Telegram Web Link
Yangi kitob

SULTON RAYEV (Tanlangan asarlar)

Atoqli adib Sulton Rayevning o‘zbek kitobxonlariga ilk bor tortiq etilayotgan ushbu kitobiga yetti hikoya, bir qissa va bir roman, besh pyesa, shuningdek, Chingiz Aytmatov haqidagi esse kiritilgan. Bu asarlar kitobxonni bugungi qirg‘iz so‘z sanʼatining o‘ziga xosligi va yutuqlari bilan tanishtiradi, o‘quvchini dunyoviy miqyoslarda fikr yuritishga daʼvat etadi, deb umid qilamiz.

Kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Mas’ul muharrirlar: Ahmadjon Meliboyev, Ikrom Iskandar
Nashrga tayyorlovchilar: Zuhriddin Isomiddinov, G’ayrat Majid
Nashriyot: "Adabiyot" nashriyoti
Adadi: 1000

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Mengnor Ollomurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i
ILK OLTIN QO‘LGA KIRITILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Diyora va barcha vatandoshlarimizni ushbu tarixiy g‘alaba bilan qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Olimpia terma jamoamizga ilk oltinni qo‘lga kiritib, tarixiy g‘alabaga erishgan Diyora Keldiyorovani telefon orqali samimiy tabrikladi!
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#mujda

Yangi sonimiz mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozuvchilar uyushmasida Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada daftari

DIYORA

Yapon kurashida yapon qizini
Ippon usulida yutdi Diyora.
Olimp kitobiga goʻzal ismini
Oltin harf bilan bitdi Diyora.

Qaldirgʻoch-u, lochin kuchiga qarang!
Tan berdi olmon-u, yiqildi farang,
Kosovoga armon boʻldi soʻnggi jang,
Barchasidan bir-bir oʻtdi Diyora.

Oltin olib keldi hammadan oldin,
Yuz oltinga tengdir birinchi oltin!
Nihoyat his qildik gʻalaba totin,
Zafar qadahini tutdi Diyora.

Xushxabar shavqidan polvon elim mast,
Kurash bu – yutgay kim mashqdan erinmas,
Kimning misi chiqsa, tilla berilmas,
Oliy orzusiga yetdi Diyora.

Shohsupaga chiqdi koʻzda yosh bilan,
Bayroqni yuksaltgan magʻrur bosh bilan,
Shu totli lahzani zoʻr bardosh bilan
Ter toʻkib, oy-yillab kutdi Diyora.

Quvonib qutladi Millat Sardori:
“Balli, ey, xalqimning gʻururi, ori!
Sen bois baxtlidir oʻzbek diyori...”
Hammani baxtiyor etdi Diyora.

Diyorimning oltin qizi Diyora,
Toʻmarisning yoniq izi Diyora.
Yurtimning yuzini charogʻon etgan
Oʻzbegimning yorugʻ yuzi Diyora!

Nodir Jonuzoq

------------------------

ДИЁРА

Япон курашида япон қизини
Иппон усулида ютди Диёра.
Олимп китобига гўзал исмини
Олтин ҳарф билан битди Диёра.

Қалдирғоч-у, лочин кучига қаранг!
Тан берди олмон-у, йиқилди фаранг,
Косовога армон бўлди сўнгги жанг,
Барчасидан бир-бир ўтди Диёра.

Олтин олиб келди ҳаммадан олдин,
Юз олтинга тенгдир биринчи олтин!
Ниҳоят ҳис қилдик ғалаба тотин,
Зафар қадаҳини тутди Диёра.

Хушхабар шавқидан полвон элим маст,
Кураш бу – ютгай ким машқдан эринмас,
Кимнинг миси чиқса, тилла берилмас,
Олий орзусига етди Диёра.

Шоҳсупага чиқди кўзда ёш билан,
Байроқни юксалтган мағрур бош билан,
Шу тотли лаҳзани зўр бардош билан
Тер тўкиб, ой-йиллаб кутди Диёра.

Қувониб қутлади Миллат Сардори:
"Балли, эй, халқимнинг ғурури, ори!
Сен боис бахтлидир ўзбек диёри..."
Ҳаммани бахтиёр этди Диёра.

Диёримнинг олтин қизи Диёра,
Тўмариснинг ёниқ изи Диёра.
Юртимнинг юзини чароғон этган
Ўзбегимнинг ёруғ юзи Диёра!

28.07.2024

Нодир Жонузоқ
Audio
“Mahalla”  radiokanalining "Ijodiy uchrashuvlar" eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,  shoira Zamira Ro‘ziyeva bilan bo‘lgan suhbat efirga uzatildi.
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 27-iyul kungi 150-sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minovaning "Xorijdagi vatandoshlar “Chinor” loyihasidan ruhiy quvvat olmoqda" sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
Forwarded from JADID media | rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 26-iyuldagi 31-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

⚫️Oqil SALIMOV:
“Inson va Vatan hurriyati”;
⚫️Sharifa SALIMOVA:
“Qabohat saltanati”;
⚫️Ro‘zimboy HASAN:
“Ajrimlar ajri barchamizning yelkamizga tushmoqda”;
⚫️Ilhom G‘ANIYEV:
“Inson to‘qnashuvlarda kashf etiladi”;
⚫️Bahrom IRZAYEV:
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” mutimedia ko‘rgazmasi ish boshladi”;
⚫️Kamol HAKIMOV:
“Umummillat fuqarosi”;
⚫️Mamatqul HAZRATQULOV:
“Izlanish iste’dodni charxlaydi”;
⚫️Muxtor XUDOYQULOV:
“Chayon” va “Cho‘l chayoni”ning nishtari”;
⚫️GUMNOM:
“Qarzxoh ila qarzdor”, “Orzu yoki xayol”, “Xushim kelmaydur”
Nodira EGAMQULOVA nashrga tayyorladi;
⚫️Abduvohid HAYIT:
“Partu”;
⚫️Shahnoza SOATOVA:
“San’atda etika masalasi”;
⚫️Mulla XUNOB:
“Darvozabon”.

🔴Ushbu son bo‘yicha 2-avgust kuni soat 21:00 da bo‘lib o‘tadigan “Yutuqli mutolaa” tanlovida ishtirok eting!

Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAKLIFNOMA

30-iyul kuni 11:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir va g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirga barchani chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Tavsiya

SULTON RAYEVNING O‘ZBEK TILIDAGI ILK KITOBI

   Kuni kecha atoqli yozuvchi, davlat va jamoat, madaniyat arbobi, mohir diplomat Sulton Rayevning o‘zbek tilidagi “Tanlangan asarlar”i chop etildi.
   Kitobdan yetti hikoya, bir qissa va bir roman, olti sahna asari va Chingiz Aytmatov haqidagi esse o‘rin olgan. Tarjimonlar – Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Jabbor Eshonqul, Hilola Abdusalomova, Mahbuba Temirova, Erkin Boynazarov, Abdug‘ani Abdug‘afurov, Dilfuza Qarshiboyeva.
   Kitobga taniqli yozuvchi Xayriddin Sulton so‘zboshi yozgan. Xususan, unda shunday so‘zlar bor:
    “Sulton Rayevning dovrug‘i Olatog‘ning baland cho‘qqilaridan allaqachon oshib ketgan... Sulton Rayev bugungi kunda jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan adib, taniqli diplomat bo‘lib maydonga chiqdi. Uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk o‘nlab kitoblari dunyoning turli mamlakatlarida nashr qilinayotgani, ingliz, fransuz, rus, venger, xitoy, ukrain, turk, qozoq, ozarbayjon, o‘zbek, tatar va boshqa tillarga o‘girilib, xalqaro madaniy doiralarda keng eʼtirof etilayotganini barchamiz turkiy adabiyotimizning katta yutug‘i deb qabul qilamiz”.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan kitobni o‘qishni tavsiya qilamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Diyora qizimizdan yiqilgan raqibasi juda uzoq yig‘ladi, hamma ko‘rdi.

O‘ZBEKNING QIZLARI SHUNDAY BO‘LADI

Yig‘lama, yelkasi yerga tekkan qiz,
Osmonday orzusi suvga cho‘kkan qiz,
Bitta zarbdan mingta azob chekkan qiz,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Ming yil burun Qalmoq borib Oybarchin,
To‘qson alpni aylagandir yerparchin,
Qarichiga tenglamagin qariching,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Bu qiz duo olgan Bibixonimdan,
Kuch olgan o‘zbekning shavkat-shonidan,
Bir qatra qoni bor mening qonimdan,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Bosh yorilsa bo‘rk ichida bo‘ladi,
Qo‘li sinsa yeng ichida qoladi,
Jondan o‘tsa, dardin ichga soladi,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Diyora degani – Vatan degani,
Tomirida top-toza qon degani,
G‘ururlarda chiniqqan tan degani,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Yig‘lama, yelkasi yerga tekkan qiz,
Rahm qilaverib ko‘p aldanganmiz,
Yelkang yerga tegib, qolmadimi iz?
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Bu kun Samarqandda tun yo‘q, tong otdi,
O‘ttiz besh million dilda shaʼn toti,
Uloq olib kelgan Diyora yodi,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Tashakkur, yelkang yer o‘pgani uchun,
Ko‘zing ayamay yosh to‘kkani uchun,
Ko‘ngling o‘n yilda bir cho‘kkani uchun,
O‘zbekning qizlari shunday bo‘ladi.

Yig‘lama, yelkasi yerga tekkan qiz!

Xosiyat Bobomurodova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Yangi kitob

OTAYOR
zamondoshlari xotirasida

Ushbu kitobda bitilgan xotiralar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir, tarjimon OTAYOR (Otayor Nahanov)ning qisqa va mazmunli hayot yo‘li, jurnalistik faoliyati haqidadir.
Mualliflar shoir Otayorni yaqindan bilgan, ardoqlagan yurtimizning taniqli jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, sinfdosh do‘stlari, yaqinlaridir. Unda o‘zaro insoniy munosabatlar, qadr-qimmat va eng muhimi, Vatanning bir fidoyi farzandi sifatida shoir Otayorning ijodiy faoliyati haqida so‘z boradi.

Mas’ul muharrirlar: O’ktam Mirzayor, Jahongir Nahanov
To’plovchi: Muyassar Nahanova
Nashriyot: "Sahhof" nashriyoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Vatandoshlar” jamoat fondi navbatdagi “Chinor” loyihasi orqali xorijiy mamlakatlardagi yoshi ulug‘, nuroniy vatandoshlar hayotini yoritib boradi.

Fond hamda “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan vatandoshlar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat hamda Buxoro, Samarqand shaharlariga ziyoratlar tashkil etildi.

Fond loyihalarini kuzatib boring.
2024/11/13 23:58:10
Back to Top
HTML Embed Code: