Telegram Web Link
Forwarded from Iqbol BAXT
1️⃣1️⃣1️⃣

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.

Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzDJTU Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yosh toifasi va nizomda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha sinovdan oʻtkazilib boriladi.

Talabalarni jismoniy faolligini oshirish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va sport to'garaklariga jalb qilish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu mashg'ulotlarda oliygohimiz talabalari faol ishtirok etmoqda.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣

Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun OʻzDJTU fakultetlari tyotorlar tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan shoirning haykali yonida bir qator badiiy tadbir tashkil etildi.

OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori , M.Yuldosheva tomonidan talabalar ishtirokida Andijonning asl farzandi, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbirda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼrlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Shuningdek, fakultetning tyutorlari A.Ilxomjonova, O.Artikova, Sh.Abramatova tashabbusida 2331-va 2324-guruhlarning iqtidorli talabalari tomonidan shoirning dilga yaqin sheʼrlari yod etildi.

Universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlar va iqtidorli talabalar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/06 14:24:06
Back to Top
HTML Embed Code: