Telegram Web Link
🎙 “Qizlarjon“ klubi faoliyati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi kengashi bilan hamkorlikda “Qizlarjon” klubi faoliyati, uning maqsadi va vazifalari haqida seminar-trening o‘tkazildi.

🎤Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Jo‘rayeva va universitet ota-onalar qo‘mitasi raisasi Z. Ibragimova so‘zga chiqib talaba-qizlarga hayotiy maslahatlar berib o‘tdilar.
Seminar davomida universitet psixologi Z. Xayrullayeva tomonidan trening ham o‘tkazildi.

🎬 So‘ng “Qizlarjon” klubi Ingliz filologiyasi fakulteti sardori tomonidan klub haqida ma’lumotlar berib o‘tilib, uning faoliyati haqida videorolik ham taqdim etildi.

#qizlarjon_klubi #yoshlar_ittifoqi

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Kibersport musobaqasi oʻtkazildi

🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” haftaligi doirasida Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan universitetimiz talaba-yoshlari oʻrtasida kibersport musobaqasi tashkillashtirildi.

🎮 Talabalar jamoa tuzgan holda 🔫 CS GO boʻyicha bellashdilar.

🤩 Haftalik doirasida siz yoshlar uchun shu kabi musobaqalar va koʻngilochar tadbirlar tashkillashtirishda davom etamiz!

🤝 Sizlardan esa faqat bir narsa — faollikni kutib qolamiz!

#kibersport #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

18-sentyabr kuni Rus filologiyasi fakultetida "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi!


Tadbir o‘zbek madaniyatining haqiqiy bayramiga aylandi, unda talabalar, o‘qituvchilar va tyutorlar nafaqat "xon-atlas" matosidan tikilgan milliy liboslar go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi, balki ko‘plab boshqa madaniy chiqishlarga ham guvoh bo‘ldilar.

Talabalar milliy raqslarni ijro etib, harakatlar orqali o‘zbek xalqining an’analari va ruhini ifoda etdilar. Dasturga shuningdek, dutor va rubob kabi milliy cholg‘u asboblarida ijro etilgan kuylar kiritilib, festivalga o‘zgacha rang-baranglik berdi. Bundan tashqari, talabalar o‘zbek va rus tillarida she’rlar o‘qib, o‘zbek madaniyati va adabiyotiga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ifodaladilar.

Ushbu festival nafaqat ishtirokchilarni O‘zbekistonning boy madaniyati bilan tanishtirdi, balki barchaga milliy an’ana va urf-odatlardan faxrlanish tuyg‘usini ulashdi!

📍 Факультет русской филологии 💙

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 15:25:40
Back to Top
HTML Embed Code: