Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Nurafshon" telekanali "Ajdodlar merosi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Muallif – Gulnora Otajonova. Kadr orti matnini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev o‘qidi.

https://www.tg-me.com/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
Olimpiada ilhomlari

IFTIXOR

Parij Olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlariga

Bobolarim bellarida belbog‘ bo‘lgan,
Momolarim yashagan joy gulbog‘ bo‘lgan,
Va ulardan meros qolgan bu vatanning –
Yigitlari – botir, qizi – gulmoh bo‘lgan.

Suyanishib o‘z kuchi va orlariga,
Kurash tushib, yetishgandir yorlariga,
Hu tog‘larning burgutlari, sorlariga –
Mardlik, Vatan darslarini bermoq bo‘lgan.

Shaylamagan tillarini quruq so‘zga,
Vatanning tuprog‘ini surib ko‘zga,
Shu elni deb, shu yurtni deb, demay o‘zga –
Bir-birlari bilan etu tirnoq bo‘lgan.

Kim bilmaydi ul Pahlavon Mahmud nomin?
Bilagida bunyod etgan yurtning shonin,
Ashʼorlari mardlar uchun asli qonun,
O‘z kuchiga tani metin qirg‘oq bo‘lgan.

O‘zini mard sanaganlar maydon kelsin,
Farqi ham yo‘q – daʼvogar kim, qaydan kelsin?
Faqat dilga halollikni joylab kelsin,
Shu shart bilan maydonlarga kirmoq bo‘lgan.

So‘zlarim ham sal olisdan boshlanganday,
Ko‘rindimi ko‘zlarim ham yoshlanganday?
Sizga nima, bo‘lsa agar qachon, qanday?!
Soylarning ham taqdirida irmoq bo‘lgan.

O‘sha irmoq bugun yana pishqirmoqda,
Go‘dak bolam barmoqlarin musht qilmoqda,
Tomirlarda boboqonim jo‘sh urmoqda,
Kelaversin “O‘zbek kim?” deb so‘rmoq bo‘lgan.

O‘z qaddini yana tiklab olib, bu yurt,
Peshqadamlik saflarida g‘olib bu yurt!
Dunyolarni hayratlarga solib bu yurt –
Olimp sari mardonavor bormoq bo‘lgan.

Ozodligim qaytib berdi o‘zligimni,
Yo‘g‘on bilak, yovqur, lochin ko‘zligimni,
Dunyo bildi bugun bitta so‘zligimni,
Pisib qoldi ustimizdan kulmoq bo‘lgan.

Anglash qiyin zimdan boqib, zimdan so‘rab,
“Bu so‘zlarni yozding, demang, kimdan so‘rab?”
Mag‘rurlikni jasur Yurtboshimdan so‘rab,
Bir niyatim o‘zimga Bek bo‘lmoq bo‘lgan.

“Mard maydonda sinaladi” degan gap bor,
Muhammadning ummatiman, Egam – Jabbor,
Bilagimda kuchim bor-u Ul madadkor,
Ayb mendamas, mag‘lub bo‘lsa yengmoq bo‘lgan.

Qarang, Yangi O‘zbekiston davronlarin –
Samolarga tutashtirar narvonlarin!
Ushaltirib Sohibqiron armonlarin,
Maqsadi ham Yer singari kengroq bo‘lgan.

G‘ururlarga to‘yintirib yuragini,
Polvonlari yer silatmas kuragini,
Ko‘kka boqmay, samolarning suratini –
Raqibining ko‘zlarida ko‘rmoq bo‘lgan.

Shashtim baland, tog‘ oshaman, qir oshaman,
Kimni ko‘rsam o‘z tilimda so‘rashaman,
Aytib qo‘yay, men o‘zbekcha kurashaman,
Menga bunda ajdodlarim o‘rnak bo‘lgan.

Bobolarim bellarida belbog‘ bo‘lgan,
Momolarim yashagan joy gulbog‘ bo‘lgan.
O‘zbegimning menday shoir bolasining –
Bir qo‘lda sheʼr, bir qo‘lida bayroq bo‘lgan!

12.08.2024

Orif To‘xtash,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Olimpiada ilhomlari

SIZ DAVRONGA YARASHGAYSIZ

O‘zbekiston sportchilariga

Dunyo bilan tenglashdik biz,
Yangi doston bo‘ldi bunyod.
Sahro bilan sirlashdik biz,
Bog‘u bo‘ston bo‘ldi bunyod.
Tuproq olsak oltin bo‘ldi,
Bo‘lganiga ming bor shukr,
Bir musht bo‘lib birlashdik biz,
O‘zbekiston bo‘ldi bunyod.

Maydonlarda yurt shaʼni deb,
Raqib-la kuch talashdingiz,
Omad sizga qarashganda,
Siz Vatanga qarashdingiz.
Belda belbog‘, dilda orzu,
Bo‘ldi baland bayrog‘imiz,
Davron sizga xo‘p yarashdi,
Siz davronga yarashdingiz.

Ulug‘likni bermish tangrim,
Yurt deb zahmat chekkanlarga,
Yosh yurakka ezgulikning
Niholini ekkanlarga.
Qaytib bermish Sohibqiron
Savlatini, davlatini,
Nigohini g‘oliblikning
Cho‘qqisiga tikkanlarga.

Mard o‘g‘lonlar tuqqan elim,
Tushmasin, hech boshdan tojing,
Yurt shaʼnini nomus bilmoq,
Sening faxring, sening rozing.
Dilbandlaring yurtga zafar —
Mashʼalasin baland tutib,
Qaytar bo‘ldi, toki shunday
Yangrasin baland ovozing.

Dunyo bilan tenglashdik biz…

Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
TA'ZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushmaning Namangan viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Gulchehra Zokirovaga padari buzrukvori Bahromjon Zokirovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O’zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlar korteji shahar bo'ylab harakatlandi. O'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan delegatsiyamiz Milliy Olimpiya qo’mitasida tantanali kutib olindi. Parij-2024 qahramonlari Prezident sovg'alarini qabul qilib olishdi.
JONLI EFIR

Hurmatli ijodkorlar, adabiyotsevarlar, ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirga boshlandi. Tadbirni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👇
https://fb.watch/tWKpojbxy0/
Qutlov!

USMON AZIM

   13-avgust – Usmon Azim tug‘ilgan kun.
   Usmon Azimni xalqimiz sevimli shoir, ardoqli dramaturg, yozuvchi, kinotsenariychi, yuksak badiiy mahoratli tarjimon sifatida yaxshi biladi va hamisha qadrlaydi.
   U 1950-yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shundan so‘ng O‘zbekiston radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976-1988), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988-1989), O‘zbekiston Prezidenti devonida (1991-1994), “Savdogar” gazetasida (1995-1999) turli vazifalarda ishladi. 2003 yildan O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida adabiy bo‘lim mudiri vazifasida xizmat qilmoqda.
   Shoir 1979 yilda chop etilgan “Insonni tushunish” ilk sheʼriy kitobi bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Shundan so‘ng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Ko‘zgu” (1983), “Surat parchalari”, “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “G‘aroyib ajdarho” (1990), “Uyg‘onish azobi” (1991), “G‘ussa”, “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yo‘q ekan” (1995), “Kuz” (2001), “Fonus” (2007), “Yurak” (2009) kabi sheʼriy kitoblari, “Jodu” (2003) nasriy to‘plami, “Adibning umri” (2011), “Jimlik” (2012) dramatik asarlari bosildi.
   “Saylanma” (1995), “Tanlangan asarlar” (2021) hamda ko‘p jildlik sheʼriy kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. “Kuz” va boshqa o‘nlab to‘plamiga kirgan betakror sheʼrlari, dostonlari kitobxon qalbidan joy egalladi.
   Usmon Azim jahonning Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichyus kabi o‘nlab shoirlari ijodidan namunalarni ona tilimizga yuksak badiiy mahorat bilan o‘girdi. O‘z navbatida o‘zining sheʼrlari ham fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilindi. Ko‘plab sheʼrlari elimizning sevimli hofiz va xonandalari tomonidan ijro etib kelinadi.
   Radiodramaturgiya sohasida “Baxtli bo‘laylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” asarlarini yaratganidan so‘ng drama janrida “Kunduzsiz kechalar” (1998), “Alpomishning qaytishi” (2000), “Bir qadam yo‘l” (2002), “O‘tgan zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005) nomli pyesalari sahnalashtirildi. Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda o‘tgan xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. “Alpomishning qaytishi” asari uchun 1999-yilning “Eng yaxshi dramaturg”i deb eʼtirof etildi. Ssenariylari asosida “Sevgi” (1998), ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) nomli badiiy filmlar suratga olindi. “Alpomish”ning kinotalqini uchun Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotga loyiq ko‘rildi.
   Usmon Azimning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O‘zbekiston xalq shoiri” (2000) faxriy unvoni, “Do‘stlik” (1997), “El-yurt hurmati” (2020) ordenlari bilan mukofotlandi.
   Usmon Azim 1982-yili shoirlarning xalqaro bellushuvida Gruziyaning Viladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ustoz ijodkorni ushbu sana bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi
​​Бугун – Ўзбекистон Халқ шоири Усмон Азим туғилган кун

“ШОИРЛАРИ ЁЛҒОН АЙТСА ЎЛАДИ ЭЛ...”

Шеъриятнинг, адабиётнинг мезони – ҳақиқат. Ҳақ ва ҳақиқатга зид асар, қанчалик маҳорат билан ёзилган бўлмасин, ҳеч қандай қимматга эга бўла олмайди. Буюк Алишер Навоий бобомизнинг ижод концепцияси асосида ҳам ана шу мезон туради. Биргина мисол: улуғ шоир “Хамса”нинг иккинчи достони “Ҳайрат ул-аброр”да мана бундай ёзади:

Нукта су янглиғ эритур тошни,
Топса ҳақиқат ўтидин чошни.
Бўлса ҳақиқат гуҳаридин йироқ,
Ришта сўзин сўзламаган яхшироқ.
Давоми...

Нурбой Жабборов
Atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/25 11:25:17
Back to Top
HTML Embed Code: