Telegram Web Link
Qutlov!

DILSHOD SHAMS

Bugun Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Dilshod Shams tug‘ilgan kun. Adibni qutlug‘ yoshi bilan qutlaymiz.
Dilshod Shams – 1964-yilning 15-avgustida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini filolog mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1986-yili O‘zbekiston radiosining Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida boshlagan. “Mushohada”, “Muharrir minbari” kabi yangi eshittirishlarni tashkil etgan. Mustaqillikning ilk qadamlariga bag‘ishlangan bu eshittirishlar keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. 1989, 1990-yillarda “Yilning eng yaxshi radiojurnalisti” deb topilgan.
1992-yilda O‘zbekiston televideniyesida dublyaj bo‘limi boshlig‘i, bosh muharrir lavozimlarida ishladi. “Muhammadun Rasululloh” kabi yirik teleseriallarning o‘zbek tiliga dublyajida muharrirlik qildi. “Tungi yog‘du” dam olish dasturi muallifi va boshlovchisi bo‘ldi. 1994-1996-yillari ma’naviy-axloqiy mavzular talqiniga bag‘ishlangan “Ko‘ngil” ko‘rsatuvini tashkil etdi va olib bordi.
1997 – 2006-yillarda O‘zbekiston televideniyesi “Kino” bosh muharririyati bosh muharriri, “Kinomarkaz” direktori lavozimlarida ishladi. Shu muddat ichida 1000ga yaqin film va seriallar o‘zbek tiliga o‘girilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan “Olamga sayohat” ko‘rsatuvini qayta tikladi va olib bordi. 2012-yili yangi tashkil qilingan “Dunyo bo‘ylab” telekanali” DUK Kinovideomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyatiga bosh muharrir etib tayinlandi.
2015-yil 2-martida “Dunyo bo‘ylab” telekanali” DUK tarkibida tashkil etilgan «Kinoteatr» telekanali direktori etib tayinlandi. Telekanal faoliyatini tashkil etish, mingdan ziyod badiiy film va serialni o‘zbek tiliga o‘girish ishiga boshchilik qildi. “Troya”, “Yashil maskan”, “Tristan va Izolda”, “Sommersbi”, “Gʻurur va kibr”, “Temir niqobli odam”, “Chingachkuk – katta ilon”, “Oq so‘yloq”, “Lochin izidan”, “Qahramon”, “Afsungar”, “Apachi”, “Ko‘ngil kaliti”, “Sirli orol”, “Nikoh taklifi”, “Katta ayiq bolalari”, “Aviator”, “Mening ismim – Xon”, “Tomas Kraunning hiylasi”, “Sahro shahzodasi”, “Robin Gud” kabi yuzga yaqin badiiy filmlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Dilshod Shams 1992-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 1991-yili “Tumor” she’riy kitobi, 2012-yili “Qalbimdagi Vatan” esselar kitobi chop etilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

* * *
Oftob boshing uzra charaqlab kulsin,
Bosgan izlaringdan chechaklar unsin,
Qalbing baxtga to‘lsin,
quvonchga to‘lsin,
Faqat ko‘zing yoshga to‘lmasin, jonim.

Seni sog‘inganlar qilsinlar duo,
Jamoling jilvasin aylab to‘tiyo,
Bor bo‘lsang,
bizga ham butundir dunyo,
Dunyo ko‘zingga tor bo‘lmasin, jonim.

Hayot – bu...
Dovon ham, sinov ham ko‘pdir,
Izg‘irin, qahraton, qirov ham ko‘pdir,
Muzlarga qasdma-qasd olov ham ko‘pdir,
Qalbingda olovlar so‘nmasin, jonim.

Senga ko‘p yarashgay kulgu, tabassum,
O‘zingday samimiy,
ko‘zingday maьcum,
Tole – bog‘laringdan ketmas bir mavsum,
Sen kuyib, g‘animlar kulmasin, jonim.

Har qalbda ochilgay
bir gul, bir chaman,
Shu chaman ichrasan,
chaman ichraman.
Dilga tanho Vatan,
Mehrga Vatan
Bizning bu chechaklar so‘lmasin, jonim.

Bandamiz,
xato ham o‘tar bu boshdan,
xijron ham, jafo ham ketar bu boshdan.
Ko‘ngillar ko‘ngilga
qaytadur boshdan,
Ko‘ngilda ko‘ngillar o‘lmasin, jonim.

Qarayman,
bir yo‘llar ko‘ringay yorug‘,
Gumonlardan forig‘,
g‘amlardan forig‘,
Ko‘ksimdan ketmoqda armon va og‘riq,
Bizlarni xudoyim qo‘llasin, jonim.

Dilshod Shams
Olimpiada ilhomlari

OLIMPIYACHILARIMIZGA

O‘v raqiblar, shay turing endi,
Moziylardan kelmoqda darak.
Jaloliddin, Temurlar keldi,
Matonatdan toblangan yurak!

Madhiyaga turing xaloyiq,
Tomirlarda qalqisin g'urur.
Bu yurt mudom zafarga loyiq,
Ko'taraylik boshimiz mag'rur!

Jim turmoqlik muxlisga nomus,
Bosh egmoqlik yov qarshida or.
Bitta joyga uraylik mushtni,
Shunda bo'lar g'alabalar yor!

Gʻarbga yetmay qolgandi bir vaqt,
Amir Temur qilgan safari.
Tugataylik ortig'i bilan,
Bobom boshlab qo'ygan zafarni!

Millat uchun jonimiz fido,
Yutug'idan quvonib shodon.
Yurt qayg'usi qayg'umiz illo,
Yurtning dardi dardimiz mudom!

Har to'siqqa beraylik barham,
Qani ketdik bellarni bog'lang.
Bir xalq bo'lib shakklandik va
Bir xalq bo'lib yengaylik olg'a!

Niyatullo Elbek oʻgʻli
Yangi kitob

YOSHLAR VATANNI MADH ETADI
(Navoiy viloyati yosh ijodkorlari bayozi)

Bepoyon Qizilqum sahrosi bag‘rida qo‘nim topgan Navoiy viloyatining afsonaviy shaharlari-yu jannatmonand ovullari va qishloqlaridan taralayotgan o‘lan-u qo‘shiqlarda Yangi O‘zbekistonimizda yuz berayotgan islohotlar aks etayotir. Darhaqiqat, jamiyatimizning barcha sohalarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar adabiyot, so‘zga bo‘lgan munosabat, sohada amalga oshirilayotgan islohatlar barchamizni xushnud etadi. Istiqlolimizning ijodkorlarga bergan imkoniyatlaridan biri ijod va so’z erkinligi, Ona vatan saodatini kuylashdir. Besh muhim tashabbus imkoniyatlari tufayli viloyatda ko‘plab ijodkorlar kashf etilmoqda.

Mas’ul muharrir: Bahriddin Sadriddinov
To‘plovchilar: Hulkar G‘afforova, Jamshid Berdiyev
Nashriyot: "Tamaddun" nashriyoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida
“Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Jizzax viloyat bo‘limi
Olimpiada ilhomlari

TINGLATDI DUNYOGA BUYUK YURT MADHIN

Nasl-nasab bilan maqtanmas erkak,
Zafarin xotirlar yiqilsa polvon.
Ajdodlar arvohi shod bo‘lar beshak,
Munosib bo‘lishsa agar qiz-o‘g‘lon.

Yetti iqlim kezdi ushbu dam yana
Temur lashkaridek o‘zbekning nomi.
Parij tuprog‘ida qildi tantana
To‘maris duosi, Shiroq kalomi.

Turon arslonlari tik turib mag‘rur,
Tinglatdi dunyoga buyuk yurt madhin.
Uchinchi renessans bo‘y cho‘zib bir qur,
Oqqan daryolarda boshlandi toshqin.

O‘n uch nafar farzand — o‘n uch qahramon,
O‘n uchinchi o‘rin jahon sahnida.
Maydonda qad kerar hur O‘zbekiston,
Ajdodlar tumorin bosib bag‘rida.

Anvar Eshnazar
Bu sheʼr Ozarbayjon va Oʼzbekiston xalqlarining abadiy doʼstlik va birodarligiga bagʼishlanadi.

Аnar Аhmedov,
Ozarbayjon Respublikasi
“Asgar” gazetasi muharriri, mayor


OZARBAYJON-O‘ZBEKISTON

Xalqlarining ildizi bir,
Joni birdir, qoni ham bir,
Dini biru, tili birdir,
Turk elida qadim makon,
Ozarbayjon-O‘zbekiston.

Mard yigit-u shunqorlaring,
Qonin to‘kkan Vatan uchun.
Jonajon el diyorisan,
Jasurlikda yozgan doston,
Ozarbayjon-O‘zbekiston.

Birodar-do‘st shaharlari,
Juda qadim tarixlari,
Lol qoldirar har kimsani,
Ilm, sanʼat dahosisan,
Ozarbayjon-O‘zbekiston.

Nizomiy ham Navoiyning,
“Xamsa”sini o‘qiganman.
Insonlikka nurin sochgan.
Madaniyatda gultoj maskan,
Ozarbayjon-O‘zbekiston.

Serhosildir tuproqlari,
Maroqlidir har bir oni,
Mehrlidir insonlari,
Har biriga jonim qurbon,
Ozarbayjon-O‘zbekiston.

Ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga Gulzira Sharipova o‘girdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olamning qalbi

Abdumajid Azim,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Abduqahhor Ibrohimov tavalludiga 85 yil to‘ldi

   Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov tavalludiga 85 yil to‘ldi.
U 1939-yilning 16-avgustida Toshkent shaharida dunyoga kelgan. 1960-yilning o‘rtalaridan lirik va satirik hikoyalari bilan tanildi. Uning "So‘nggi nur", "Qoya ostida", "Osmon yaqin, yer yumshoq", "Hayot kutmaydi" nomli hikoyalar to‘plamlari nashr etildi. Moskvada "Падение трона", "Обо мне ни слова" nomli hikoya va qissalaridan iborat to‘plamlari rus tilida nashr qilingan. Ijodkorning "Bizkim, o‘zbeklar", "Vatan tuyg‘usi", "Uyku kelmas kechalar", "Millat ovozi", “Yorug‘lug‘”, "Muftiylar sulolasi", "Ruhiy oziq mahzani", "Maʼmun akademiyasi", “Ziyorat”, "Eʼtiqodga bahshida umr", "Ildizim va o‘zim" kabi 50 dan ortiq kitobi chop etilgan.
   U ko‘p yillar Yozuvchilar uyushmasining Dramaturgiya kengashiga raislik qilgan. Mashhur adib "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi" faxriy unvoni, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, "Xalqaro Mahmud Qoshqariy" mukofoti sovrindori, "Oltin qalam" milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

SAYLANMA

Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning mazkur "Saylanma" kitobidan turli yillarda yozilgan qissalari, hikoya, hajviya va hangomalari, ko‘ngildagi gaplari, suhbatlari, publitsistik maqola va tarjimalaridan namunalar o‘rin olgan.
Undagi asarlar mazmunan rang-barangligi, hayotiyligi, shirali tili, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgani, kutilmagan yechimlari, tagdor ibora-yu ilmoqli gaplarga boyligi, salmoqdor ijtimoiy yuki va falsafiy xulosalari bilan o‘quvchi e‘tiborini tortadi.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Mas‘ul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, shoir Husniddin Hayitovga padari buzrukvori Hasan ota Hayitovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAʼZIYA

O‘zbek adabiyotining yaqin do‘sti, turkiy dunyo adabiyotining atoqli namoyandasi, Yevroosiyo Yozarlar birligi raisi, “Qardosh qalamlar” jurnali asoschisi va muharriri Yoqub Umar o‘g‘lining bevaqt vafoti haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi. U turk dunyosi xalqlari adabiy aloqalarini rivojlantirish, qardosh xalqlarni birlashtirish yo‘lidagi fidokorona saʼy-harakatlari tufayli obro‘-eʼtibor topgan jamoat arbobi va donishmand ustoz edi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘zbek shoirlari va yozuvchilari nomidan marhumning oila aʼzolari, do‘stlari, yaqinlari hamda turkiyalik ijodkor qardoshlarimizga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi tojikistonlik taniqli shoir, uyushmaning faxriy aʼzosi Jamshid Primovga o‘g‘li Farhod Primovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkanim

🎙Mahmud Namozov
✍️ G'ayrat Majid
🎶 Mahmud Namozov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxon bolalar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda "O‘zbekiston" nashriyoti tomonidan "Kitobxon bolalar" loyihasi doirasida yangi asar chop etildi. Mazkur asar yozuvchi Muhabbat Yo‘ldoshevaning "Uchar hammom" ertaklar kitobi bo'lib, undagi "O‘rdakchaning oyisi" nomli ertak uchun 3D annimatsion videorolik ishlandi.
Yangi kitob

ISHQ RO‘MOLI

Sheʼr latif tuygʼular hosilasi. Chin insoniy kechin­malar ifodasi boʼlmish sheʼriyat olami oʼquvchi qalbiga yorugʼlik olib kiradi, ezulikni yuqtiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muxtasar Tojimamatovaning yozganlari kitobxonni sheʼriyatning nurli manzillari sari yetaklashi, shubhasiz. Zero, Ota makon, Ona tuproq haqidagi shu el yangligʼ qadim qadriyatlarni toza satrlarga solgan shoiraning mazkur toʼplamda yozganlari qalbga yaqin, dillarga mushtarakdir.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Nargiza Asadova
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикасига жўнаб кетди.
2024/11/15 13:10:00
Back to Top
HTML Embed Code: