Telegram Web Link
Olimpiada kundaligi

G‘ALABA


G‘alaba nima u?
Birovning ko‘ksin qonatib
vayron qilmoq emas dil ayvonini.
Yo omon boshiga toshlar qulatib
parchalab tashlashmas ustuxonini.

Achchiq yosh qalqitib mayus ko‘zlarda
Nozik bilaklarni qayirmoq emas.
E voh, yuragiga tekkan daydi o‘q,
onani boladan ayirmoq emas!

Vayron qilmoq emas ko‘chalarini,
uylarini buzmoq – g‘alaba emas.
Xatarga to‘ldirib kechalarini
jonlarini uzmoq – g‘alaba emas.

Nomardlar, nodonlar
qing‘ir yo‘l bilan
Tokaygacha topgay pinhona zafar?!
Birovning bog‘ini o‘zga qo‘l bilan
payhon etganlarga begona – zafar!

G‘alaba –
Maydonda raqibin yiqitib so‘ngra
Kiftiga o‘zbekcha qoqib qo‘ymoqlik.
Ulkan zafar quchib, Oltin nishonni
Vatanning ko‘ksiga taqib qo‘ymoqlik!

Yetmish tomirimda oqsin deb huzur
So‘ngra yig‘lamoqlik sevinchdan qalqib…
Senga g‘alabalar keltirgan nodir,
G‘olib farzandlaring sharafla, Xalqim!

Faxriddin Hayit
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё давлатлари раҳбарлари Маслаҳат учрашувидаги нутқи
Olimpiada kundaligi

HASANBOYNING AYTGANLARI

Parij tor! Ring aslo kichkina emas,
Qitʼa-yu davlatlar unda zarblashar!
Ring hatto zaminni joylagan qafas –
Tomosha qilishi mumkindir bashar...

Yer yuzining qay bir burchida o‘zbek
Sezdim, Hasanboy deb oyoqqa qalqdi...
Sening olqishingdan qaddim bo‘ldi tik,
Aslida Sen o‘zing g‘olibsan, Xalqim!

Ring hayron! Har mushtga yetdi bardoshim –
Zarbaga aylandi hatto soch tolam!
Yonimda qad rostlab turdi Yurtboshim:
“Yiqilma! Mahkam bo‘l, Hasanboy bolam!”

O‘g‘il-qizing borar shohsupa sari,
Bu jahon alplari qilmoqda havas...
Sening noming birla bellashar bari –
Vatanim, Sen bizdan rozi bo‘lsang, bas!

Ortimda turibsan!
Ayt, qanday yutmay?!
Sen birla tutashib bormoqda jonim!
Ruxsat et! Bayrog‘ing ko‘zimga surtay
Shohsupaga chiqqan O‘zbekistonim!

9.08.2024-y.

Qo‘chqor Norqobil
Xalqimizni kitobsevar millatga aylantirish borasidagi tashabbuslar faol olib borilmoqda

9-avgust dunyoda Butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ayrim manbalarda esa bu sana Xalqaro kitobsevarlar kuni sifatida keltirilgan. Nima bo‘lganida ham, sananing nomlanishi uning mohiyatini o‘zgartirmaydi.
Bu kunni dunyo kitobsevarlari smartfonlarini o‘chirib, yaqinlariga kitob ulashish va mutolaa bilan o‘tkazadilar. Bu kun nainki, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, kutubxonachi va noshirlar, balki kitobdan yaxshilik topgan, umrini kitobsiz tasavvur eta olmaydigan insonlar uchun ham o‘ziga xos sana hisoblanadi.

Davomi...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида бўлиб ўтган Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг олтинчи Маслаҳат учрашувида иштирок этди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг навбатдаги Маслаҳат учрашувида иштирок этди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга минтақа давлатлари ўртасидаги дўстлик, қўшничилик ва ўзаро англашувни ривожлантиришдаги алоҳида хизматлари учун Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Фахрий нишонини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.
2024/09/25 01:32:09
Back to Top
HTML Embed Code: