This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“PROFI UNIVERSITY”da DEMO imtihon!
📅 Imtihon kuni: 19-aprel, soat 9:00
📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖ Bektemir kampusi — Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy
➖ Navoiy filiali — Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 81.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish: profiuniversity.uz
Imtihon haqida batafsil ma’lumot SMS orqali yuboriladi.
Imtihon mutlaqo bepul!
📞 Murojaat uchun: +998787771111 yoki @profiqabul
📄 Litsenziya (№ 676806)
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Reklama

Kecha sport olamida bo’lgan muhim voqealar:
⚽️ 🇺🇿O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Mundial joriy yil noyabr oyida Qatarda bo’lib o’tadi;
⚽️🇮🇹 “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov “Yuventus” darvozasini ishg’ol qildi, jamoasini mag’lubiyatdan qutqarib qoldi (1:1) hamda uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi, deb topildi;
🏒 Rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin 895 ta gol urib, NHL tarixidagi eng yaxshi to’purarga aylandi.
U afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretskiy tomonidan 26 yil avval qo’yilgan rekordni yangiladi.
Kechagi o’yinda Ovechkin rekord shaybani kiritgach, o’yin vaqtincha to’xtatildi hamda tarixiy rekordni nishonlash marosimi bo’lib o’tdi. Eng qizig’i Aleksni maydonda aynan Ueyn Gretskiyning o’zi qutladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ 🇺🇿O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Mundial joriy yil noyabr oyida Qatarda bo’lib o’tadi;
⚽️
🏒 Rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin 895 ta gol urib, NHL tarixidagi eng yaxshi to’purarga aylandi.
U afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretskiy tomonidan 26 yil avval qo’yilgan rekordni yangiladi.
Kechagi o’yinda Ovechkin rekord shaybani kiritgach, o’yin vaqtincha to’xtatildi hamda tarixiy rekordni nishonlash marosimi bo’lib o’tdi. Eng qizig’i Aleksni maydonda aynan Ueyn Gretskiyning o’zi qutladi.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.
Qo‘shma uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanov, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li, Tojikiston Respublikasi Majlisi Namoyandagon Raisi Fayzali Idizoda va Turkmaniston Majlisi Raisi Dunyogo‘zal Gulmanova ishtirok etdi.

Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
U bunga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
💰O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari rekord darajaga yetdi
Markaziy bankning ma'lum qilishicha, mart oyi yakunlari bo‘yicha xalqaro zaxiralarimiz 2,9 mlrd dollarga oshib, 47,8 mlrd dollarga yetgan.
Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi taxminan 13 tonnaga kamaygan bo‘lsa ham, o‘tgan oyda jahonda oltin narxining rekord darajada oshishi zaxiralarimizdagi oltinning qiymati 2,02 mlrd dollarga ko‘payib, 34,8 mlrd dollarga yetishiga sabab bo‘lgan.
Xalqaro valyutadagi zaxiralarimiz ham uzoq vaqtdan beri birinchi marta 10 mlrd dollardan oshib, 10,4 mlrd dollarga yetgan.

🏅 Prezident farmoniga muvofiq, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Martin Chungong Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish borasidagi koʻp yillik samarali faoliyati uchun mukofotlangan.

🇺🇿🇻🇳 O‘zbekiston va Vetnam vizasiz tartib joriy etishni rejalashtirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Tomonlar savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek madaniy-gumanitar almashinuv va vizasiz tartib joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun: hozirda O‘zbekiston fuqarolari Vetnamga elektron viza (e-Visa) asosida kirishlari mumkin.

2024-yildagi davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurash reytingi e’lon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:
▫️41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
▫️53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
▫️9 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).
Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan baholash natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlar:
➖ "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – 96 ball;
➖ Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi – 95 ball;
➖ Markaziy bank – 94 ball.
Eng past natijalar:
➖ Agrosanoatni rivojlantirish agentligi – 9 ball;
➖ G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi – 17 ball;
➖ Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – 26 ball.

Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uchun tortib olinayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Prezidentning 2021-yil 9-fevraldagi farmoyishiga asosan, Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi atrofini rekonstruksiya qilish, ziyorat markazini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.
Mazkur farmoyishga asosan Imom Moturidiy yodgorlik majmuasining atrofini kengaytirish maqsadida fuqarolarga tegishli bo‘lgan 217 ta turarjoy binosi buzilishi qayd etilgan. Ushbu binolar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan madaniy meros obekti sifatida milliy ro‘yxatga kiritilmagan.
Aholiga kompensatsiya to‘lanadi, turarjoylar bozor qiymatida baholanadi.
Qurilish va obodonlashtirish ishlari Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi. Loyiha YuNESKOning Umumjahon merosi markaziga xabar berilgan holda olib boriladi.
Nazorat Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasiga yuklatilgan.

826 ta mahalla ro‘yxati.pdf
1.5 MB
❗️826 ta mahalla “Tashabbusli byudjet”ning keyingi 2 ta mavsumida ishtirok eta olmaydi
Joriy yilgi 1-mavsumda 2 ming 11 ta mahalla (jami mahallalarning 21 foizi) g‘olib deb topilgan bo‘lib, bunda 2024-yilgi 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla bu mavsumda ham g‘olib bo‘lishni uddaladi.
Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi.
❌ Ya'ni, mazkur mahallalar (shuningdek, ulardagi maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsumda o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
📋 Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan yuqoridagi jadvalda tanishish mumkin.
G‘oliblar ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Ochiq byudjet” portalida e’lon qilib boriladi.

❗️1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar belgilandi
Hukumat qarori bilan 201 kW·soatdan 1000 kW·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda.
Ya’ni 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kW·soatdan 500 kW·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).
Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.

Bugun, 2025-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:
• Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi.