Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Ostonada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini ochdilar.
Жараён

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилояти бўлими ташаббуси билан Бухоро шаҳри туғруқ комплекси қабул бўлимига қарашли кутиш залида китоб бурчаги ташкил этилди.

Уланиш учун: https://www.tg-me.com/ijod_bustoni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OROMGOHLAR MADHIYASINI YARATISH BO‘YICHA
✏️ “ENG YAXSHI ShЕ’R”✏️ TANLOVI E’LON QILINADI


G'olib bo‘lgan eng yaxshi she’r muallifiga
1️⃣0️⃣,0️⃣0️⃣0️⃣,0️⃣0️⃣0️⃣ (o'n million) so'm pul mukofoti beriladi.

✏️ShЕ’RLARINGIZNI quyidagi telegramm bot manziliga yuboring!👇
https://www.tg-me.com/Oromgohlar_uzb_bot

Eng yaxshi deb topilgan she’r respublikamizning taniqli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib ijro etiladi.

💬Tanlov haqida batafsil ma'lumot💬

Biz hamisha siz bilan birgamiz!
📱 Youtube | 📱 Web | 📱 Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрига ташрифи доирасида Марказий Осиё ва Озарбайжон санъат усталарининг "Дўстлик кечаси" тантанали концертида иштирок этди.

🖥  Батафсил: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)
Olimpiada kundaligi

Ulugʻbek Rashitov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi!

Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Barakalla, Ulugʻbek! Biz sen bilan faxrlanamiz!
Olimpiada kundaligi

Abdumalik Xalokov ham finalda!

Boks boʻyicha oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining finaliga yoʻllanma oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda avstraliyalik Charli Seniorni magʻlubiyatga uchratib, 10-avgust kuni chempionlik uchun ringga koʻtariladigan boʻldi.

Shu tariqa, yarim finalgacha yetib kelgan 5 nafar bokschimizning barchasi hal qiluvchi bosqichga yoʻl olishdi. Biz Sizlardan finallarda ham mana shunday yorqin gʻalabalar kutamiz. Olgʻa, oʻzbek yoʻlbarslari!
Olimpiada kundaligi

Hasanboy Doʻsmatov – ikki karra Olimpiada chempioni!

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.

Bu delegatsiyamiz uchun 3-oltin medal. Biz Sen bilan faxrlanamiz, Hasanboy!
Olimpiada kundaligi

18-o‘ringa chiqdik

O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 3 taga yetdi.

Hasanboy Do‘smatovning oltin medali bilan O‘zbekiston 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarildi.
Olimpiada daftari

ULUGʻBEK

Ulugʻbek bobomizning kenjatoy nabirasi –
Parij kahkashonini koʻzlab keldi Ulugʻbek.
Oʻzgalar koʻzi tinib, ichga tushsa nafasi,
Oyogʻi bilan oltin yulduz terdi Ulugʻbek!

Kiftga olib Vatanning oʻn ikki burj, oyini,
Shohsupa choʻqqisida egalladi joyini.
Qilich-u kamon kabi sermab-tortar poyini –
Temurbek navkaridek chapdast edi Ulugʻbek.

Dosh bermadi zarbiga Gʻarb-u Sharq  sarbozi ham,
Tushov soldi jarohat – kelmadi parvosi ham,
Qoʻsh oltinli yigitning balanddir parvozi ham,
Shoshga qarab shoshilib uchib-yeldi Ulugʻbek.

Tokioda ilk marta tilla tarix yozgandi,
Mehrini medal kabi el boʻyniga osgandi,
Yurt Otasi “Balli!” deb bagʻriga ham bosgandi,
Oliy izzatga goʻzal javob berdi Ulugʻbek!

Xalq ishonchin oqlamoq – er yigit  oʻyidadir,
Er yigitning maslagi raso-yu oʻyi dadil.
To oyogʻing raqiblar boshi-yu boʻynidadir,
Boshi osmon oʻzbegim koʻksin kerdi, Ulugʻbek!

9.08.2024

Nodir Jonuzoq

👉 @n_jonuzoq 👈
Olimpiada kundaligi

Bugun joriy Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi uchun ahamiyatli kunlardan biri. Boisi, bugungi bahslardan keyin delegatsiyamiz umumjamoa hisobida sezilarli darajada yuqorilash imkoniyatiga ega. Shuningdek, o’zbekistonlik sportchilar yana bir sport turi - suvga sakrash bo’yicha Olimpiya o’yinlarida debyut qilishadi.
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 9-avgust 32-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun https://online.anyflip.com/dwalh/gmoe/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Yangiliklarni kuzatib boring:
“Vatanparvar” gazetasining 2024-yil 9-avgust sonida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning turkum she’rlari berildi. Harbiylarimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlarini bekamu ko‘st ado etishlarida ulug‘ shoirimizning o‘tli satrlari kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlashi, shubhasiz.
Jadid_33.pdf
17.2 MB
"Jadid" gazetasining 2024-yil 9-avgust kungi 33-soni mutolaa uchun joylanmoqda. Uni albatta o‘qing!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/24 23:18:34
Back to Top
HTML Embed Code: