Telegram Web Link
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 20-sentabr ilmiy seminar tashkil etildi.


Seminarda filologiya fanlari doktori (DSc), Ingliz tilini o‘qitish metodikasi № 1 kafedrasi professori (v.b.) Kuldashev Akram Makhmudovich tomonidan “Lingvokulturologiyaning fanlar orasidagi o‘rni va asosiy tushunchalari” mavzusida ma’ruza qilindi va mavzu yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Seminarda bilimini mustahkamlash istagida bo‘lgan pedagogik xodimlar, tadqiqotchi va talabalar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

20-sentabr kuni O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Xazratova Zuxra Mamaraimovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jurnalistlarga ommaviy axborot vositalari terminlarini o‘qitishda leksik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili misolida)” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning muhokamasi o‘rin oldi.

Zoom onlayn dasturi orqali tashkil etilgan ilmiy seminar muhokamasida universitet rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU (Xumora)
O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi tomonidan Xalqaro savodxonlik tadbiri tashkil etildi.

Xalqaro savodxonlik kuni Birlashgan millatlar tashkiloti doirasida nishonlanadigan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

Tadbirga 2206-2207- guruh talabalari jalb etildi. Tadbirda talabalar savodxonlikning dunyo va yurtimiz miqyosidagi ahamiyati, savodxonlikka erishish yo'lidagi qiyinchilik va yechimlar borasida fikr almashishdi.

Xalqaro savodxonlik kunining maqsadi – insoniy qadr-qimmat va inson huquqlarining uzviy qismi sifatida savodxonlik bashariyat uchun juda muhim ekanini muntazam eslatib turish hamda yanada savodli va barqaror jamiyatlar barpo etish borasidagi sa'y-harakatlarni faollashtirishdan iborat.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
2024/10/05 13:22:47
Back to Top
HTML Embed Code: