Telegram Web Link
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Дилфуза Курбонбоева)
#e'tirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Ergasheva Guli Ismoilovna "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.

Ergasheva Guli Ismoilovnani mazkur sharafli unvon bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi mas’uliyatli vazifangizda hamisha omadlar yor bo‘lsin, Qadrli ustoz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🔥Faol yoshlarni safimizga chorlaymiz

🥇Sizda yetakchilik va liderlik qobiliyati bormi?
🎙Notiqlik mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlarichi?
📈 Boshqaruv va tashkilotchilik borasida tajribaga egamisiz?

🤩 “Hammasi menda mavjud qobiliyat va xususiyatlarku” deysizmi?

🫵 Unday boʻlsa bu eʼlon aynan siz uchun!

👦👦 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti yuqoridagi qobiliyat va xususiyatlarga, yoshlar masalalari boʻyicha tajriba hamda koʻnikmaga ega, shijoatli, yoshlarga oʻrnak boʻla oluvchi va faollik koʻrsata oluvchi fakultet koordinatorlarini (fakultet yoshlar yetakchilari) izlamoqda.

📥 Nomzodlar oʻzlari haqidagi maʼlumotnomalarini (CV) onlayn tarzda yuboradilar.

Maʼlumotnomalar boshlangʻich tashkilot Yoshlar yetakchisi tomonidan koʻrib chiqiladi va saralangan talabgorlar suhbatga taklif etiladi.

⌛️Suhbat 2-5-oktabr oralig`i, kun davomida, universitet asosiy binosining Yoshlar Ittifoqi xonasida boʻlib oʻtadi.

📨 CV yuborish uchun:
🕊@leaderofuzswlu

❗️Maʼlumotlarni (CV) yuborishda faylning izoh qismida keyinchalik biz bogʻlanishimiz uchun Telegram-manzilingizni (@username yoki ulangan telefon raqam) ham yozib qoldiring.


💰 Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 1-aprel sanasidan boshlab Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a’zolari (koordinatorlari) hamda fakultetlar koordinatorlari ularning ta’lim olish shakli (davlat granti yoki toʻlov-shartnoma asosida kunduzgi, sirtqi, kechki) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar (Yoshlar yetakchisining tavsiyanomasiga asosan) har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida ragʻbatlantirilib kelinmoqda.

🇺🇿 Safimizga qoʻshiling!
⚡️ Biz bilan birga rivojlaning!
💎 Haqiqiy liderga aylaning!

#qabul #saralash #fakultet_koordinatorlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

27-sentyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xorijiy tillar fan olimpiadasining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 07:29:08
Back to Top
HTML Embed Code: