Telegram Web Link
Olimpiada kundaligi

Ozoda Sobirjonova Parij-2024 medali uchun bellashadi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medal qoʻlga kiritishga yaqin. -67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Ozoda Sobirjonova oʻtish bosqichida tailandlik Sasikam Tongxanni magʻlubiyatga uchratib, bir ozdan soʻng bronza medali uchun dayanga koʻtariladigan boʻldi. Unda hamyurtimizga belgiyalik Sara Chari raqiblik qiladi. Olgʻa, Ozoda!
Olimpiada kundaligi

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasiga toʻrtinchi oltin medalni taqdim qildi!

Parijdan yana bir xushxabar. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Murosasiz ruhda oʻtgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda. Tasanno, Asadxoʻja!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiada kundaligi

So’z chempion Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga
Olimpiada kundaligi

Lazizbek Mullojonov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni

Fargʻona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qilmoqda. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz medallari hozircha 5 ta oltin va 3 ta bronzaga yetdi.
Olimpiada kundaligi

14-O‘RINDAMIZ

5-oltin medaldan so‘ng yurtimiz 15-o‘rindan 14-o‘ringa chiqib oldi. G‘alaba muborak, O‘zbekiston!
Olimpiada kundaligi

O’zbekiston delegatsiyasi yozgi Olimpiya o’yinlarida medallar sifati bo’yicha o’z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi!

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yakuniga yetib ulgurmagan bo’lsada, O’zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o’zidayoq 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan o’z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. Hali oldinda 3 nafar atletimiz ishtirokidagi final bahslari, qolaversa, ishtirokini kutib turgan bir qator sportchilarimiz bor.

Kelgusi kun dasturlarida ham Yangi O’zbekistonning qahramon sportchilaridan yangi g’alabalar kutib qolamiz. Olg’a, O’zbekiston!
10 avgust — Erkin Aʼzam tug‘ilgan kun

ERKIN AʼZAM

10-avgust “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam tug‘ilgan kun. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu sana bilan muborakbod etadi.
Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan.
Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami "Chiroqlar o‘chmagan kecha" 1977-yilda bosilib chiqqan. Ijodkorning "Otoyining tug‘ilgan yili", "Olam yam-yashil", “Javob”, "Bayramdan boshqa kunlar", "Pakananing oshiq ko‘ngli", "Kechikayotgan odam", "Jannat o‘zi qaydadir", "Ertak bilan xayrlashuv", “Guli-guli”, “Shovqin” kabi hikoyalar to‘plamlari, qissa va romanlari nashr etilgan. Ko‘plab asarlari rus, tojik, ingliz va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Erkin Aʼzam “Chantramore”, “Piyoda”, “Pakana”, “Dilxiroj”, “Erkak”, “Zabarjad” kabi qator kinofilmlarning ssenariy muallifi hamdir. Uning "Jannat o‘zi qaydadir", “Shajara”, "Farrosh kampirning tushi", "Xonadon egasi", "Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi" kabi pyesalari nashr etilgan. “Shovqin” romani adibning ijodiy o‘sishida yangi bir bosqich bo‘ldi.
Adib qalamiga mansub “Erkak” badiiy filmi 2004-yilda “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Shuningdek, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovrin (Gran-pri)ga sazovor bo‘lgan. "Suv yoqalab", “Parizod” ssenariylari asosida yaratilgan badiiy filmlar nufuzli Xalqaro kino anjumanlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2019-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Adib va jamiyat” seriyasida “Yozuvchining bog‘i” nomli qissa va hikoyalar to‘plami, keyingi yillarda 4-jildlik “Tanlangan asarlar”i nashr etildi.     Erkin Aʼzam 2013-yilda "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 1998-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, 2016-yilda “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, 2020-yilda “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тадбиркорларни фаолликка чорлаймиз!

Фаолиятингиз юзасидан таклиф ва мулоҳазаларингиз бўлса, 📞 1094 ва 1100 қисқа рақамлари орқали 👍24/7 режимида иш олиб бораётган “Call-марказ”, 👍@taklif_2024_bot ҳамда 👍taklif2024.uz электрон платформаси орқали мавжуд масалангизни баён этинг.

Президентнинг тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқотига жуда оз вақт қолди!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari o’z yakuniga yetib bormoqda. O’zbekiston atletlari bugun 7 ta sport turida ishtirok etadi.
#Olimpiada_kundaligi

OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA

Asli dunyo o‘zbekdan qarzdir,
Ular oldi, ko‘rmay qoldikmi?!
Endi yurtga qaytarmoq farzdir:
Yurt jahonga bergan oltinni!

2024.10.08

© Nasrullo Ergash

👉 @xayol_soyasi
Olimpiada kundaligi

Nikita Rafalovich dastlabki jangini o’tkazdi


Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (+80 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini boshladi. Eronlik Arian Salimi bilan bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi. Endi Salimi finalga yetib borgan taqdirda Rafalovich bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Sanoqli soniyalardan keyin Svetlana Osipova dayanga ko’tariladi.
Olimpiada kundaligi

Svetlana Osipova g’alaba bilan boshladi

Taekvondo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova dastlabki jangini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Kot d’Ivuarlik Astan Batili bilan bellashgan hamyurtimiz 2:1 hisobida g’alaba qozonib, chorak finalga yo’llanma oldi.
Olimpiada kundaligi

Akbar Jo’rayev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari kumush medali sohibi!

Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev o’z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medalini ham qo’shib qo’ydi. -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Barakalla, Akbar!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifi tafsilotlari.

Davlatimiz rahbari Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi va boshqa bir qancha yig‘inlarda ishtirok etdi.

Qozog‘iston poytaxtida Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda o‘zbek ziyolilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari ham qantashdi.
Olimpiada kundaligi

Svetlana Osipova yarim finalda!

Taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining yarim finaliga yo’llanma oldi. Hamyurtimiz chorak finalda jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori buyuk britaniyalik Rebekka Makginni mag’lubiyatga uchratishga erishdi. Endi yurtdoshimiz final yo’llanmasi uchun janubiy koreyalik Li Dabin bilan jang qiladi.
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Париждаги ёзги Олимпия ўйинларида Ўзбекистон спорт делегациясига навбатдаги 2 та олтин медални келтирган ва уларнинг сони бўйича рекорд кўрсаткичга эришилишига ҳисса қўшган спортчиларимиз — боксчилар Асадхўжа Мўйдинхўжаев ва Лазизбек Муллажонов билан телефон орқали суҳбатлашди.

"Бокс бўйича Ўзбекистон дунёда тенгсиз эканини яна бир карра исботлаганингиз учун миннатдорлик билдириб, табрикламоқчиман. Халқимизнинг чинакам қаҳрамонлари бўлдингиз. Янги Ўзбекистоннинг янги ёшларига жуда катта ўрнак, намуна бўлаяпсизлар. Юртимиз ўғлонлари нималарга қодир эканликларини бутун дунё ҳамжамияти кўриб турди ва мен сизлардан ғурурланаман", — деди давлатимиз раҳбари.

Йигитларимизнинг кечаги ғалабалари халқимизга жуда катта мамнуният бағишлагани таъкидланди. Президентимиз юқори натижаларга эришаётган олимпиячиларимизга, бутун терма жамоамизга ўзининг қизғин саломини етказишни сўради.

Чемпионлар ҳам Президент ва халқимиз ишончини оқлаганидан мамнунлигини билдириб, шундай ғалабаларга эришиш имконини берган эътибор ва кенг шароитлар учун давлатимиз раҳбарига ташаккур изҳор қилдилар. Бундан буён ҳам Ватан байроғини баланд кўтаришда давом этишга ваъда бердилар.
Давлатимиз раҳбарининг ғолиб спортчилар билан мулоқоти.
2024/11/15 15:36:46
Back to Top
HTML Embed Code: