Telegram Web Link
🏆 Voleybol boʻyicha “Ittifoq kubogi” oʻtkazildi

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan 🇺🇿 “Yangi kurslar haftaligi” doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Ittifoq kubogi🏆 oʻtkazildi.

🏐 Unda universitetimizning barcha fakultetlari talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻzaro bahslashdilar.

🏆 Yigitlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:

🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.

🏆 Qizlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblari:

🥇-oʻrin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi — 1,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi — 700,000 soʻm;
🥉-oʻrin — Ingliz tili ikkinchi fakulteti jamoasi — 500,000 soʻm pul mukofoti💰 va 🇺🇿 diplom bilan taqdirlandilar.

🎉 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

#ittifoq_kubogi #futbol #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔔 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasi tashkil etilmoqda.

📌 Ushbu olimpiadada Respublikaning deyarli barcha oliy o'quv yurtlarida tahsil oluvchi talabalar:
    🇺🇸 ingliz tili;
    🇩🇪 nemis tili;
    🇫🇷fransuz tili;
    🇮🇹 italyan tili;
    🇪🇸 ispan tili;
    🇰🇷 koreys tili;
    🇨🇳 xitoy tili;
    🇯🇵 yapon tili;
    🇸🇦 arab tili fanlari bo'yicha bellashishadi.

➡️ Olimpiada 4 bosqichda tashkil etiladi:
26-sentyabr kuni 1,2,3-bosqich;
27-sentyabr kuni 4-bosqich.

☄️ Olimpiadada ishtirok etuvchi barcha talabalarga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 11:22:29
Back to Top
HTML Embed Code: