Telegram Web Link
Kun hikmati

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.

Alisher Navoiy
LAPASHANG MUSHUK

Dangasa mushuk faqat bekasi likopchaga quygan sutni ichishni yoqtirar, omborda esa har kuni sichqonlar bayram qilishardi.
— Hoy, Targ‘il, hammayoqni sichqon bosib ketdi. Agar ularni ovlamasang, o‘rningga boshqa mushuk olib kelaman, — deb dag‘dag‘a qildi bir kuni bekasi.
Targ‘il erinibgina o‘rnidan turdi, biroq sichqonlarning ortidan yugurib yurish unga sirayam yoqmadi. Shunda u bekasi televizorda ko‘rib o‘tiradigan multfilmlardagi mushukka o‘xshab sichqonlarga qopqon qo‘ymoqchi bo‘ldi. Targ‘il qopqon olib kelib, unga bir bo‘lak pishloq bo‘lagini qistirdi.
— Tentak mushuk! Pishloq o‘rniga qand yoki shirin shaftoli bo‘lagini qo‘yganida, balki qopqonga ilinarmidik? — deb kulishdi sichqonlar.
Targ‘il sichqonlar qopqonga ilinishini kutar, ular esa qurib, qovjirab yotgan pishloqni aylanib o‘tib, omborxonada bemalol yuraverishardi.
Bolalar, bilasizlarmi, sichqonlar pishloqdan ko‘ra qand yoki shirin mevalarni ko‘proq afzal ko‘rishadi.

Muhabbat Yo‘ldosheva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Parkent ijod uyida dam olyapti.

Lavha muallifi — Fozil Farhod.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogiston Respublikasi Qonliko‘l tumani "Oltin ko‘l" MFY da "Ma‘rifat soati" o‘tkazildi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Атоқли қорақалпоқ шоири ва мутафаккири Ажиниёз Қўсибой ўғли таваллудининг 200 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 200-летия выдающегося каракалпакского поэта и мыслителя Ажинияза Косыбай-улы"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
17-iyul - O‘zbekiston хalq yozuvchisi  Neʼmat Aminov tavallud topgan kun

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Neʼmat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumani Pitmon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning dastlabki hajviyasi "Ustozi  aʼlam" nomi bilan "Mushtum" jurnalida bosilib chiqqan. Adibning birinchi hikoyalar to‘plami – "Ikki pullik obro‘" keyin esa "Qirq uchinchi pochcha", "Labihovuz xandalari", "Chinorlar qo‘shig‘i"," Yelkasiz polvon", "O‘g‘ri mushukcha", "Qahqaha", "Yallama yorim", "Chol bolaning ertaklari" kabi ko‘plab kitoblari nashr etikgan.
Neʼmat Aminovning "Yolg‘onchi farishtalar" nomli yirik satirik asari o‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi hajviy romandir. Uning so‘nggi "Bir asr hikoyati" asari o‘zining ibratomuz hikoyatlari bilan zamondoshlar dunyoqarashini shakllantirishda, maʼnaviyatini  yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adib 2005-yil 17-oktyabrda Toshkentda vafot etgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TO‘RTLIK

Neʼmat Aminovga

Yozganim shu - yodlik va xat bo‘ladi,
Neʼmatni topganim chin baxt bo‘ladi.
Bir o‘zbek shoiri shu so‘zni aytay,
Ishonchli bitta do‘st Neʼmat bo‘ladi.

Abdulla Oripov
17-07-24.pdf
1.1 MB
"Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 17-iyul kungi 24-sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori eʼlon qilindi.
Ibroyim YUSUPOV

AYT, SEN AJINIYOZ QO‘SHIQLARIDAN

Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan,
Yig‘lasin yor ishqi bag‘rin teshganlar.
Bo‘zlasin yurtidan ayro tushganlar,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Sozin sabo yodlab, so‘zni yel bilgan
Bir shoir dunyoga keldi-yu ketdi.
Majnuntol ortidan oyga termulgan
Bir dilbar tushimga kirdi-yu ketdi.

Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib oqsin,
Sevgisiz qalblarga ishq o‘tin yoqsin.
Qiz yigitga jilva-noz bilan boqsin,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Ayt, sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga solib,
Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin.
Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘olib,
Bu kunga boqqani sari mast bo‘lsin.

Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator,
Bekor bo‘lib ketdi zamon-zamon nobakor.
Bekor bo‘lib parisin ko‘rdim ishvakor,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Men uni tinglasam – qolmay toqatim,
Ko‘nglimda sayragan mastona bulbul.
Men uni tinglasam - tuqqan elatim
Yer jannati bo‘lib ko‘ringay butkul.

Yulduzlarni yerga qaratmoq bo‘lsang,
Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang,
Agar men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.

Abdulla Oripov tarjimasi
Ertak

ENG KATTA HAYVON

Bir kuni Sher maqtanib qolibdi.
— Men savannada yashovchi hayvonlarning podshosiman. Demak men hammadan kattaman, — deb o‘kiribdi u.
— Men esa hammadan balandroqman, — xotirjamgina debdi sal nariroqdagi daraxtlar uchidagi yam-yashil barglarini uzib yeyayotgan Jirafa. — Sen o‘zingni katta deb hisoblashing mumkin. Lekin har qancha sakraganingda ham mening boshimdan balandroqqa yeta olmaysan.
Shu payt ularning oldiga fillar to‘dasi kelib to‘xtabdi. Fillar to‘dasining sardori bo‘lgan Dono Fil sherga qarab:
— Biz fillar Afrikadagi eng katta jonivor ekanligimizni bilamiz, lekin bu bilan maqtanmaymiz. Gavda katta bo‘lishi emas, balki aql katta bo‘lishi muhimroq! — debdi.
Sher uyalganidan qizarib ketganini yashirish uchun bitta sakrab, baland-baland o‘tlarning orasiga kirib ketibdi.

Gulnoz Tojiboyeva,
bolalar yozuvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi

Zulayho Ahmadjonova lavhasi
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimizning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Parkent ijod uyida dam olish jarayonidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/23 21:25:23
Back to Top
HTML Embed Code: