Telegram Web Link
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Saparbek Imanbekovning “Dostarimiz jirlaydi” (“Do‘stlarimiz kuylaydi”), Abdulla Rustamovning “Qayran duniye” (“Ajib dunyo”) hamda mahoratli suhandon Raxiya Mansurova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan chop etilgan “O‘rleu” (“Ko‘tarilish”) nomli kitoblar taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Jahon_adabiyotidan

QUM ODAM
hikoya

...Hozir Robining kayfiyati yomon bo‘lganligi uchun biron-bir g‘ayritabiiy narsani idrok etishga qodir emasdi. Osmondan yulduz uchib tushganini ko‘rib esa, ensasi qotdi, xolos…
👉Davomi…

Rey BREDBERI

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Forwarded from JADID media | rasmiy
🟦🟦🟦🟦

📆 16-IYUL – OMON MUXTOR TAVALLUD TOPGAN KUN

⚫️Uning “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Jurnalist Ahmadjon Meliboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2853

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Kun hikmati

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.

Alisher Navoiy
LAPASHANG MUSHUK

Dangasa mushuk faqat bekasi likopchaga quygan sutni ichishni yoqtirar, omborda esa har kuni sichqonlar bayram qilishardi.
— Hoy, Targ‘il, hammayoqni sichqon bosib ketdi. Agar ularni ovlamasang, o‘rningga boshqa mushuk olib kelaman, — deb dag‘dag‘a qildi bir kuni bekasi.
Targ‘il erinibgina o‘rnidan turdi, biroq sichqonlarning ortidan yugurib yurish unga sirayam yoqmadi. Shunda u bekasi televizorda ko‘rib o‘tiradigan multfilmlardagi mushukka o‘xshab sichqonlarga qopqon qo‘ymoqchi bo‘ldi. Targ‘il qopqon olib kelib, unga bir bo‘lak pishloq bo‘lagini qistirdi.
— Tentak mushuk! Pishloq o‘rniga qand yoki shirin shaftoli bo‘lagini qo‘yganida, balki qopqonga ilinarmidik? — deb kulishdi sichqonlar.
Targ‘il sichqonlar qopqonga ilinishini kutar, ular esa qurib, qovjirab yotgan pishloqni aylanib o‘tib, omborxonada bemalol yuraverishardi.
Bolalar, bilasizlarmi, sichqonlar pishloqdan ko‘ra qand yoki shirin mevalarni ko‘proq afzal ko‘rishadi.

Muhabbat Yo‘ldosheva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Parkent ijod uyida dam olyapti.

Lavha muallifi — Fozil Farhod.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogiston Respublikasi Qonliko‘l tumani "Oltin ko‘l" MFY da "Ma‘rifat soati" o‘tkazildi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Атоқли қорақалпоқ шоири ва мутафаккири Ажиниёз Қўсибой ўғли таваллудининг 200 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 200-летия выдающегося каракалпакского поэта и мыслителя Ажинияза Косыбай-улы"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
17-iyul - O‘zbekiston хalq yozuvchisi  Neʼmat Aminov tavallud topgan kun

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Neʼmat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumani Pitmon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning dastlabki hajviyasi "Ustozi  aʼlam" nomi bilan "Mushtum" jurnalida bosilib chiqqan. Adibning birinchi hikoyalar to‘plami – "Ikki pullik obro‘" keyin esa "Qirq uchinchi pochcha", "Labihovuz xandalari", "Chinorlar qo‘shig‘i"," Yelkasiz polvon", "O‘g‘ri mushukcha", "Qahqaha", "Yallama yorim", "Chol bolaning ertaklari" kabi ko‘plab kitoblari nashr etikgan.
Neʼmat Aminovning "Yolg‘onchi farishtalar" nomli yirik satirik asari o‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi hajviy romandir. Uning so‘nggi "Bir asr hikoyati" asari o‘zining ibratomuz hikoyatlari bilan zamondoshlar dunyoqarashini shakllantirishda, maʼnaviyatini  yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adib 2005-yil 17-oktyabrda Toshkentda vafot etgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/23 23:24:39
Back to Top
HTML Embed Code: