Telegram Web Link
👨‍🏫👩‍🏫

26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashda Xaitqulov Zahriddin Xazratqul oʻgʻlining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyati” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/06 12:28:08
Back to Top
HTML Embed Code: