Telegram Web Link
Qutlov

Toshpo'lat O'rxun 60 yoshda

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Toshpoʼlat Oʼrxun tavallud topgan kun.
Toshpoʼlat Oʼrxun (Toshpoʼlat Tugalov) 1964-yil 10-iyulda Samarqand viloyati Urgut tumani Dehqonobod mahallasidagi Yangiqishloq qiahlog‘ida tugʼilgan.
1981-yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 37-maktabni tugatgan. 1982-1989-yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida Urgut tumanidagi bosmaxonada harf teruvchi (1981-1982), SamDU aspiranti, kafedra lobaranti (1989-1994), viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, katta muharrir, bosh muharrir (1994-2006), Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida televidenie muharriri, katta muharriri (2006-2015), Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida “Diyor” kanalining Samarqand viloyati boʼyicha katta muharriri (2015-2016), Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʼlimida adabiy maslahatchi (2012-2017) boʼlib ishlagan. 2017-yildan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʼlimi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ijodkorning “Mujda” (2004), “Kechikkan javzo” (2007) sheʼrlar, “Bir kuni muxbirlar...” hangomalar, “Qalamni qadrlab...” esse, “Tanish chehralar” ocherklar (2017), “Umr ziynati” (2018), “Qahramonlar mangu yashaydi” (2020) badiiy publitsistik, “Surur” (2023), “Umr karvoni” (2023) sheʼrlar, “Tong yulduzi bolalari” (Shimoliy Аmerika xalqlari afsona va ertaklari) tarjima (2023) kitoblari nashr etilgan.
2015-yildan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” (2017), “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” (2021), “Oʼzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” (2022) koʼkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Toshpo‘lat O‘rxunni qutlug‘ 60 yoshi bilan samimiy qutlaydi. Unga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz tilaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ZAMIRA RO'ZIEVA SHE'RLARI
2024-yil 3-iyul kuni "O‘zbekiston" radiosining "O‘zbek sheʼriyati" turkumidagi eshittirishida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zamira Ro‘ziyevaning yangi sheʼrlari efirga uzatildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taklifnoma

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 12-iyul kuni soat 11:00 da uyushma aʼzosi, yozuvchi Shuhrat  Matkarimning “Maqar” deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ZOMIN FOZIL FARXOD XABAR
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari “O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy jarayon" dasturida efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
1-24.pdf
6 MB
"Ishonch" gazetasining 2024-yil 11-iyuldagi 84-89-sonlarini e'tiboringizga havola etamiz.

Unda respublika yosh ijodkorlarining  "Zomin-2024" seminari ishtirokchilari qalamiga mansub ijodiy ishlarni mutolaa qilishingiz mumkin. Sahifalarni Fozil Farhod nashrga tayyorlagan.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Shu kunlarda "Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz" shiori ostidagi maʼnaviyat festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari, chekka ovullarida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ham ishtirok eytapti. Festival doirasidagi tadbirlarda Vatan, og‘zibirchilik, do‘stlik, tinchlik, bunyodkorlik mavzusidagi sheʼrlar o‘qilmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

https://youtu.be/74naj-vCkfk?si=FwYYVCUWZIEPR8D5
№ 17-18 сон. 1-8 бетлар.pdf
8.5 MB
"Diyor ovozi" gazetasining 2024-yil 11-iyuldagi 17-18-sonlarini e'tiboringizga havola etamiz.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Po‘lat Xudoyberganovning "Zomin-2024" seminari haqidagi maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qaqnus

G‘ayrat Majid
🎙 Feruzabonu Abdurahmonova

📺 "Qaqnus"
Forwarded from JADID media | rasmiy
#bedor_oʻy

QISMATI O‘ZIDAN OG‘IR KITOBLAR
Ahmadjon MELIBOYEV

Shunday asarlar bo‘ladiki, ular zamiridagi chin haqiqat adolat mash’ali yanglig‘ porlab, zolimlar, bosqinchilar, firibgar-u fitnakorlarning ko‘ngliga qo‘rquv soladi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
“Jadid” gazetasining 2024-yil 28-iyun kungi 27-sonidan olindi.
Taklifnoma

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 15-iyul kuni soat 11:00 da uyushma aʼzolari - Saparbek Imanbekovning “Dostarimiz jirlaydi” (“Do‘stlarimiz kuylaydi”), Abdulla Rustamovning “Qayran duniye” (“Ajib dunyo”) hamda mahoratli suhandon Raxiya Mansurova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan chop etilgan “O‘rleu” (“Ko‘tarilish”) nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
SIROJIDDIN SAYYID BILAN UCHRASHUV

Uyushmaning viloyat bo‘limida Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda jam bo‘lgan farg‘onalik ustoz ijodkorlar, yoshlar el suygan shoir bilan dildan suhbatlashdi. Ustoz Sirojiddin Sayyid bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hayotbaxsh yangiliklar, adabiyotimiz rivoji yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Ijod olamida katta maktab qoldirgan ulug‘ ustozlar yodi, uzoq va yaqin o‘tmishdan yorug‘ xotiralar tilga olindi. O‘zbek adabiyotining bugungi kuni, Zomin seminari taassurotlari, yoshlar ijodi haqida fikrlar eshitildi. Ustozning xalq diliga muhrlangan sheʼrlari yoshlar tilida yangrab, suhbat qizg‘in mushoiraga ulandi.
Ana shunday samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida ustoz Sirojiddin Sayyid uyushmaning eng sara kitoblardan iborat tuhfasini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi kutubxonasiga topshirdi. 
Unutilmas diydor onlari Farg‘ona adabiy muhitining kelgusi ravnaqiga xizmat qilishi, ko‘nglillarda uzoq yillar aks-sado berishi tayin.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
2024/09/23 15:30:48
Back to Top
HTML Embed Code: