Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Mazkur fan olimpiadasi 26-27-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadani o‘tkazish uchun universitetda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Xorijiy tillar fan olimpiadasiga ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha yetuk tajribaga ega xalqaro darajadagi mutaxassislar hakamlik uchun jalb etilgan bo‘lib, bugun 24-sentabr kuni malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati a’zolariFarg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatidan universitetga tashrif buyurdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

24-sentyabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Alisher Abidjanov tomonidan fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 17:20:47
Back to Top
HTML Embed Code: