Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 24-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?
"Taqvim"
"Taqvim"
TAKLIFNOMA
2024-yil 25-iyun kuni soat 11:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.
Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

30-iyun – Yoshlar kuni
"Hurmatli Sh. Xolmirzayev!
"Sharq yulduzi"da bosilgan "To‘lqinlar" povestingizni o‘qidim. Povest yaxshi taassurot qoldirdi. Maʼmurjonni boshda tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka intilasiz. Yozuvchilikda ko‘zingiz ochilib kelayotgani ko‘rinib turibdi. Nazarimda, povestning nomi to‘g‘ri emas.
Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin!
Salom bilan: Abdulla Qahhor".
Abdulla Qahhorning "Yoshlar bilan suhbat" kitobidan.

2024-yil 26-iyun kuni (chorshanba) soat 10:30da jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024-yil 26-iyun kuni (chorshanba) soat 10:30da jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
JONLI EFIR
Ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni jonli efirda tomosha qiling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👇
https://fb.watch/sW8J_DtRaB/

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli adiba Dilshoda Saidolimova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy kecha hamda “Urushdan qaytmagan bolalar” kitobining taqdimoti "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Bugun" axboriy dasturida yoritildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ikki xalq do‘stligini kuylagan shoir yodi
Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, o‘rinbosarlar – Minhojiddin Mirzo, G‘ayrat Majid, “Vatandosh” jamoat fondi rahbari Odiljon Sattorov, Respublika Tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandon Subhonova, “Jadid” gazetasi muharriri Shoyim Bo‘tayev va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Shoir o‘zining butun faoliyati davomida o‘zbek va tojik xalqlarining azaliy do‘stligini baralla kuyladi, – dedi Gulandon Subhonova. – Ijodini o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi ulkan bir maʼnaviy ko‘prik, deyish mumkin. U ikki tilda baravar ijod qildi, asarlarida qardoshlarni birdamlik, do‘stlik, ahillikka chorladi.
O‘lmas Jamol sheʼrlar yozish bilan birga jurnalistika sohasida ham barakali ijod qildi. Uzoq yillar Dushanbeda o‘zbek tilida chop etiladigan “Xalq ovozi” gazetasida faoliyat ko‘rsatdi. U Tojikistondagi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan, sermahsul vakili edi. “Surur”, “Masrur”, “Manzur” va “Maʼmur”dan iborat to‘rt devon uning eng sara g‘azallarini o‘z ichiga olgan.
Shoir vafotidan keyin uning nomini abadiylashtirish uchun Xatlon viloyatining maʼmuriy markazi – Boxtar shahri ko‘chalaridan biri O‘lmas Jamol nomiga qo‘yildi. Tadbirda adibning ijodiy faoliyatiga nazar tashlandi. O‘zbek va tojik millatining do‘stligini tarannum qiluvchi sheʼrlar o‘qildi.
Zulayho Ahmadjonova

“Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif–Ahmad To'ra.
Muallif–Ahmad To'ra.