Telegram Web Link
O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev  tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumandan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
***

Jonning jazosiday jizzillar chilla,
Quyosh qozonida qovriladi tan.
Havolab hovurin bosadi hilla,
Qaynoq mahkumlikka sig‘magan vatan.

Haddan oshar ko‘kning hasrati, dudi
Uzanadi behol o‘t-jizg‘anak yo‘l.
Garmsel yalagan cheksiz hududin
Soyada yonboshlab kuzatar iyul.

Har qancha biylasin qaynagan shahar,
Favvoraning haddi sig‘mas, jonsarak.
Avjiga oladi to shomga qadar,
Saraton hukmini o‘tkazar beshak.

Ko‘nglimni yoz ila yozmoqchi bo‘lgan,
Kiroyi o‘ylarim orzusi qazo.
Bilsam o‘z tulumi hasratga to‘lgan,
Iyul... so‘zlarimga qilmaydi parvo.

Jonim jazosiday jizzillar chilla,
Quyosh qozonida qovriladi tan.

Zilola Xo‘janiyozova
Ertak

QAYINZORDAGI XAZINA

Uyasida kitob o‘qib o‘tirgan Olmaxon to‘satdan “Xazina izlab topsam zo‘r ish bo‘lardi-da!” deb o‘ylab qolibdi. U uyasidan tashqariga chiqibdi-da, oldin Bo‘ridan, keyin Tulkidan, nihoyat, Quyonvoydan so‘rabdi, biroq ular xazinani qayerdan topish mumkinligini bilishmabdi.
Olmaxon eman shoxida xafa bo‘lib o‘tirganida Hakka kelib qolibdi.
– Olmaxon, nega xafasan? – so‘rabdi u.
– Xazina izlab topmoqchi edim, lekin qayerdan izlash kerakligini bilmayapman, – debdi Olmaxon.
– Xazina izlamoqchimisan? – ko‘zlarini ayyorona qisib, so‘rabdi Hakka. – Unda tezroq qayinzorga yugur. Xazinani o‘sha yerdan topasan!
Olmaxon shoxdan-shoxga sakrab, qayinzor tomon shoshilibdi. Yetib kelib qarasa, qayinlar tagida o‘sib chiqqan oppoq qo‘ziqorinlar shunaqangi ko‘p ediki, xuddi yerga oq gilam solinganga o‘xshardi. Olmaxon qo‘ziqorinlarni terishga shunaqangi berilib ketibdiki, hatto xazina izlamoqchi ekanligi ham esidan chiqib ketibdi. Axir u quritilgan oq qo‘ziqorinlar qahraton qish kunlarida har qanday xazinadan qimmatroq bo‘lishini bilardi-da!

Xurshid Tojiboyev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аралаш сайлов тизимида сайловчилар қандай тартибда овоз беради?

💬 Хўш, жаҳонда ўзи қандай сайлов тизимлари мавжуд? Ва аралаш сайлов тизими деганда нима тушунилади?

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Hurriyat» газетаси № 31 (1406).pdf
6 MB
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 31-iyul kungi 31 (1406)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning Olimpiada (Parij-2024) chempioni Diyora Keldiyorovaga bag‘ishlangan "Ismingda Vatan bordir" nomli she'rini o‘qishingiz mumkin.

Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Iftixor

ISMINGDA VATAN BORDIR


DIYORA KELDIYOROVA. PARIJ – 2024


Ismingda Vatan bordir, nasabingda ham – Vatan.
Ichdan qasd qilib ichgan qasamingda ham – Vatan.

Bu qanday yuksak sharaf, qanday buyuk tan olish,
Millat Rahnamosining qutlovi senga bolish.

Keldiyor bobolarning shahdu shakar dilbandi,
Bir nomingdan namoyon yoru diyor payvandi.

Ey, nopisand dunyoni bir hamlada yenggan qiz,
Parij, London, Rumoda topilmagay senday qiz!

Bir yarq etdi olamning kecha va kunduzlari,
Porlaganday Parijda Samarqand yulduzlari.

Qizim desam yarashgay, singlim desam juda soz,
Bir lahzada bir xalqni eta olding sarafroz.

Sen olgan tillo tugʻro koʻksingda yarq etgan dam,
Xira tortdi Farangning farang qandillari ham.

Bu eng yuksak sharafdir, bu bir buyuk tan olish,
Millat Rahnamosining soʻzlari senga bolish.

Oʻttiz besh millyon qalbday jimirlab ketdi koʻnglim,
Ey, mening polvon singlim, Diyorajon, jon singlim!

Bu bir kibor dunyodir – Chiroqchi yo Kosonmas,
Ovrupo panjasiga panja urmoq osonmas!

Oldingilar, qarasang, changlaringda qolibdir,
Bir oʻzingmas – butun el, yaxlit Vatan gʻolibdir!

Osiyodir bu olam “o”dan toki “yo”gacha,
Toki Tokiogacha, toki Tokiogacha.

Oʻshal yopon qizga ham mening rahmatlarim bor,
Yopon qizmas, aslida yigʻladi nomus va or.

Yuraklarim jimirlab yoʻllay sheʼriy kalomlar,
Sharqqa boʻlsin salomlar! Gʻarbga boʻlsin salomlar!

Men shaʼningga soʻz izlab halakman, ovorajon,
Diyorajon, jon singlim, jon singlim Diyorajon!

Oldingilar agarchi zaru oltinlilardir,
Eng goʻzal oltinlilar – senday oltinlilardir.

Shu boisdan koʻksimda zavqu sururim lim-lim,
Ey sen, onajon singlim, ey sen, jonajon singlim!

Mabodo kayvonilar chorasiz qolsaydilar,
Eyfel minorasini kurashga solsaydilar.

Shak-shubhasiz shu zahot kurashchan va shiddatkor,
Jismu joningda joʻshib momomeros gʻurur, or –

Ona yurt bayrogʻini eng tepasiga qadab
Va bu zoʻr gʻalabangni elu yurtingga atab,

Eyfel minorini ham halol urib maydonda,
Qoʻltiqlab kelar eding ona Oʻzbekistonga!

28-30.07.2024-y.

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Ayol qadri

Ma‘naviyatli ayol – jamiyat ko‘zgusi

Jizzax Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyining kutubxonasida "Ma‘naviyatli ayol – jamiyat ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uni Muruvvat uyi direktori Dilbar Pardayeva ochib berdi. Suhbatda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Nilufar Allamuratova, 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudirasi Baxtiniso Po‘latova hamda viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasi xodimi Dilnoza Kadirova ishtirok etdi.
Tadbirda jamiyatda ayollarning o‘rni, ularning faolligi haqida so‘z bordi. Vasiylikka olingan ayollarimiz o‘zlari yozgan vatan, ona haqidagi she‘rlaridan namunalar aytishdi.
Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yig‘ilganlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi
2024/09/24 03:27:28
Back to Top
HTML Embed Code: