Telegram Web Link
🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

2024-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Italiya Respublikasi Universitet va tadqiqotlar vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Birinchi O‘zbekiston-Italiya Ta’lim forumi” bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli tadbirda Vazirliklar rahbariyati, Italiyaning 40 ga yaqin va respublikamizning 60 ga yaqin universitetlari rektorlari hamda prorektorlari ishtirok etmoqda.

Forum dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat ta’lim vazirlari ishtirokchilarni samimiy qutladilar hamda mazkur anjuman davlatlarimiz o‘rtasidagi ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishda o‘ta muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Italiya oliy talim muassasalari rektorlari tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzolash marosimi tashkil etildi.

Forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Italiyaning Salento, Florensiya universitetlari va Peruja xorijliklar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi. Shuningdek, ushbu universitetlar bilan ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot sohalarida aloqalarni rivojlantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va ularda ishtirok etish orqali malakali kadrlar tayyorlash hamda boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi istiqboldagi rejalar batafsil muhokama qilindi.

Forum ishi davom etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

21-sentabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari va kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan talabalar yotoqxonasida "Qo‘li gul qizlar" nomli to‘garak o‘z ishini boshladi.

Dastlabki dars N. Nazarovaning master klassi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro‘zg‘or buyumlarini yasash bilan davom ettirildi.

To‘garak oxirida talaba qizlarning turli xil savol va javoblari muhokama qilindi va unda joriy yil 1-kursga qabul qilingan talabalarga ayniqsa ma’qul bo‘lgani ta’kidlandi va ularga o‘zlari qiziqqan savollariga javoblar va ma’lumotlar berish hamda to‘garak har oyda bo‘lib o‘tish haqida ta’kidlanib, to‘garakning birinchi darsi o‘z nihoyasiga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 15:30:35
Back to Top
HTML Embed Code: