Telegram Web Link
Munosabat

SHOIR ORZU QILGAN ZAMON


XIX asr qoraqalpoq mumtoz adabiyotida o‘zining badiiy yuksak va falsafiy teran mushohadalarga boy ijodiy merosi bilan tanilgan donishmand shoir Ajiniyoz xotirasi el ichra hamisha e’zozda. Shoir she’rlarida tarannum etilgan vatan muhabbati, ona yurt sog‘inchi, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari, mana, yuz yillarki inson kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ham el ichra e’zoz topgan shoir yodiga va qardosh qoraqalpoq xalqiga yana bir bor ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom namunasi sifatida yangradi. Ijod ahlining qalbini to‘lqinlantirgan, quvontirgan ushbu qaror ayni damda yosh avlodga ham, ilmu adabiyot ahliga ham Ajiniyoz ijodiga yanada e’tibor qaratish, chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga ezgu xitob bo‘ldi.
Biz xorazmliklar faxrlansak arziydigan yana bir sabab borki, shoir Ajiniyoz hayotining ilmu ma’rifatga baxshida bo‘lgan ayni avji yetuklik pallasi Xorazm bilan, Xiva bilan uzviy bog‘liqligidir. Shoir hayotining bir qismi ilm egallash boisi bilan Xiva madrasalarida o‘tadi. Ayni shu davrda olgan diniy bilimlari bilan bir qatorda fors-tojik va arab tillarini o‘rganishi, tarix va adabiyotga oid bilimlarni egallashi Ajiniyoz she’riyatiga yanada mazmun va falsafiy qarashlariga salmoq baxsh etadi. Musofirlikda vatan sog‘inchidan she’rlar bitadi.
Sharqning buyuk shoirlari Sa’diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Maxtumquli sarchashmalaridan bahramandlik ishtiyoqi shoir Ajiniyozga ijodda ham ulug‘larga izdoshlik qismatini bag‘ishladi. Ajiniyoz “Mengzar” she’rida Xorazmda yashagan yillarini o‘zgacha xush xotirlaydi:
Tushsa yoda o‘tgan kunlar,
Og‘zimdan chiqqan uchqunlar,
Xorazmda yurgan kunlar,
Zavqi tomoshaga mengzar.
U qoraqalpoq, qozoq va xorazm xalqlaridan tashqari qirg‘iz, ozarbayjon, bashqurt, tatar, rus xalqlari tarixiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan ham yaqindan tanishib, o‘z tafakkurini boyitgan, she’rlarida yoshlarga ilm-ma’rifat e’htiyojini anglatish maqsadi bilan yashagan. Shu bois Ajiniyoz ijodi davr yoshlarini barkamol qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilaveradi. Biz esa ushbu qarorning nechog‘lik maqsad-muddaolarimizga munosibligi, adabiyot va ijod ahliga bo‘lgan bu hurmatu e’zozning sharafi bilan mamnunmiz. Zero shoir Ajiniyoz aytganidek:
Shodlikda davron surmoqqa,
Mangulik dunyo qurmoqqa,
Do‘stlar bilan jo‘r yurmoqqa
Ajiniyozga zamon kerak.
Shoir orzu qilgan zamon, Ajiniyoz zamoni hammamizga muborak bo‘lsin.

Shoira SHAMS,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi

#18july #uzbekiston24
BEDORLIK SHUXRAT MATKARIM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” nomli kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104105
Munosabat

Yuksak eʼtirofning yorqin isboti

Mamlakatimiz Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini keng jamoatchilik qatorida sevinch bilan qarshi oldik.
Qarorda o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan madaniyat va adabiyotni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan adib ijodining ahamiyati, “Zevar” taxallusi bilan bitilgan sheʼr va dostonlaridagi insonparvarlik qarashlari el-yurt qalbidan darhaqiqat, chuqur joy egallagani, darsliklardan, risolalardan, o‘zbek, qoraqalpoq va boshqa xalqlar sanʼatidan munosib joy olgani eʼtirof etilgan.
Ajiniyozning «Tanlangan asarlar» to‘plamining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinishi, hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni qayta chop etish va taqdimotlarini o‘tkazish, davlat buyurtmasiga binoan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish kabilar avvalambor, ulug‘ shoir siymosiga yuksak ehtirom, qolaversa, uning davomchilari bo‘lmish zamonaviy adiblarga, xalq orasidan yetishib chiqqan isteʼdodli baxshi va jirovlarga bo‘lgan doimiy eʼtiborni namoyon qiladi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyining tashkil qilinishi, uning ijodiga bag‘ishlangan tanlovlar, ko‘rgazmalar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, yodlov kechalarining o‘tkazilishi, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan Mo‘ynoq shahrida uning xotira yodgorligi o‘rnatish va ekopark barpo etish kabi xayrli ishlar xalqlarimiz sanʼati va adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan serqirra, ulug‘ adiblarimiz xotirasiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromning yana bir yorqin isboti, albatta.

Isajon Sulton,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
QOZOQ IJODKORLARI XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy hayot" dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Saparbek Imanbekovning “Dostarimiz jirlaydi” (“Do‘stlarimiz kuylaydi”), Abdulla Rustamovning “Qayran duniye” (“Ajib dunyo”) hamda mahoratli suxandon Raxiya Mansurova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan chop etilgan “O‘rleu” (“Ko‘tarilish”) nomli kitoblar taqdimot efirga uzatildi.
Taqdimot yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashurning fikrlarini havola etamiz.

Muharrir - Bahriddin Maxmadaliyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti – kelgusida ikki tomonlama munosabatlarda yanada yuqori darajaga chiqish uchun mustahkam asos.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boqib so‘ng bor chor-nochor,
Jizg‘anak orzu havas,
Nelarni o‘yladi zor,
Bechora, Chori Avaz.

Sirojiddin Sayyid

   "Madaniyat va ma'rifat" telekanali ijodiy jamoasi taniqli shori Chori Avaz hayoti va ijodiga bag‘ishlab tayyorlagan "Ezgulikka baxsgida umr!" nomli ko‘rsatuvni tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 19-iyul kungi 144-sonida Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmonning "Sozin sabo yodlab, so‘zin yel bilgan" nomli maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Munosabat

ADABIYOTGA EHTIROM

Adabiyot millat tanlamaydi. U so‘z qudrati bilan qalblarni zabt etadi, insonlarning tafakkur olamini boyitadi. Prezidentimiz adabiyotimizning ravnaqi, porloq istiqboli va ijod ahlining isteʼdodidan to‘laqonli foydlanishi borasida nihoyatda kuyinchaklik bilan eʼtibor qaratib kelmoqda. "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarorning qabul qilinishi ushbu fikrimizning yana bir yorqin isbotidir.
Qaror bilan tanisharkanmiz, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodiga qanchalik hurmat va qiziqish bilan qarasak, o‘zbek va qoraqalpoq xalqining faxri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining boy adabiy merosini ham katta qiziqish va muhabbat bilan keng o‘rganishimizdan quvondik.
Ayniqsa qarorda belgilanganidek, Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt,sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovining o‘tkazilishi eʼtirofga loyiqdir. Bu tanlovlarda yoshlarimiz ustoz shoir ijodini chuqur o‘rganib, yaqinroq tanishishidan tashqari, asarlaridan to‘la bahramand bo‘lishadi. Shuningdek, o‘zlarining yangi isteʼdod qirralarini namoyon etishadi va eng quvonarlisi yangidan-yangi ovozlar, nomlar kashf qilinadi.
Yana bu borada qarorda ko‘rsatib o‘tilganidek, shoirning “Tanlangan asarlar” to‘plamining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr etilishi ayni muddaodir. Yoshlarimiz Ajiniyoz Qo‘siboy asarlari bilan tanisharkan, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashi yana-da yuksaladi, ona-Vatanga, tug‘ilgan go‘shaga mehru muhabbatlari oshadi. Zotan, adabiyotning vazifasi ham insonlarni ezgu maqsadlar, porloq istiqbol sari chorlashdir.

Noriniso Qosimova,
Sirdaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi
«Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 19-iyul kungi 145-sonida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Mardi maydon ellarim bordir" nomli maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Ellik kitob — ellik ming shu‘la

Kuni kecha Denov tumanidagi madaniyat uyida “Tug‘dona” namunali bolalar folklor jamoasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan 50 donadan ortiq sara kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Maʼlumki, “Tug‘dona” namunali bolalar folklor jamoasi Respublikada tanilgan xalq og‘zaki ijodining boy xazinasidan bahramand bo‘lib, durdona sanʼat namunalarini yaratayotgan ansambil rahbari Zilola Po‘latovani Surxondaryoda sanʼat fidoiysi sifatida qadrlaydilar. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov, uyushma aʼzosi Yahyoxon Fayoz ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zlagan jamoa rahbari Zilola Po‘latova hamda Maʼnaviyat bo‘limi rahbari Olmaxon Mo‘minova beg‘araz kitob hadyalar uchun minnatdorlik bildirdi.
Ushbu badiiy adabiyotlar yosh ijodkorlarning keyingi ijodlari va ma‘naviyatiga munosib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
YOSHLIK_(MART_2024).pdf
3.6 MB
#suhbat

Yozuvchi, filologiya fanlari nomzodi,
dotsent Olim Toshboyev bilan suhbat

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Munosabat

Shoirning to'yi


Allomalar taʼkidlab aytishganki, insonning eng yaqin do‘sti kitobdir. Shu maʼnoda, adabiyotning chin muhibi, yaxshi asarlarni izlab, topib o‘qiydiganlar uchun shoir va yozuvchilarning tavallud sanalariga bag‘ishlangan tadbirlar katta bayramdek gap. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori hassos shoir ijodi muxlislari, tadqiqotchilari uchun katta voqea bo‘ldi.
Qarorga muvofiq, kitoblar nashr etish, film suratga olish, ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazish, Nukus shahrida muzey ochish va Mo‘ynoqda shoir nomida ekopark tashkil etish rejalashtirilgan. Bularning hammasi o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan madaniyat va adabiyotni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir ijodiy merosini yana-da keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Turkiy adabiyotimizning yirik namoyandasi tavalludi sanasi YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani ulug‘ ajdodimiz merosi umumbashariy ahamiyatga ega ekanini bildiradi va qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldiradi.
“To‘yga munosib to‘yona” deganlaridek, bizning ijodiy jamoa ham bu ezgu ishlardan chetda qolmaydi. “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari sahifalaridan atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li ijodi hamda uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar albatta keng o‘rin oladi.

Sirojiddin RAUF,
“Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari
Bosh muharriri
MAQAR XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalida yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” nomli kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Munosabat

Adabiyot bayrami

   Har bir xalqning o‘z suygan, ardoqlagan shoiri bo‘ladi. Zamonlar o‘tgan sari  shoirning ijodi, shaxsi asta-sekin xalq hayotiga kirib, uning tafakkuriga singishib boradi va xalq qalbining  ajralmas bir uzviga aylanadi. Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li qoraqalpoq xalqining ana shunday vatanparvar shoiri edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu hamma ijod ahlini, xalqimizni behad quvontiradigan,  madaniy va adabiy hayotimizda katta voqealigi shubhasizdir.  Qarorni o‘qib, kishi beixtiyor hayajonga tushasan, mamlakatimizda  Mo‘ynoqdan tortib Marg‘ilongacha, Termizdan tortib Toshkentgacha, maktablarda, mahallalar, oliy o‘quv yurtlari, ijod maktablarida  qoraqalpoq xalqining jonfido shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining sheʼrlari jaranglaydi, uning ijodi teranroq o‘rganiladi, insholar yoziladi, filmlar olinadi, oliy o‘quv yurtlarida, Toshkentda va Nukusda  shoir ijodiga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkaziladi. Davralarda uning qo‘shiqlari yangraydi. Shoirning sheʼriy kitoblari nashrdan chiqariladi. Ajiniyozning “Tanlangan asarlar”i  o‘zbek tilida Toshkentda 1962-yilda bosmadan chiqarilgani esimda... Xullas, Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi yurtimizda haqiqiy adabiyot bayramiga aylanadi!  Bu muhtaram Prezidentimizning maʼnaviyatga, adabiyotga muntazam ravishda katta eʼtibor berib kelayotganining yana bir yorqin namunasidir.
    Ajiniyoz  Qo‘siboy o‘g‘li adabiy merosidan bizga yuzga yaqin sheʼr va dostonlari yetib kelgan.  Shoir sheʼrlarida mehnatkash xalq quvonch-tashvishlari, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi gupirib turadi. “Kerak”, “Bo‘ladi”, “Bo‘lmasa”, “Yaxshi”, “Yigitlar” kabi asarlarida Ajiniyozning kelajakka umid tuyg‘ulari, falsafiy qarashlari aks etgan. Shoir aytishuv janrida ham mohir hisoblanardi. Uning “Qiz  Mengesh bilan aytishuv” asari xalq orasida keng yoyilgan. Taniqli qoraqalpoq yozuvchisi Karamatdin Sultonov  1967-yilda shoirga atab “Ajiniyoz” romanini yaratgan. O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Yusupov “Ajiniyoz” operasi librettosini yozib bergandi.  
    Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li ijodiga nazar tashlar ekan, o‘z-o‘zidan  qoraqalpoq mumtoz adabiyoti vakillari Jiyen jirov, Kunxo‘ja Ibrohim o‘g‘li, Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘li va ularning qalamiga mansub “Xush bo‘ling, do‘stlar“,”Hoy yigitlar, yigitlar”, “Ulog‘im”, “Yuragimda ko‘p dog‘im”,  ”O‘roqchilar”,”Oq   qamish”, “Cho‘ponlar”, “Boy bolasi”, “El bilan”, “Mening bolam” singari el ichida mashhur qoraqalpoq sheʼriyatining yorqin namunalari, “Ulug‘ tog‘”,”Xonavayron xalq”, “Ahmoq podsho” kabi yirik dostonlari yodingga keladi. Zero Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li yuqorida nomlari keltirilgan shoirlar  qatorida turadigan siymodir.
   Ajoyib adabiyot bayrami hammamizga muborak bo‘lsin!

 Muhammad Ali,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi

#10july #uzbekiston24
2024/09/24 23:25:44
Back to Top
HTML Embed Code: