Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

25-sentabr kuni Xitoyning Phoenix International Publishing and Media tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Ma’lumot uchun: Ushbu tashkilot dunyodagi 12 ta yirik nashriyotlar qatoridan o‘rin olgan nufuzli tashkilot hisoblanadi. Asosiy faoliyati maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va boshqa sohalar uchun sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish va chop etishdan iborat. Phoenix International Publishing and Media tashkiloti Xitoydagi minglab nashriyotlar orasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi muhim davlat muassasasidir.

Muloqqot chog‘ida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi samarali hamkorlik, O‘zDJTU faoliyati, xitoy tilini o‘qitilishi va XXR OTMlari bilan aloqalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdilar.

Nashriyot rahbari Hu janoblari va delegatsiya a’zolari O‘zDJTU xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova va xitoy tili o‘qituvchisi G. Ro‘zumova hammuallifligida yaratilgan “Xitoy tili” darsligi hamda mamlakatshunoslikka oid Xitoy va Jansu provinsiyasi haqidagi adabiyotlar, maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan xitoy tili bo‘yicha kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zDJTUda “Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar markazi”ni tashkil qilish kabi masalalarni muhokama qildilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 09:20:44
Back to Top
HTML Embed Code: