Telegram Web Link
Forwarded from INNO Technopark
"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov, “Yashnobod innovatsion texnopark” direktori Abdulxamidov Shoxjaxon, Protokol xizmati boshlig'i Otaxonov Rasulbek hamda Ozarbayjan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Jeyhun Salmonov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Turana Gasimova bilan o'zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat vakillari kelgusida innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida o'zaro fikr almashish, hamda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida stajirovkalar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Ilmiy - texnikaviy, innovatsion sohani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi.
#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring
Web-site | Instagram | Facebook
📢 KICHIK VA O'RTA BIZNES VAKILLARI DIQQATIGA
Jahon bankining "MUNIS" loyihasi Innovative Capability Program (ICP) dasturi doirasida kichik va o‘rta biznes sub’yektlari uchun grantlar ajratish loyihasini e’lon qiladi.

📍Mazkur dasturda Jahon banki tomonidan kichik va oʻrta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida oʻz imkoniyatlarini takomillashtirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi.

💰Grant dasturining asosiy shartlari:
Grant miqdori har bir loyiha uchun 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
📍Loyihani amalga oshirish -O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha.
📍 Qo‘shma moliyalashtirish – "Biznesni rivojlantirish banki"  hamkor tashkilot sifatida mazkur dasturga kelib tushgan loyihalarni kredit shartnomasi asosida qo'shma moliyalashtirishga tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatadi.
📍 Qo‘shma moliyalashtirishda – O'z mablaringiz, grant topshirayotgan yo'ki qo'llab quvvatlayotgan tashkilot va banklardan kredit asosida foydalanish mumkin.

➡️ Gant mazkur sohalar bo'yicha ajratilishi rejalashtirilgan:
🟢Agro-oziq-ovqat texnologiyalari.
🟢Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar.
🟢Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar.
🟢Konchilik va metallurgiya sanoati.
🟢Biotexnologiyalar va farmatsevtika.
🟢Mashinasozlik va avtomobilsozlik.


🗓Arizalarni topshirish muddati: 2024-yil 20-iyuldan
5-sentabrigacha.


‼️Mazkur tanlov shartlari va dasturga oid barcha savollarga javob va tushuntirishlar berish maqsadida, joriy yilning 30-iyul soat 10:00da Jahon bankining xalqaro ekspertlari tomonidan maxsus seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan.


📍 O'tkazilish joyi: "Biznesni rivojlantirish banki" binosi.
➡️ Seminarlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak: https://forms.gle/fF9qs2by5nLntbe36
Telegram guruh:https://www.tg-me.com/Innovation_Capabilities_Program

📍Qoʻshimcha maʻlumot uchun
📍Grant dasturi qoʻllanmasini koʻring: wbgrants.uz.
📍Barcha arizalar onlayn qabul qilinadi: app.wbgrants.uz.

📍Tel: +998 99 887 77 98
              +998 94 353 90 45
E-mail: [email protected].
#1 #grant #PivotRP

📣📣Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari tadqiqotchilari diqqatiga!

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilgan Pivot-RP maʼlumotlar bazasidagi stipendiya va grantlarni qoʻlga kiriting.

🟢ERC-2025-STG boshlang'ich granti

Ushbu grant mustaqil tadqiqot guruhi yoki dasturni boshlayotgan tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlaydi. Arizalar har qanday tadqiqot sohasida amalga oshirilishi mumkin.

Talablar: 2 yildan 7 yilgacha doktorlikdan keyingi tajribaga va mukammal tadqiqot taklifiga ega bo'lgan har qanday tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin. Tadqiqot arizachi allaqachon ishlayotgan davlat yoki xususiy tadqiqot tashkilotida o'tkazilishi kerak.

Tadqiqot sohalari:
🔘Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat fanlari
🔘Hududiy Tadqiqotlar
🔘San'at va gumanitar Fanlar
🔘Biznes, Menejment va savdo
🔘Ta'lim
🔘Energetika Fanlari
🔘Muhandislik
🔘Salomatlik va tibbiyot
🔘Tabiiy va Fizika fanlari, matematika va texnologiya
🔘Ijtimoiy Fanlar
🔘Barqarorlik

Moliyalashtirish miqdori: €2,500,000 EUR (Yevro)
Muddati: 15 oktabr, 2024 yil
Batafsil ma’lumot:
👉🏻https://pivot.proquest.com/funding_opps/b78bfc77-3255-4207-b4ee-d1d75de8f0f3

👉🏻 https://erc.europa.eu/apply-grant/starting-grant


@ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 09:41:18
Back to Top
HTML Embed Code: