Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга Марказий Осиё давлат раҳбарларининг Фахрий нишони топширилди.
Audio
Radio to‘lqinlarida

O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Ergashev "O‘zbekiston 24" radiokanalining “Radiomuloqot” dasturida ishtirok etdi. Suhbat davomida asosiy eʼtibor ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida uyushmaning amalga oshirilayotgan ishlari, kitobxonlik, xususiy nashriyotlarda chop etilayotgan kitoblar, umumtaʼlim maktablarida o‘qitilayotgan “Adabiyot” va "Ona tili" fani darsliklari yaratilishida Yozuvchilar uyushmasiga zarurat qanchalik borligi kabi bir qancha masalalarga qaratildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzamning telegramdagi ijodiy kanaliga aʼzo bo‘ling va adibning asarlarini o‘qing: 👇

https://www.tg-me.com/azamerkin
Yangi kitob

UYUSHMA A’ZOSINING YANGI KITOBI

«Yangi asr avlodi» nashriyotida yozuvchi Sherzod Komil Xalilning “O‘lim labirinti” nomli hikoyalar to‘plami nashr etildi. Kitob adibning daryo va o‘rmon turkumidagi hikoyalarini o‘z ichiga oladi. Unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Temur Po‘latov so‘zboshi yozgan.
“Hikoyalarni o‘qir ekansiz, yozuvchi sizni daryolar, tog‘lar va o‘rmonlar qurshovida joylashgan o‘z “Makonda”si – Kitob va Shaxrisabzning olis hududlarida yashayotgan o‘z obrazlari dunyosiga olib kiradi. Agar siz shahar shovqini va “sity”lar hashamatidan toliqqan kitobxon bo‘lsangiz, ko‘z ilg‘amay o‘tib ketgan va poyonsiz borliqning bir chekkasida joylashgan dunyoyi qutirning o‘zga bir makonida siz bilan bir zamonda yashayotgan odamlar bilan tanishasiz. Kitobga kirgan hikoyalarning har biri o‘zgacha bir olam, o‘z holicha mustaqil bir dunyo. Yozuvchi yaratgan obrazlar o‘z dunyolarida o‘z yolg‘izligi, quvonchi, fojeasi bilan yashaydi, ularning ko‘ngil atributlari sizni befarq qoldirmaydi”, deydi Temur Po‘latov kitobga yozgan so‘zboshisida.
“O‘lim labirinti” kitobiga Raxshona Ahmedova muharrirlik qilgan. Mas’ul muharrir Vohid Ahmad. Adadi 2000 nusxa.
Kitob zamonaviy o‘zbek adabiyotiga qiziqadigan keng kitobxonlar ommasini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Mustaqillik mushoirasi

YOZYOVON ILHOMLARI

Bugun Yozyovon tumani markazidagi “Tolquduq” ommaviy dam olish maskanida Mustaqilligimizning 33 yillik bayramiga bagʻishlangan “Yozyovon ilhomlari” nomli mushoira tadbiri boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi viloyat boʻlimlari hamkorligida, bayramona ruhda oʻtkazilgan tadbirda fargʻonalik ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, uyushmaning Namangan hamda Andijon viloyat boʻlimlari va tuman hokimligi, shuningdek mahalliy aholi vakillari qatnashib, jami 100 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi.
Tadbirda Fargʻonada yashab oʻtgan atoqli adiblarning yorqin xotirasini haqida soʻz yuritildi, mumtoz qoʻshiqlar hamda Vatan va istiqlolni sharaflovchi, insoniy tuygʻularni tarannum etuvchi sheʼrlar oʻqildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada kundaligi

FAXRIYA

O‘g‘lonlari sher bo‘lib maydonga chiqqan xalqim,
Qizi atirgul bo‘lib maydonga chiqqan xalqim.
Olimp bellashuvida “o‘zbek” degan g‘ururni
Tomchi-tomchi ter bilan, shon bilan yig‘gan xalqim.

Bahodir, Hasanboyim, Lazizjon, Abdumalik,
Murodjon, Muzaffarjon qorako‘z, bug‘doyrangim.
Bari sherlar yurtidan, Polvon Pirlar yurtidan,
Ey, nomlari jarangim, el sha’nidir har jangim.

Diyora Keldiyorova keldi kurashga, debon,
Parij o‘ylanib qoldi, osmonning yulduzi – u.
“Biz qizlarga ishonch uchun rahmat!”, dedi Diyora,
Yurtboshimdan tabrik olgan, Yurtboshimning qizi – u.

Har bir mardning ortida mard otalar, onalar,
Mehri Zarafshondagi zarlardek oqqan xalqim.
Davlat, Ruslan, Shukurjon, Safina, Gulnozaxon,
Daryodek qalqqan xalqim, dengizdek balqqan xalqim.

Vatan uchun, or uchun dunyoni ilib otgan,
Palagi tozalarim, guldan andozalarim,
O‘zbekiston bayrog‘in o‘pib yuksalganlarim,
Beklar, xonzodalarim, nurdek ozodalarim.

Qaltis paytda qirg‘izga “Munarbek, sen zo‘r!” degan,
“Menga suyan, tur!” degan Akmal Hasanim mening.
Qardoshlarin qo‘llagan, duolarin yo‘llagan,
Mehriga chegara yo‘q manzil, maxzanim mening.

O‘zbekcha ovozaga tebrandi go‘zal Parij,
Eyfel minorasiga hayratlar taqqan xalqim.
“Temuriylar keldi”, deb, “Boburiylar keldi”, deb,
Baralla balqqan xalqim, Allohga yoqqan xalqim.

Chetdan sportchi olmadik, bari o‘zimizniki,
Biz birlashdik “Vatan”, deb oyoqqa qalqqan xalqim.
Butun dunyo havasda bizning birligimizga,
Olimpiya osmonida quyoshdek balqqan xalqim!

Zulfiya Mo‘minova,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


“Jadid” gazetasining 2024-yil 9-avgust kungi sonidan olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

G‘ayrat Majid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari

Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i
Президент Шавкат Мирзиёев Париж Олимпиадасида ўз вазн тоифаларида барча рақибларини мағлуб этиб, олтин медалларни қўлга киритган ҳамда икки карра олимпия чемпионига айланган таэквондочимиз Улуғбек Рашитов ва боксчимиз Ҳасанбой Дўсматов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Давлатимиз раҳбари спортчиларни қизғин табриклаб, терма жамоамиз томонидан бир кун ичида Олимпиаданинг иккита олтин медали қўлга киритилгани Ўзбекистон спорти учун тарихий воқеа бўлганини катта мамнуният билан қайд этди. Йигитларимизнинг дадил ва ишончли чиқишлари, юксак маҳорати ва мардлиги чинакам қаҳрамонлик намунаси бўлгани, Янги Ўзбекистоннинг ёшлари нималарга қодир эканини кўрсатгани, халқимизга улкан куч ва ғурур бағишлаганини таъкидлади. Мураббийлари, ота-онаси ва яқинларига миннатдорлик билдирди.

Улуғбек Рашитов ва Ҳасанбой Дўсматов алоҳида эътибор ва юксак ишонч, спортчиларга барча шароитлар яратилгани учун давлатимиз раҳбарига ташаккур изҳор этиб, ғалабаларини Янги Ўзбекистонга бағишлашларини айтдилар.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olimpiada chempionlari bilan muloqoti.
2024/09/25 03:18:54
Back to Top
HTML Embed Code: