💳 O‘zbekiston to‘lov tizimlaridagi pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi

2025-yil 2-iyuldan boshlab to‘lov tizimlari, elektron pullar tizimlari va to‘lov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu boradagi tartiblar Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tegishli qaror ishlab chiqilgan.

📌 Ushbu qarorga ko‘ra, to‘lov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni tekshirish bo‘yicha mustaqil choralar ko‘rishi shart:

jismoniy shaxs to‘lov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;
Elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda;
BHMning 500 baravariga teng (187,5 million so‘m) yoki undan oshgan summada to‘lov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda;
mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlar to‘g‘riligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lganda.

💰 11,25 mln so‘mdan yuqori elektron pul o‘tkazmalarida jo‘natuvchi va oluvchi haqidagi to‘liq identifikatsion ma’lumotlar ilova qilinishi majburiy:

Jismoniy shaxslar uchun: pasport yoki ID-karta raqami, tug‘ilgan sana va joy;
Yuridik shaxslar uchun: tashkilot nomi, STIR.

Shuningdek, har bir operatsiya uchun tavakkalchilik darajasiga mos aniqlik darajasi belgilanadi va identifikatsiya ma’lumotlari alohida tartibda yuritiladi.

Mazkur choralar pul yuvish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida joriy etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
🇰🇷 Janubiy Koreya prezidenti uzil-kesil lavozimidan chetlatildi. Endi saylov bo‘ladi

2024-yilning 3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti tomonidan impichment e'lon qilingandi. Mamlakat qonunchiligi bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud 180 kun ichida ishni ko‘rib chiqishi lozim edi.

Bugun Konstitutsiyaviy sud sudyalari bir ovozdan Yun Sok Yolga nisbatan impichmentni tasdiqladi. Shu tariqa Janubiy Koreyaning yana bir prezidenti impichment bilan lavozimidan olindi.

❗️Ma'lumot uchun, endi mamlakatda 60 kun ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Samarqandda "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti o‘z ishini boshladi.

Shavkat Mirziyoyev delegatsiyalar rahbarlarini qutladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya hamda Qozog‘istonda fuqarolarning nomidagi sim-kartalar ro‘yxatini ko‘rsatadigan davlat xizmati ishga tushirildi

O‘zbekistonda bunaqa xizmat mavjud emas. Lekin yaratilishi shart va zarur.

Rossiya hamda Qozog‘istonda deyarli bir vaqtda mana shunday davlat xizmati ishga tushdi. Unga ko‘ra, fuqarolarning nomida mavjud barcha sim-kartalar (telefon raqamlar) ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Shuningdek, SIM-karta ulangan qurilmaning IMEI raqamini ham ko‘rsatadi.

Rossiyada ro‘yxat yonida “shartnomani bekor qilish” tugmasi ham mavjud. Ya’ni mabodo sizdan so‘ramasdan, kimdir raqam ochib olgan bo‘lsa, siz onlayn ariza berish orqali o‘sha raqamni nomingizdan o‘chirtirishingiz mumkin. Qozog‘istonda hozircha bunday funksiya mavjud emas, shartnomani bekor qilish uchun aloqa operatorlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Bizda shunaqa xizmat qachon bo‘ladi, hurmatli mas’ullar?


👉 @xushnudbek 👈
❗️Yevropaga ishonsangiz bo‘ladi — Ursula fon der Lyayen

Yevropa komissiyasi prezidenti Samarqanddagi sammitda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasiga 12 mlrd yevrolik investitsiya paketi taklif qilayotganini e’lon qildi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr boshlanganini ta'kidlab, o‘zaro hamkorlikning quyidagi to‘rt yo‘nalishiga alohida urg‘u berdi:

1️⃣ transport koridorlari;
2️⃣ muhim xom-ashyolar;
3️⃣ "toza" energiya;
4️⃣ sun'iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi internetga ulanish.


👉 @xushnudbek 👈
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti yakuniga yetdi

🇪🇺 Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen;
🇰🇿 Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev;
🇰🇬 Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
🇹🇯 Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon;
🇹🇲 Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, o‘z yurtlariga jo‘nab ketdi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.


👉 @xushnudbek 👈
Jurnalist va bloger Jasur Hamroyev 42 yoshida vafot etdi. U asosan shou-biznes yo’nalishida ijod qilar edi.

Tarmoqlarda uning qandli diabet bilan og‘rib kelgani, vafotiga esa buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈
Markaziy bank xabari:

Kartadan kartaga pul o‘tkazish bo‘yicha 1-iyuldan kuchga kiradigan talablar mijozlarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli bo‘lib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan bo‘ladi.

Ya’ni to‘lov tashkilotlari mavjud identifikatsion ma’lumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalarida o‘tkazma bilan birga yuborilishini ta’minlashlari lozim bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ka’m ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo’yicha kompensatsiya beriladi

Prezident qaroriga ko’ra, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:

elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;

tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

🏫 Bu haqda O’zA xabar bermoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
❗️Ka’m ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo’yicha kompensatsiya beriladi Prezident qaroriga ko’ra, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al…
⚡️ Ehtiyojmand oilalarga joriy yilgi isitish mavsumida 1 million so’m moddiy yordam beriladi

2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:

Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;

 “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda:

• “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;

• qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

🏫 Bu haqda O’zA xabar bermoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — o‘yin kuni!

Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamiz bugun Osiyo kubogi 2-turi doirasida 🇨🇳Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

Yigitlarimiz bugun g‘alaba qozonsa, shu yil noyabr oyida 🇶🇦Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Bugun — o‘yin kuni! Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamiz bugun Osiyo kubogi 2-turi doirasida 🇨🇳Xitoyga qarshi bahs olib boradi. Yigitlarimiz bugun g‘alaba qozonsa, shu yil noyabr oyida 🇶🇦Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qiladi.…
Uchrashuv yakunlandi. Hisobda ortda qolayotgan yigitlarimiz irodali g’alabaga erishdi.

🇨🇳 Xitoy 1:2 Oʻzbekiston 🇺🇿

Gollar: Jang Chengrui 33’ — Sadriddin Hasanov 45+1’, Asilbek Aliyev 86’

❗️O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi.


👉 @xushnudbek 👈
2025/04/07 04:19:00
Back to Top
HTML Embed Code: