Telegram Web Link
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimizning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Parkent ijod uyida dam olish jarayonidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
#Bolalar_adabiyoti

BOLALIK


Oy bilan bulutlar ham
Xuddi bizdek yosh bola.
Ular o‘yin o‘ynashyapti,
Qara, bizlardek, Lola.

Bulutlar ham ko‘pincha
O‘ynaydi quvlashmachoq.
Oy qo‘shilsa o‘yinga,
U bo‘lar bekinmachoq.

Mana, qara, hozir ham
Qidirmoqlik oygadir.
Bulutlar orasidan
Izlayapti kimnidir.

"BOBOV"LAR

Kasal bo‘lsam, derdilar momom:
-“Bobov”larga borsin kasaling.
Yig‘lamagin sira ham, mudom,
Sog‘ bo‘l, shakar, qandim, asalim!

Momom uchun yaxshiman, demak,
"Bobov" esa yomon degani.
Nabiralar sog‘lom ulg‘aysak,
Momomga xush zamon degani.

Topilarmi biror-bir momo,
Nabirasi asal bo‘lmasin?!
Yaxshilar-ku, sog‘ bo‘lsin, ammo
"Bobov"lar ham kasal bo‘lmasin.

Ruxshona Nishonova,
Zomin seminari ishtirokchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orif To‘xtash she'ri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admistratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bolajonlar uchun tuhfa.
Munosabat

IJOD AHLINI SEVINTIRGAN QAROR

Davlatimiz rahbarining atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi, biz ijod ahlini sevintirgani haq gap. O‘z davrida ilohiy isteʼdodi, yuksak bilim va keng tafakkuri, vatanparvarligi bilan yuksak nom qozongan Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan shoir va mutafakkir hisoblanadi.
Mazkur qaror shoir asarlarini yana-da keng targ‘ib qilish va o‘rganish imkoniyatini kengaytirmoqda. Ayniqsa, qaror bilan shoirning «Tanlangan asarlar» to‘plamini o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni qayta chop etish va taqdimotlarini o‘tkazish nazarda tutilayotgani, shoir asarlarining yana-da keng ommalashuviga xizmat qiladi.
Bugun ulug‘ bobolarimiz hayotini kino asarlari orqali yoshlarimizga namuna qilib ko‘rsatish ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mana shu nuqtai nazardan davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish va ularning taqdimotlarini uyushtirishga alohida urg‘u berilganligi, shoir ijodiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom namunasidir.
Qarorda belgilanganidek Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan «Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan» mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovini o‘tkazish, yoshlar orasida Ajiniyoz asarlarini teran o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning yana-da ortishiga, maʼnaviy ongining yuksalishiga xizmat qiladi.
Qarorda shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tadbirlar aniq, ravshan ko‘rsatilib o‘tilgan. Ulardan, 2024-yilning sentyabr oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari ko‘rgazmasini o‘tkazish, 2024-yilning oktyabr oyida Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining adabiy merosini o‘rganish mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyini tashkil qilish, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabrini obodonlashtirish va unga yodgorlik o‘rnatish, mazkur tumanda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomidagi ekopark barpo etish kabi yuksak ahamiyatga ega tadbirlar har bir yurtdoshimizni befarq qoldirmaydi, ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga, xayrli va ezgu tashabbuslarga o‘z ulushini qo‘shishga chorlaydi.
Eng quvonarlisi, 2024-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalarini tashkil etish belgilanganligi hisoblanadi.
Albatta, davlatimiz rahbari qarori bilan Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining mana shunday yuksak darajada nishonlanishi, mamlakatimizda maʼnaviyatimiz va adabiyotimiz, tariximiz, madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk bobolarimizga, adabiyotga, ijod ahliga ko‘rsatayotgan yuksak darajadagi hurmat, eʼtibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yuksak namunasidir.

Rivoj O‘tarboyev,
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir
Munosabat

AJINIYOZ TAVALLUDINING 200 YILLIGI NISHONLANADI


Bu yil mamlakatimizda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ijodkor Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Kuni kecha davlatimiz rahbarining bu haqdagi qarori eʼlon qilindi. Tarixiy hujjat ijod ahli qatori bir adib sifatida meni ham xursand qildi.
Unga ko‘ra, xalqchil shoirning “Tanlangan asarlar”i o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va ularning taqdimotlari o‘tkaziladi. Natijada Ajiniyoz ijodi ham o‘zbek, ham qoraqalpoq  kitobxonlari o‘rtasida keng ommalashadi.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Bu filmlar orqali sheʼr va dostonlarida gumanistik falsafiy qarashlarni ilgari surtgan hassos shoirning hayoti va ijodi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lsa, ajabmas.
   Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi tashkil etiladi. Endi shoir haqida yoshlar hozirgidan ham ko‘proq biladi, uning asarlarini qayta-qayta o‘qiydi.
2024-yilning sentabr oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Natijada uning hayoti va ijodi nafaqat shoir-yozuvchilar, balki rassomlar, haykaltaroshlar orasida ham keng o‘rganiladi.
2024-yilning oktabr oyida Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining adabiy merosini o‘rganish mavzusida o‘tkaziladigan  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar uning ijodi haqida yangi-yangi ilmiy tadqiqotlar yozilishiga sabab bo‘ladi.
Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olgan ulug‘ siymoning hayoti va ijodiga oid eksponatlar endi bir joyga jamlanadi. Chunki Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyining tashkil qilinyapti.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabri obodonlashtiriladi va unga yodgorlik o‘rnatiladi, ushbu tumanda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomidagi ekopark yaratiladi. Endi yurtimizda atoqli shoir nomidagi bog‘ yana bittaga ko‘payadi.
Mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, professional, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etiladi.
2024-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalari o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi bilan bog‘liq maqolalar, lavhalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar eʼlon qilinadi.
Shuningdek, shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani ham uning ijodi umuminsoniy ahamiyat kasb etishini bildiradi. Demak, bundan keyin Ajiniyoz ijodini nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham ommalashadi.
Bugun tegishli vazirlik va tashkilotlarda ushbu qaror ijrosiga oid ishlar allaqachon boshlanib ketdi. Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va aʼzolari ham shoir tavalludning 200 yilligini keng nishonlash bo‘yicha amaliy ishlarga kirishdi.

Fozil Farhod
Qirg‘iziston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104083
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Yangi O‘zbekiston" nashri.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104088
2024/09/24 21:32:19
Back to Top
HTML Embed Code: