Telegram Web Link
Qirg‘iz adibi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ldi

Qirg‘izistonlik adib, Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining akademigi, Chingiz Aytmatov nomidagi til va adabiyot instituti direktori, Xalqaro Aytmatov akademiyasi prezidenti Abdildajan Akmataliyev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zosi bo‘ldi. Unga a’zolik guvohnomasini Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi.
Guvohnoma topshirish marosimi samimiy ruhda kechdi. Unda qirg‘izistonlik, o‘zbekistonlik bir guruh ijodkorlar qantashdi.
Tadbirda Sirojiddin Sayyid, Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Rustam Musurmon adibning kelgusi ijodiga zafarlar tiladi. O‘zbek-qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari, adabiy hamkorlik yanada rivojlanishi kerakligi aytildi.
Qardosh ijodkor Abdildajan Akmataliyev bunday e’tirofdan mamnunligini izhor qilib, Yozuvchilar uyushmasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Berlindagi Humboldt universitetida Abdulla Qodiriy va Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TAKLIFNOMA

Barchangizni 1-2-iyun kunlari soat 17:00 va 19:00 da, 3-iyun kuni soat 18.30 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga taklif qilamiz. Shu soatlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Qo‘chqor Norqobilning “Osmon hamma gapni eshitadi" nomli asari asosida sahnalashtirilgan musiqali drama spektakli premyerasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erkin Vohidov haykali poyida

Ibrohim G‘afurov,
O‘zbekiston Qahramoni

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV CHINGIZ AYTMATOV AKADEMIYASI AKADEMIGI

   Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zuhriddin Isomiddinov Xalqaro Aytmatov akademiyasi akademigi bo‘ldi. Uning nishoni va diplomini Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining akademigi, Chingiz Aytmatov nomidagi til va adabiyot instituti direktori, Xalqaro Aytmatov akademiyasi prezidenti Abdildajan Akmataliyev topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/22 11:46:05
Back to Top
HTML Embed Code: