Bir juft sheʼr
VATANNI OʻRGANISH
B. S. ga
Men Vatanni na kitob, na
Jaridadan oʻrganganman.
Momolarning yuzidagi
Xaritadan oʻrganganman.
Bobolarning tayogʻiyu
Chorigʻini koʻrgandayman,
Men Vatanni soʻrilardan,
Soʻqmoqlardan oʻrganganman.
Kinolarmas, bul Vatanni
Minorlardan oʻrgandim men.
Oq lattalar hilpiragan
Chinorlardan oʻrgandim men.
Honaqohlar. Oftobalar.
Ketaverdim. Ketaverdim.
Har togʻida bir avliyo,
Shul hikmatga yetaverdim.
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Nadir manga durri Adan?
Seling meni sel etgusi,
Eling meni el etgusi.
Bu tepalar, qumtepalar
Ostidagi tarix qadar,
Sukunating koʻrganda men,
Sukunatni oʻrgandim men.
Oqshom yarimoying koʻrib,
Kaftlarim yuzga surtaman.
Bir jismu yuz ming ruhdaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Bogʻing koʻrib men bogʻ boʻldim,
Dogʻing koʻrib oʻrtandim men
Seni Afgʻon eldan kelgan
Tobutlardan oʻrgandim men.
Pushtalarda qolib ketgan
Koʻnglim ekandirsan, Vatan.
Yolgʻiz onam, parishonhol
Singlim ekandirsan, Vatan.
Men koʻksimda qumday yongan
Yodlarga vido aytaman.
Yomgʻirlaringda ketaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Qancha dardga maqbar dilim,
Maqbar koʻrsam qaqrar dilim.
Yongʻin boʻlur jon ila tan,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Ketaverdim, Yon-verimdan
Quyoshli har tomonlari,
Nurlar sochib oʻtaverdi
Bu uylarning ayvonlari.
Har kun koʻrib, bilib, senga
Qayta-qayta yetavergʻum,
Vatan, mangu darmon Vatan,
Ayta-ayta ketavergum.
➖➖➖
OQ ROʻMOL QIZLAR
Zavol balqib ummonimda, nahrimda,
Sharmu hayo tanqis boʻlgan davrimda,
Oq roʻmollar paydo boʻldi shahrimda,
Hayron etib koʻnikmagan koʻzlarni.
Buncha ochiq, buncha behayo dunyo,
Alar uch… toʻrt… alar hozircha tanho,
Farishtalar tashlab ketdimikan yo
Tun chogʻida tanlab toza qizlarni?
Shuncha yillar faqat ofat keldimi?
Oq roʻmollar birlan iffat keldimi?
Yurtdan ketgan ul latofat keldimi?
Ne qaltiroq, bosdi nogoh tizlarni?
Xayollarim mening gʻamdan qorardi,
Koʻksimdagi dogʻlar ildiz yorardi,
Bir muslima hayotimga qarardi,
Hijob ichra aytolmay bir soʻzlarni.
Kelgusidir, ketgusidir shamollar,
Pok boʻlsinlar bundan keyin aʼmollar,
Qanday goʻzal koʻringay oq roʻmollar
Berkitganda, ayniqsa, oq yuzlarni.
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
VATANNI OʻRGANISH
B. S. ga
Men Vatanni na kitob, na
Jaridadan oʻrganganman.
Momolarning yuzidagi
Xaritadan oʻrganganman.
Bobolarning tayogʻiyu
Chorigʻini koʻrgandayman,
Men Vatanni soʻrilardan,
Soʻqmoqlardan oʻrganganman.
Kinolarmas, bul Vatanni
Minorlardan oʻrgandim men.
Oq lattalar hilpiragan
Chinorlardan oʻrgandim men.
Honaqohlar. Oftobalar.
Ketaverdim. Ketaverdim.
Har togʻida bir avliyo,
Shul hikmatga yetaverdim.
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Nadir manga durri Adan?
Seling meni sel etgusi,
Eling meni el etgusi.
Bu tepalar, qumtepalar
Ostidagi tarix qadar,
Sukunating koʻrganda men,
Sukunatni oʻrgandim men.
Oqshom yarimoying koʻrib,
Kaftlarim yuzga surtaman.
Bir jismu yuz ming ruhdaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Bogʻing koʻrib men bogʻ boʻldim,
Dogʻing koʻrib oʻrtandim men
Seni Afgʻon eldan kelgan
Tobutlardan oʻrgandim men.
Pushtalarda qolib ketgan
Koʻnglim ekandirsan, Vatan.
Yolgʻiz onam, parishonhol
Singlim ekandirsan, Vatan.
Men koʻksimda qumday yongan
Yodlarga vido aytaman.
Yomgʻirlaringda ketaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Qancha dardga maqbar dilim,
Maqbar koʻrsam qaqrar dilim.
Yongʻin boʻlur jon ila tan,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Ketaverdim, Yon-verimdan
Quyoshli har tomonlari,
Nurlar sochib oʻtaverdi
Bu uylarning ayvonlari.
Har kun koʻrib, bilib, senga
Qayta-qayta yetavergʻum,
Vatan, mangu darmon Vatan,
Ayta-ayta ketavergum.
➖➖➖
OQ ROʻMOL QIZLAR
Zavol balqib ummonimda, nahrimda,
Sharmu hayo tanqis boʻlgan davrimda,
Oq roʻmollar paydo boʻldi shahrimda,
Hayron etib koʻnikmagan koʻzlarni.
Buncha ochiq, buncha behayo dunyo,
Alar uch… toʻrt… alar hozircha tanho,
Farishtalar tashlab ketdimikan yo
Tun chogʻida tanlab toza qizlarni?
Shuncha yillar faqat ofat keldimi?
Oq roʻmollar birlan iffat keldimi?
Yurtdan ketgan ul latofat keldimi?
Ne qaltiroq, bosdi nogoh tizlarni?
Xayollarim mening gʻamdan qorardi,
Koʻksimdagi dogʻlar ildiz yorardi,
Bir muslima hayotimga qarardi,
Hijob ichra aytolmay bir soʻzlarni.
Kelgusidir, ketgusidir shamollar,
Pok boʻlsinlar bundan keyin aʼmollar,
Qanday goʻzal koʻringay oq roʻmollar
Berkitganda, ayniqsa, oq yuzlarni.
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍G'ayrat Majid
🎤 Bobomurod Sa'dullayev
🎤 Bobomurod Sa'dullayev
Tug‘ilgan kun
ZULFIYA MO‘MINOVA 65 YOSHDA
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zulfiya Mo‘minova tavallud topgan kun. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi shoirani ushbu sana bilan muborakbod etadi.
Zulfiya Mo‘minova 1959-yil 15-iyul kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. 1985-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Filologiya fakultetini tamomlagan.
Zulfiya Muminova taniqli shoira, o‘zbek xotin-qizlari va yoshlarining sevimli ijodkori. O‘z ovozi, o‘z muxlislariga ega shoira 11 ta nasriy va nasmiy kitob muallifi sanaladi. Taniqli bastakorlar uning yuzdan ortiq sheʼrlariga kuy bastalagan. Bu qo‘shiqlar Vatan, Istiqlol, Ona kabi eng muqaddas mavzularda bo‘lib, telekanal va radiokanallar orqali, shuningdek, Mustaqillik, Navro‘z umumxalq bayramlari dasturilarida el sevgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan.
U mustaqillik yillarida, ayniqsa, samarali ijod qildi. Ana shu yillar nashr qilingan “Samoga sochilgan yulduzlar” (1991), “Istiqlol – oltin gulim” (1991), “Qudratli yurtimga” (1994), “G‘ijduvon oboddir, G‘ijdivoniy hayot” (1999), “Nikoh shartnomasi”, “To‘ydan oldin tibbiy ko‘rik” (2006), “Surxonning muhtarama ayollari” (2009), “Birinchi o‘qituvchim” (2009), “Ayolga gul bering” (2017), “Bir kuni dars qoldirgan, bir umr pushaymondir” (2009), “Ayolga baxt bering” (2011), “Surxonning tadbirkor o‘g‘loni” (2019), “Buyuk uyg‘onish” (2019), “Ishq bog‘ida bor edim” (2019), “Assalom, saodat tongi” kabi sheʼriy, badiiy publitsistik kitoblari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, shoiraning bolalar uchun yozgan “Xo‘roz nega ucholmaydi?” (1995), “Donishmand toshbaqaning ko‘zoynagi”, “Bolalarga kitob bering”, “Yumshog‘oy ismli tipratikoncha” (2019) kabi kitoblari ham o‘z o‘quvchilariga ega.
Zulfiya Muminova 1999-yilda “Ayollar yili” munosabati bilan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol ijodkor ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan, 2018-yilda o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin munosib ko‘rilgan.
Zulfiya Mo‘minovaning mehnatkashligi, jamoat ishlaridagi faolligi davlatimiz tomonidan munosib baholanib, 2001-yilda “Do‘stlik”, 2018-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari, 2021-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, 2023-yilda “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni mukofotlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Forwarded from JADID media | rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zo‘raki boy”;
“Dovrug‘i Olatog‘dan oshgan adib”;
“Maqom – ruh ozig‘i”;
“Abadiy do‘stligimiz ramzi edi”;
“O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazi – kelajakka yuzlangan maskan!”;
“Yer hammani boqadi... “Boyota”ga ham aylantiradi”;
“Navoiyshunoslik va qo‘lyozma ilmi”;
“Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur... yoxud Abdulla Avloniy ma’rifati”;
“Men ko‘rgan bir tarix kitobi”.
“Qullug‘ va qutlug‘”;
Lavhani Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tayyorladi.
Кирилл алифбосида:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.pdf
661.3 KB
Xushxabar
Turkiyaning "Guncel Sanat" nomli xalqaro nufuzli jurnalida Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekovning Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining hayoti va faoliyatini keng yoritgan "Tarixni uyg‘ontirgan adib" nomli maqolasi chop etildi. Quyida maqolaning turkchasini eʼtiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Turkiyaning "Guncel Sanat" nomli xalqaro nufuzli jurnalida Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekovning Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining hayoti va faoliyatini keng yoritgan "Tarixni uyg‘ontirgan adib" nomli maqolasi chop etildi. Quyida maqolaning turkchasini eʼtiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Saparbek Imanbekovning “Dostarimiz jirlaydi” (“Do‘stlarimiz kuylaydi”), Abdulla Rustamovning “Qayran duniye” (“Ajib dunyo”) hamda mahoratli suhandon Raxiya Mansurova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan chop etilgan “O‘rleu” (“Ko‘tarilish”) nomli kitoblar taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Muallif – Ahmad To'ra.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Jahon_adabiyotidan
QUM ODAM
hikoya
...Hozir Robining kayfiyati yomon bo‘lganligi uchun biron-bir g‘ayritabiiy narsani idrok etishga qodir emasdi. Osmondan yulduz uchib tushganini ko‘rib esa, ensasi qotdi, xolos…
👉Davomi…
Rey BREDBERI
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
QUM ODAM
hikoya
...Hozir Robining kayfiyati yomon bo‘lganligi uchun biron-bir g‘ayritabiiy narsani idrok etishga qodir emasdi. Osmondan yulduz uchib tushganini ko‘rib esa, ensasi qotdi, xolos…
👉Davomi…
Rey BREDBERI
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Forwarded from JADID media | rasmiy
Batafsil: jadid-media.uz
@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi kitob taqdimoti
Forwarded from OYINA.UZ
Jurnalist Ahmadjon Meliboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2853
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2853
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram