘chalaridan.

Ko‘rib quvna, ey hayot, g‘oliblik nashidasin,
Asrlardan asrga o‘tgan shon qasidasin.
Illo, bitmagay axir bu safar, O‘zbekiston,
Hamisha olam aro quch zafar, O‘zbekiston!

O‘tkir Rahmat

@Otkir_Rahmat
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺Зиёли минбари...

📚Адабиёт ва санъат: кеча ва бугун...

✍️Ўзбекистон халқ шоири Усмон АЗИМ билан суҳбат..
Olimpiya ilhomlari

***

Parij! Xayr! Tugadi bari,
Ortda qoldi hayajon, titroq.
Bayrog‘imga 13 yulduzni
Taqib, olib ketdik biz biroq.

O‘zbekning sher panjalarida
To‘lqin urdi qadim ildizlar.
Ona xalqim ko‘kragi uzra
Qo‘ndi shoda-shoda yulduzlar.

Parij! Xayr! Yaxshi qol, Eyfel!
Bizlar ketdik yorug‘ yuz bilan.
Senga qoldi bo‘m-bo‘sh shohsupa,
G‘alabalar ketdi biz bilan!

Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Olimpiada ilhomlari

JAHON CHEMPIONLARIGA

Parijda uyg‘ondi bir sharqona tong,
O‘zbekona qudrat, shonli qaroshlar.
Mardu maydon uzra yangragancha bong,
Madhiyamiz bir-la tarala boshlar.

Bunda asrorlarni mahv eta olgan
G‘oliblar ko‘ksida yonmoqda ilinj,
Bugun dahri dunni larzaga solgan
Elimning savlati arimaydi hech.

Bedor ko‘zlardagi ishonch hurmati,
Yana yetib keldi afsonaviy on.
Kechmishi zulfiqor xalqning jurʼati
Minorlardan baland, ishongil, ishon!

Bu kun – yuzni yorug‘ etmoqqa fursat,
Sening har qadaming – bir yangi g‘oya.
Dunyoni lol ayla, porlashing ko‘rsat,
Janglarda nomingni etib himoya.

“Yelkadoshim, elim, qardoshim”, – degan,
Ne ajab, titrasa zafarlar tog‘i?!
Quyoshni bag‘riga bosishar ekan,
Hamroh bo‘layotir Vatan bayrog‘i!

Hulkaroy Sattorova,
Qashqadaryo viloyati,
Ko‘kdala tumani
Olimpiada ilhomlari

***

Diyora Keldiyorovaga

Yuzing doim yorug‘ bo‘lgay, oy qizim,
Latofatga, sharaf-shonga boy qizim!
Vatan shonin xorijlarda ko‘tarib,
Yig‘lama, armoning yo‘qdir, hoy, qizim!
Omin!
 
Hayoting ham bayramlarga boy bo‘lgay,
Quyoshimiz shoning, hamroh oy bo‘lgay!
To‘kis bo‘lsin hayoting ham, baxting ham,
Vatan bo‘lsin quvonching ham, taxting ham!
Omin!

Bir alp yigit tutgan baland qo‘lingdan,
Bir alpomish hamroh bo‘lgan yo‘lingda!
Diyorajon, ko‘z yoshingdan aylanay,
Shu sheʼr bilan qutlamoqqa shaylanay!
Omin!

Sira ozaymasin mehring Vatanga,
Shonlar keltirmoqda sehring Vatanga!
Ollohga erkasan, Vatanga erka,
Sharaf-shon topaver el bilan birga!
Omin!

Ollohga omonat bo‘lgin, oy qizim,
Hali bir bayramlar kutar Vatanda!
Vatan axir bayramlarga boy qizim,
Bayraming davomli bo‘lgay, oy qizim!
Omin!

Do‘rmon ijod uyi

Bibisora Turobova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Taʼziya

   O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, shoira Dilnoz Mushfiqqa ukasi Jahongir Saidovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON SAODATI BU

Mahmud Toir she'ri
Uni shoirning o‘zi o‘qigan
TAʼZIYA

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, Ichki ishlar idoralari faxriysi, isteʼfodagi podpolkovnik Ahmadxon Obidxonovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT SHAHRI_SIDQIY XONDAYLIQIY TAVALLUDINING 140 YILLIGI_14.08.2024

🎤 muxbir: Gulnora OTAJONOVA
🎥 tasvirchi: Sanjar XOLNAZAROV

OBUNA BO'LING: http://www.tg-me.com/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
2024/11/15 10:16:50
Back to Top
HTML Embed Code: