Telegram Web Link
Mustaqillik mushoirasi

YOZYOVON ILHOMLARI

Bugun Yozyovon tumani markazidagi “Tolquduq” ommaviy dam olish maskanida Mustaqilligimizning 33 yillik bayramiga bagʻishlangan “Yozyovon ilhomlari” nomli mushoira tadbiri boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi viloyat boʻlimlari hamkorligida, bayramona ruhda oʻtkazilgan tadbirda fargʻonalik ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, uyushmaning Namangan hamda Andijon viloyat boʻlimlari va tuman hokimligi, shuningdek mahalliy aholi vakillari qatnashib, jami 100 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi.
Tadbirda Fargʻonada yashab oʻtgan atoqli adiblarning yorqin xotirasini haqida soʻz yuritildi, mumtoz qoʻshiqlar hamda Vatan va istiqlolni sharaflovchi, insoniy tuygʻularni tarannum etuvchi sheʼrlar oʻqildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada kundaligi

FAXRIYA

O‘g‘lonlari sher bo‘lib maydonga chiqqan xalqim,
Qizi atirgul bo‘lib maydonga chiqqan xalqim.
Olimp bellashuvida “o‘zbek” degan g‘ururni
Tomchi-tomchi ter bilan, shon bilan yig‘gan xalqim.

Bahodir, Hasanboyim, Lazizjon, Abdumalik,
Murodjon, Muzaffarjon qorako‘z, bug‘doyrangim.
Bari sherlar yurtidan, Polvon Pirlar yurtidan,
Ey, nomlari jarangim, el sha’nidir har jangim.

Diyora Keldiyorova keldi kurashga, debon,
Parij o‘ylanib qoldi, osmonning yulduzi – u.
“Biz qizlarga ishonch uchun rahmat!”, dedi Diyora,
Yurtboshimdan tabrik olgan, Yurtboshimning qizi – u.

Har bir mardning ortida mard otalar, onalar,
Mehri Zarafshondagi zarlardek oqqan xalqim.
Davlat, Ruslan, Shukurjon, Safina, Gulnozaxon,
Daryodek qalqqan xalqim, dengizdek balqqan xalqim.

Vatan uchun, or uchun dunyoni ilib otgan,
Palagi tozalarim, guldan andozalarim,
O‘zbekiston bayrog‘in o‘pib yuksalganlarim,
Beklar, xonzodalarim, nurdek ozodalarim.

Qaltis paytda qirg‘izga “Munarbek, sen zo‘r!” degan,
“Menga suyan, tur!” degan Akmal Hasanim mening.
Qardoshlarin qo‘llagan, duolarin yo‘llagan,
Mehriga chegara yo‘q manzil, maxzanim mening.

O‘zbekcha ovozaga tebrandi go‘zal Parij,
Eyfel minorasiga hayratlar taqqan xalqim.
“Temuriylar keldi”, deb, “Boburiylar keldi”, deb,
Baralla balqqan xalqim, Allohga yoqqan xalqim.

Chetdan sportchi olmadik, bari o‘zimizniki,
Biz birlashdik “Vatan”, deb oyoqqa qalqqan xalqim.
Butun dunyo havasda bizning birligimizga,
Olimpiya osmonida quyoshdek balqqan xalqim!

Zulfiya Mo‘minova,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


“Jadid” gazetasining 2024-yil 9-avgust kungi sonidan olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

G‘ayrat Majid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari

Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i
Президент Шавкат Мирзиёев Париж Олимпиадасида ўз вазн тоифаларида барча рақибларини мағлуб этиб, олтин медалларни қўлга киритган ҳамда икки карра олимпия чемпионига айланган таэквондочимиз Улуғбек Рашитов ва боксчимиз Ҳасанбой Дўсматов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Давлатимиз раҳбари спортчиларни қизғин табриклаб, терма жамоамиз томонидан бир кун ичида Олимпиаданинг иккита олтин медали қўлга киритилгани Ўзбекистон спорти учун тарихий воқеа бўлганини катта мамнуният билан қайд этди. Йигитларимизнинг дадил ва ишончли чиқишлари, юксак маҳорати ва мардлиги чинакам қаҳрамонлик намунаси бўлгани, Янги Ўзбекистоннинг ёшлари нималарга қодир эканини кўрсатгани, халқимизга улкан куч ва ғурур бағишлаганини таъкидлади. Мураббийлари, ота-онаси ва яқинларига миннатдорлик билдирди.

Улуғбек Рашитов ва Ҳасанбой Дўсматов алоҳида эътибор ва юксак ишонч, спортчиларга барча шароитлар яратилгани учун давлатимиз раҳбарига ташаккур изҳор этиб, ғалабаларини Янги Ўзбекистонга бағишлашларини айтдилар.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olimpiada chempionlari bilan muloqoti.
Ватан нима?

Тавба қилдиму, ҳа деб, ёмон хаёлларга боравермаслик керак. Катта энам раҳматли: «Ёмон хаёл қамални, яхши хаёл ҳамални чақиради...» дер эди.

Пойтахтдан минг чақирим нарида адабий учрашув ўтказилишини эшитиб, бир гуруҳ адиблар билан мен ҳам борадиган бўлдим. Манзилни эшитиб юрагим шиғ этди: «Илҳомнинг онаси ҳам қатнашади. Онаси мендан Илҳомни сўнгги бор сен кўргансан... Айт, боламга нима бўлувди, болам сенга нима девди... деб сўроққа тутади», деган ўй ўтди хаёлимдан. Беихтиёр, онаизорнинг қиё­фаси кўз ўнгимда гавдаланди.

Ўқиш: https://telegra.ph/Vatan-nima-08-08

Расмий саҳифаларимиз 👇

Web-site| Facebook|Telegram| YouTube
KITOBXON YOSHLAR 05.08.24
"Yoshlar" radiosining "Kitobxon yoshlar" radioloyihasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Mirzo Kenjabekning "Yoshlarga dil so‘zlarim" kitobidan iqtiboslar berildi. Shuningdek, muallifning "Ona O‘zbekiston" she’ri muxlislarga taqdim etildi.
Loyiha muharriri: Gulzebo Ibrohimova
Boshlovchi: Iroda Ahmedova
Olimpiada kundaligi

🥉 Gʻulomjon Abdullayev – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida yana bir medal. Unga erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev mualliflik qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz o'g'lidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi. Barakalla, Gʻulomjon!

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 3 ta bronzaga yetmoqda.
2024/11/15 18:52:21
Back to Top
HTML Embed Code: