Telegram Web Link
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti (Umida Umarova)
🔰 18-sentabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti tadqiqotchisi Artikova Yulduz Akmalovnaning Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha  “Interaktiv telejurnalistikaning nazariy asoslari va tadqiqot tendensiyalari mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti 1-bosqich talabalarining salomatligini ta’minlash maqsadida tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.


Talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur profilaktik bepul tibbiy ko‘rikka Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Tibbiy boʻlimning malakali xodimlari jalb etilgan.

Ma’lumot uchun: Bu yil Ingliz tili birinchi fakultetiga 451 ta abituriyent talabalikka qabul qilingan.

📍 Ingliz tili birinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispaniyaning Xayen universiteti bilan hamkorligida shartnoma asosida bir qancha ilmiy-amaliy kelishuvlarni amalga oshirib kelmoqda.

Kelishuvlarga ko‘ra, professor-o‘qituvchi va talaba almashuvini yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2024-yilning 10- sentabr kuni Roman - German filologiyasi fakulteti Ispan tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Maftuna Farmonkulova Erasmus+ loyihasida ishtirok etib, grant asosida 5 oy muddatga (1-semestr) Ispaniyaning Xayen universitetiga o‘qishga yuborildi.

M.Farmonkulova hozirda Xayen universitetining Filologiya fakultetida tahsil olmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-sentabr kuni Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun O‘zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva tomonidan psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida to‘liq ma’lumotlar berish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Ashurova, tyutorlar M.Yuldosheva va M.O‘tbosarovalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida  kasbni to‘g‘ri tanlashning muhim ahamiyati va tanlagan sohasida muvaffaqiyatga erishish, shuningdek, to‘g‘ri tanlov zamirida kelajakda yutuqqa erishish borasida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/05 17:37:36
Back to Top
HTML Embed Code: