«Машъал» газетаси – 28-сон.pdf
9.5 MB
Zomin taassurotlari
Toshkent viloyatida chop etiluvchi “Mash’al” gazetasining 2024-yil 19-iyuldagi 28-soni mutolaa uchun taqdim etilmoqda.
Unda Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminarida she’riyat yo’nalishi bo’yicha qatnashgan o’rtachirchiqlik umidli yosh shoira Malika Nasrullayevaning “Zomin taassurotlari” maqolasi e’lon qilingan.
Maqolada muallif seminar taassurotlarini bayon etar ekan, tengdoshlarining she’riy izlanishlarini haqli ravishda e’tirof etadi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Aziz va qadrli vatandoshlar!
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104640
Aziz va qadrli vatandoshlar!
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104640
Diyora Keldiyorovani yuksak g‘alabasi bilan qardosh xalqlar ham tabriklamoqda…
“Dzyudo bo‘yicha Parij musobaqasida qardosh O‘zbekistonni birinchi oltin medali bilan tabriklaymiz”, deb yozdi Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov.
Batafsil: jadid-media.uz

САОДАТ 6-СОН —.pdf
31 MB
“Saodat” jurnalining 2024-yildagi 6-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Unda Munavvara Usmonovaning "Maʼrifat nuridan charog‘on kunlar", Nargiza Asadovaning "Olis adirlarda yugurgan bola" kabi qator maqolalar hamda shoirlar Sayyorpo‘lat Fayzullayev, Gulchehra Jo‘rayevaning turkum sheʼrlari eʼlon qilingan.

O'zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kecha boshlandi. Tadbirni jonli efirda tomosha qiling. 👇
https://www.facebook.com/share/v/JBZSXsAG5CfCfzNX/
https://www.facebook.com/share/v/JBZSXsAG5CfCfzNX/
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Ikki she'r
KIM VATANGA YORDIR VATAN ANGA YOR
Bulbulga tikondin yetsa-da ozor,
Unga aziz erur shu joy, shu gulzor.
Yurtim, bulbullaring nafasin tuydim,
Kim Vatanga yordir, Vatan anga yor.
Muhabbat iymonli har dil ziyosi,
Ko‘nglimga o‘t solsa bir gul hayosi.
Yordin diyorimni ortiq sevmasam,
Kuysin menday oshiq ikki dunyosi.
Mayli, bog‘laringda ter to‘kay tinmay,
Mayli, yashay bir zum rohat ne bilmay,
Boshimdan zar to‘kib, tillo sochsa-da,
O‘zgaga bir siqim tufrog‘ing bermay.
Mehring – yuragimning nuri-quyoshi,
Tegsa malham deyman shu zamin toshi.
Mayli go‘ja bo‘lsin, mayli u yovg‘on,
Men uchun eng totli shu yurtning oshi,
Marding shod qarshilar, har sinov onni,
Bir kun mendan so‘rsang, shu aziz jonni,
Tanimni kalxatlar nimtalasinlar,
Magar baxt demasam men bu imkonni.
Erking, muhabbating, dilga oqmasa,
Sening qayg‘ularing ko‘nglim yoqmasa,
Rozimasman agar ko‘zim tug‘ingni
Qurʼonday muqaddas bilib, boqmasa.
Senga ko‘tarilgan u qo‘llar sinsin,
Undayin yurakning dukuri tinsin,
Bahoringni hech vaqt urmasin ayoz,
Senga tushar qirov ko‘zimga insin.
Yov kelsa kamoning yoying bo‘lay man,
Belingga bog‘langan shoying bo‘lay man,
Peshonamga bitmish yorlaqab tangrim,
Faqat peshonamda seni ko‘ray man!
Sheʼr o‘zi nimadir, ishqiy kalima,
Oydin buloq guli – shaffof bir tuyg‘u!
Yo, ko‘ngil yig‘isi, shuur gavhari,
Yo, hayrat, yo hasrat, eng shirin qayg‘u!
Sheʼr nima, paykonmi, ruhga sanchilgan,
Yoki, qalb daraxtin sirli yaprog‘i.
Balki nilufardir dilda ochilgan,
Ko‘ngilda ulg‘aygan Majnun titrog‘i?
Sheʼr nima, dardmi u yo zikr ajib,
“Analhaq” degan ul ko‘ngilning ohi.
Dildagi jannatmi, bog‘lari najib,
Qayda u ruhdagi darvesh dargohi?
Sheʼr nima, tilsimli zulmat vujudning
Qaʼridan oy kabi chiqqan ifoda.
Ko‘ngil tog‘lariga qo‘ngan burgutning,
O‘tli nigohidan to‘qilgan boda?
Anglamoq ko‘yida dil so‘ylar toshib,
Chin sheʼrki, bir qaqnus – dilga ravodir.
U – mujda – yetti qat osmondan oshib,
Haqdin kelayotgan toza havodir…
Minhojiddin Mirzo

* * *

MENGA KERAK BAHODIRNING G‘ALABASI
Bahodir Jalolovga
O‘zbek nomi olam uzra yangrar bu kun,
Jonim bo‘lsin shu kunlarning sadag‘asi.
Men yana-da ko‘kragimni kermoq uchun
Menga kerak Bahodirning g‘alabasi.
Hali yurtda bordir jasur, yovqur yurak,
Hali yurtda so‘nmagandir sher naʼrasi.
Menga hali bir erkakcha zafar kerak,
Menga kerak Bahodirning g‘alabasi!
Yurtga ko‘rkdir, yurtga chiroy, yurtga ziynat,
Yurtga zebdir, To‘marisning tantanasi.
Ammo yigit bilan Vatan ko‘targay qad,
Menga kerak Bahodirning g‘alabasi!
Hali umid so‘ngani yo‘q, o‘lgani yo‘q.
Temuriylar, Boburiylar shajarasi.
Yeru ko‘kni zir titratsin temuriy o‘q,
Menga kerak Bahodirning g‘alabasi!
Qaytayotir, qaytmay qo‘ygan zafarlaring,
Yurtimda tik ko‘tarilish arafasi.
O‘zbekka xos bo‘lsin qahring, zarbalaring
Menga kerak Bahodirning g‘alabasi!
Muhammad Ismoil

Guliston Davletova, Qoraqalpoq shoirasi
OLTINDAN ZIYOD DIYORA
Botirlarcha shaylanding,
Beling bog‘lab saylanding,
Kulgichlaringdan aylandim,
Dzyudochi qiz Diyora.
Yapon qizini yiqitding,
Kosovolikni qo‘rqitding,
Olimpiadada yutding,
Zulfiyachi qiz Diyora.
Jussangda kuchi burgutning,
Qancha polvonni hurkitding,
Butun dunyoni qalqitding,
Yutuq muborak, Diyora.
Prezident qo‘llab turdi,
Yurtdan salom yo‘llab turdi,
Xalq yuragi gullab turdi,
Mard Tumaris qiz Diyora.
Olloh baland qildi boshing,
Xalq mehri bo‘ldi qo‘ldoshing,
Quvondi umr yo‘ldoshing,
Oltindan ziyod Diyora.
Oy yuzingdan suygim keldi,
Kurash zavqin tuygim keldi,
Kimonоni kiygim keldi,
Qiziqtirding qiz Diyora.
Yuraging bor ot boshiday,
G‘amxo‘ring bor Yurtboshiday,
O‘zbekning qora qoshiday –
Omon bo‘lgaysan, Diyora.
Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi

Samimiy va soddadil shoir yodi
Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Rutam Abdullayev, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, uyushma aʼzolari – Aziz Said, Inobat Normurodova, Muhabbat Hamroyeva, Norqizil Kengboyev so‘zga chiqdi.
– Normurod akaning sheʼrlari qo‘shiqlarda jarang sochmoqda, – dedi Rustam Abdullayev. – Uning ikkinchi hayoti betakror misralarida, qo‘shiqqa aylangan navolarda davom etmoqda. Bu esa shoirning buyukligidan dalolat beradi.
Adib “Suyunchi” nomli ilk sheʼriy to‘plami bilan adabiyot olamiga kirib kelgan. Shundan so‘ng, u “Zarafshon zarlari”, “Ufqlarda ko‘zlarim”, “Lahza va larza”, “Yog‘du”, “Nigohlar”, “Sevgi sehri”, “Yaxshilik deb yashayman”, “Anik vaqt”, “Qalbim qatralari”, “Oq farishtam, oppoq farishtam” kabi ko‘plab sheʼriy to‘plamlarini o‘qirmanlarga tuhfa etdi.
– Normurod aka, yaxshilik qiluvchi, ezgulik ulashuvchi ijodkor edi, – dedi G‘ayrat Majid. – Ayni kunlarda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Normurod Narzullayevning “Saylanma” kitobi nashrga tayyorlanmoqda. Unga shoirning eng sara asarlari jamlangan.
Uning asarlarida zamon va makon birligi, dunyo va davr tushunchasi ulug‘lanadi. Samimiyat, burchga sadoqat, vatanga muhabbat, tabiatga maftunkorlik tuyg‘ulari yetakchi o‘rinni egallaydi. Normurod Narzullayevning ko‘p sheʼrlari qo‘shiqqa aylangan.
Tadbirda shoirning hayoti va ijodi haqida so‘z bordi. U bilan bog‘liq xotiralar yodga olindi. Ijodkorlarning bag‘ishlov sheʼrlari o‘qildi. Samimiyligi, soddadilligi alohida taʼkidlandi. Sanʼatkorlarning shoir sheʼrlari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlari yangradi. Adibning qizi Norxol Narzullayeva otasining ijodiga bo‘lgan eʼtibor va e'tirofdan minnatdorligini bildirdi. Yoshlarni Normurod Narzullayev kitoblarini o‘qishga, uning sheʼriyatini bilishga chorladi.
Zulayho Ahmadjonova,
jurnalist

O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumandan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Muallif – Ahmad To'ra.