Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya_grant

Startap ekotizimni rivojlantirishda biznes inkubatsiyalarni rag‘batlantirish mavzusida seminar tashkil qilindi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Suk Yolning mamlakatimizga davlat tashrifi arafasida joriy yilning 13-iyun kuni Innovatsion rivojlanish agentligi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), UNIDOning Koreya Respublikasidagi investitsiyalar va texnologiyalarni rag‘batlantirish bo‘limi bilan hamkorlikda Koreyaning Soonchunhyang universiteti Professor Changsoo Suh va Koreya startap va tadbirkorlikni rivojlantirish instituti doktori Sung-Hyun Cho ishtirokida “O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizim yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish” mavzusida seminar tashkil qilindi.

🌐Batafsil

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
#bayram_tabrigi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Yashnobod innovatsiya texnoparki jamoasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, soha mutaxassislarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#demo_day

Joriy yilning 3-iyul kuni Innovatsion rivojlanish agentligida AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Climate Smart Business Inkubator (CSBI) dasturi startaplarining demo kuni o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun: Demo kun CSBI dasturi startaplariga Orol dengizi ekotizimini tiklashga hissa qo‘shadigan mahsulotlar va xizmatlarning ilmiy ishlanmalar loyihalarini va prototiplarini taqdim etish imkoniyatini beradi.

CSBI dasturi doirasida tanlab olingan 13 ta ekologiya va atrof muhit yo‘nalishidagi startap loyiha egalari o'zlarining loyihalarini tadbirga tashrif buyurgan 20 dan ortiq donor va venchur tashkilotlariga taqdimot qilishdi.

Rasmiy sahifalarimiz
Web-site | Instagram | Facebook
“Yashnobod innovatsiya texnoparki” direksiyasi “Sun-Hightech Innovation Center” maʼsulyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi.

Joriy yilning 5-iyul kuni “Yashnobod innovatsiya texnoparki” direksiyasi direktori va “Sun-Hightech Innovation Center” MChJ direktori tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalari va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash yuzasidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


Rasmiy sahifalarimiz
Web-site |Telegram | Facebook
“Yashnobod innovatsiya texnoparki” direksiyasi “Sun-Hightech Innovation Center” maʼsulyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi

Joriy yilning 5-iyul kuni “Yashnobod innovatsiya texnoparki” direksiyasi direktori va “Sun-Hightech Innovation Center” MChJ direktori tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalari va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash yuzasidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida
Hamkorlikda uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish va sinov jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha oʻzaro takliflarni oʻrganish va tahlil qilish.

Mahsulotlarning turli elementlari va butlovchi qismlarining ekspluatatsion xususiyatlari va chidamliligini oshirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalar sohasida ochiq ilmiy-texnik axborot va innovatsion texnologiyalar almashinuvi.

Ushbu sohadagi olimlar va mutaxassislar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ular bilan hamkorlikda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash.

Tadqiqot natijalarini himoya qilishda ustuvorlikni taʼminlash, asl ilmiy va texnologik natijalarni patentlash.

Ilmiy tadqiqotlar va texnik normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini sinovdan oʻtkazish doirasida ishlarni amalga oshirish.

Oʻzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish borasida hamkorlik olib borish asosiy maqsad etib belgilangan.
2024/11/15 07:30:48
Back to Top
HTML Embed Code: