Telegram Web Link
Yot ellarning bog‘i bilan bog‘chasi,
O‘z yurtimning yantog‘icha bo‘lolmas.

Mahtumquli

O‘zga yurtning gullar o‘pgan ko‘chasi,
dengizlari
nilufari, g‘unchasi.
daryolari,
sohillari, bog‘chasi.
Ko‘kni quchgan moʻjizasi,
darchasi.
O‘z yurtimning tuprog‘icha bo‘lolmas.
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Garchi uchdim yulduzlarning qanotida,
Nasim bo‘ldim sog‘inchlarning sirotida.
Balki alvon jilvalarga maftun bo‘ldim...
Ruh bermadim ruhsizlarning bayotiga.
Menga hech kim o‘z elimdek bo‘lolmas.
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Nurlar ko‘rdim osmon bilan bo‘ylashgan,
Sirlar ko‘rdim, sinoatdan so‘ylashgan,
Uchayotgan turnalarni tinglasam,
Oshiyonining sevgisidan kuylashgan.
O‘zga yurtda ko‘nglim yashnab kulolmas.
Dil gardimni abru nayson yuvolmas.

Yantoqgullar- bolaligim bayrog‘i,
Xoru xasi, o‘lanlari, yaprog‘i.
Jonga malham qushlarining sayrog‘i.
To‘tiyodir itlarining tirnog‘i,
O‘z yurtimda raqib sochim silolmas
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

El hajrini g‘aribalar biladi...
Yurt ishqida sarg‘ayadi, so‘ladi...
O‘z elimda ko‘kka boqsam o‘saman
Nafas olsam olamlarim to‘ladi!
Tug‘yonimni zebu zarlar ololmas,
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Ozoda Bekmurodova
Adiba, tarjimon Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir hamda "Sulton Jaloliddin Manguberdi”, "Bibixonim", "Nodirai davron”, "Gavharshod begim" kitoblari taqdimotidan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Adiba, tarjimon Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir hamda "Sulton Jaloliddin Manguberdi”, "Bibixonim", "Nodirai davron”, "Gavharshod begim" kitoblari taqdimotidan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/21 09:34:50
Back to Top
HTML Embed Code: