Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi toʻrtinchi shart – suhbat (tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk
siymolari, yoshlar hayoti va shu kabilar haqida) bosqichi natijalari:

Arab tili boʻyicha natijalar
Fransuz tili boʻyicha natijalar
Ispan tili boʻyicha natijalar
Italyan tili boʻyicha natijalar
Koreys tili boʻyicha natijalar
Yapon tili boʻyicha natijalar
Xitoy tili boʻyicha natijalar
Ingliz tili boʻyicha natijalar
Nemis tili boʻyicha natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O’zDJTU huzuridaga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2024-yil 16-20-sentabr kunlari AQSH Davlat departamenti ko'magida Global Educator dasturi bo'yicha faoliyat yuritayotgan Ilene Giamanko amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan Xorijiy tillar fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari modul asosida tashkil etilgan dars jarayonlaridagi mavzulariga yondashgan holda amaliy mashg’ulot darslari tashkil etildi. Ushbu amaliy mashg’ulot jarayonlarida tinglovchilarda katta ta’surot qoldirib, tinglovchilar bilan mavzu doirasida qiziqarli interaktiv metodlarga yondashgan holda mazmunli o’tilishi va savol-javoblar tariqasida davra muhokamalari o’tkazildi. Tinglovchilar o’tilgan mashg’ulot bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida dekan, dekan muovinlari, tyutorlari tashabbusi bilan “Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida hozirgi kunda dolzarb diniy masalalar yuzasidan talabalarga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Diniy oqimlarga qarshi kurash bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi. Barcha talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Uchtepa tumani hokimligi tomonidan 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.


Unda tumandagi O’zDJTU rahbariyati vakillari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, dizayn maktabi va yuridik texnikumi pedagog va murabbiylari hamda mahalla faollari ishtirok etishmoqda.

Bayram tadbirida tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan o‘qituvchi va murabbiylar yana bir bor ulug‘lanib, ularga sharfli kasblarida omad tiladi. Sohada faoliyat olib borayotgan fidoiy ustozlarni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Jumladan O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  Valijon Sadiyev, Aziza Dusmuhamedova va Navbahor Eshmurodovalarni Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tuman sektor rahbarlari ham barcha ustoz murabbiylarni bayram bilan muborakbod etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 09:20:58
Back to Top
HTML Embed Code: