Telegram Web Link
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 26-iyul kungi 149-sonida Minajatdin Qutlimuratovning Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan "Qalpog‘i qozonday ellarim bordir" sarlavhali hamda Munojat Mo‘minovaning Qirg‘iziston madaniyat kunlari aks etgan "Azaldan qanotdosh bo‘lib kelayotganimiz yaqqol sezildi" nomli maqolasini mutolaa qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zamonlar osha"

O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodiga bag‘ishlanadi.
Yangi kitob

IKKI QALB IZDOSHLARI

Ushbu to‘plamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari jamlangan. Ular ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, misralarda yoshlik zavqi ufurib turibdi va to‘plam adabiyot ixlosmandlariga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Kitob Jizzax viloyati hokimligi homiyligida nashr etildi.
Loyiha rahbari: Dilafruz Xamdamova
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Texnik muxarrir: Ahmad To’ra
Nashriyot: "Ijod Nashr" nashriyoti
Adadi: 1000

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zamonlar osha"

Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida so‘z boradi.
MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI

Men nechun sevaman O‘zbekistonni,
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.
Nechun Vatan deya yeru osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman,
Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men
O‘paman: "Tuprog‘ing bebaho, Vatan..."
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?!
Xo‘sh, nechun sevasan O‘zbekistonni?
Sababini aytgin desalar menga.
Shoirona go‘zal so‘zlardan oldi,
Men taʼzim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding,
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?
Vatanlar,
Vatanlar,
Mayli, gullasin,
Bog‘ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo‘lsa kechirma aslo!

Abdulla Oripov
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga borini bergan adib

Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda uyushma aʼzolari - Erkin Malik, Orziqul Ergash, Orif To‘xtash, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Ibrohimova va boshqalar so‘zga chiqdi.
- Aziz aka, uzoq yillar O‘zbekiston  milliy teleradiokompaniyasida ishladi, - dedi Nasiba Ibrohimova. - Faoliyati davomida Respublikamiz barcha shahar, tumanlarida bo‘lib, maktab o‘quvchilarining hayotini va qiziqishlarini o‘rgandi. Shu bilan birga bolalar haqida hikoya va ertaklar yozdi. Bu ertak, hikoyalar tez orada o‘z muhlislarini topdi.
Bir kuni ustozlardan biri, “Endi ertak va hikoyalarni nashrga tayyorla” deb, maslahat berdi. Shu bahona bo‘ldi-yu adibning “Kichkina doktor” deb nomlangan ilk kitobi dunyo yuzini ko‘rdi. So‘ngra  birin-ketin “Fotimaning quvonchi” va “Guli degan qiz” nomli  kitoblari nashr etildi.
- Ushbu asarni o‘qiganimda bugungi bolalarning o‘y-fikrlariga mos tushadigan, ularni ezgulik yo‘liga boshlovchi asar bo‘lganiga guvoh bo‘ldim, - dedi Orif To‘xtash. - Darhaqiqat, kitobning avvalida yozilganidek, ustozimiz borini bolalarga bergan adib. Har bir hikoyatida qalb qo‘rini his etasiz.
Kitobdan joy olgan  nasriy bitiklar ham jajji o‘quvchilarga mosligi bilan ajralib turadi. Kitobda bolajonlar dunyosi, ularning ko‘ngil kechinmalari, yorug‘ orzu-intilishlari rangin buyoqlarda aks ettirilgan. Ushbu to‘plam “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan bo‘lib, unga yozuvchi Luqmon Bo‘rixon muharrirlik qilgan. Unda "Chumoliga ozor bermang!", "Zamiraning echkisi", "Saida bilan kapalak", "Yo‘qolgan koptok", "Katta saboq", "Haqiqiy do‘stlik" kabi ko‘plab ertaklar jam bo‘lgan.
Taqdimotda yozuvchining ijodiy faoliyati hamda yangi to‘plami haqida so‘z bordi. 93 yoshni qarshilagan Aziz Yoqubovga uyushmaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Yig‘ilganlarga muallifdan “Bolajon bobo hikoyatlari” kitobi ulashildi.

Zulayho Ahmadjonova
Bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/23 21:30:37
Back to Top
HTML Embed Code: