Telegram Web Link
🏆 Futbol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆 oʻtkazildi.

⚽️ Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.

🏆 Musobaqa gʻoliblari:

🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1 million soʻm;
🥈-oʻrin — Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.

🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Barqaror rivojlanish maqsadlar yo‘lida Global sherikchilikni  amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va hamkorlik ishlarni faollashtirish maqsadida O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida 2024 yil 14-sentabrda Hindistonlik professor Muhammad Musavvir va 2024 yil 19-sentabrda Bangladesh davlatidan kelgan professor  Kamrun Nahar  bilan uchrashuv tashkil etildi.


Xorijlik mutaxassislar Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga to‘liq ish shtatiga ishga taklif etildilar. Ular oldin Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A. Nasirov bilan uchrashdi. So‘ng, Tarjimonlik fakulteti dekani U.T.Yo‘ldoshev va  Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi a’zolari o‘rtasida  uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlarga fakultet dekani va kafedra mudiri B.Odilov tomonidan oliy ta’lim muassasamiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalari haqida fikr almashinildi.

Uchrashuv so‘ngida, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi xorijlik professor-o‘qituvchilarni hamkorlikka jalb etib, ular bilan ikki tomonlama shartnomalarini imzoladila

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

2024-yil 19-sentabr kuni O‘zDJTUda Finlyandilik mutaxassis, Toshkentdagi Nordik universiteti fin tili o‘qituvchisi Johanna Porkkala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zDJTU faoliyati, chet tillarini o‘qitilishi haqida ma’lumot berdi hamda Johannaga universitetimizda fin tilini o‘qitishda amaliy yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.

Fin tili mutaxassisi foydalaniladigan darslik va dasturlari bilan tanishtirdi. Uchrashuvdan so‘ng Johanna ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev hamrohligida dars jadvali va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Ingliz filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 07:33:28
Back to Top
HTML Embed Code: