Telegram Web Link
🔥 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong'in xavfsizligi oyligi” o'tkazilmoqda

🗣Mamlakatimiz bo'ylab har yili aholi va hududlarni kuz-qish mavsumi uchun tayyorlash, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda ham 15-noyabrdan-15-dekabrga qadar respublikamiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligi oyligi e’lon qilindi. Oylik doirasidagi targ‘ibot tadbirlarida Agentlikning tizim tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda.

O'tkazilayotgan tabdirlardan birida Yakkasaroy tuman FVV boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi va bunday hollarda qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi to'g'risida kerakli ko'rsatmalar berildi. Agentlik xodimlari esa o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

❗️Eslatib o'tamiz agentlikning respublika bo'ylab barcha hududiy bo'linmalarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy eksport shtabi rahbari Husniddin Ismoilov ishtirokida onlayn seminar o’tkaziladi

📆 15-noyabr kuni soat 15:30 dan boshlab eksport faoliyatiga oid asosiy bilim va tushunchalar bo‘yicha onlayn seminar dars tashkil etilmoqda. Sizda ham qishloq xo’jaligi eksportiga oid savollar, sohaga qiziqishingiz bo’lsa seminarda ishtirok eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havola orqali o'ting 👈

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun: +99871 202 77 78

👨‍💻 Mas'ul xodim: Muxammadali Baxtiyorov

📱@MuxamadaIi

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Региональная встреча национальных комитетов по упрощению торговли

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

#davlat_ramzi #bayroq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boshlanadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Ichki fitosanitar nazoratni olib borishda qonuniy asoslar

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan karantin inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

🇩🇪🇺🇿 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GlZ) hamkorligida 200 nafar mutaxassis ichki fitosanitar nazorat va monitoring yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

💬 Yig‘ilganlarga “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari tushuntirildi. Shuningdek, o‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa turdagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini va qoidalarni buzganligi yuzasidan ma’muriy ishlarni yuritish tartibi ko‘rib chiqilmoqda.

Gibrid formatda tashkil etilgan tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro ekspertlar Daryo Ivich va Mario Belish ma’ruzalar bilan ishtirok etishi nazarda tutilgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday ekin va o’simliklarni oziqlantirish quvvatiga ega bo’lgan murakkab o’g’itlar

🔵Nitrofos - donador azotli-fosforli o’g’it. Tarkibida 24% azot, 17% fosfor mavjud. Asosan donador shaklda ishlab chiqariladi. Nitrofoska - azotli-fosforli-kaliyli o’g’it. Tarkibida 11% azot, 10% fosfor va 11% kaliy mavjud.

🔺Ammofos - kulrang yoki oq rangdagi kukunsimon, donador o’g’it. Tarkibida 42-50% fosfor kislotasi va 9-12% azot mavjud. Undan ekish paytida foydalanish mumkin. U tuproq strukturasini yaxshilaydi, unumdorligini oshiradi.

🟠Ammoniy sulfatfosfat - azotli-fosforli o’g’it. Tarkibida 22% fosfor va 17% azot mavjud. Och kulrang tusda, donador shaklda ishlab chiqariladi. Uning afzalligi shundaki, har qanday iqlim sharoitida qo’llash mumkin.

🟢Suprefos - murakkab aralashmali azotli-fosforli o’g’it. Tarkibida 21% fosfor va 9% azot mavjud bo’lib, ammiakli azot va harakatlanuvchi oltingugurt bo’lgan ammoniy sulfat va ammoniy fosfatdan iboratdir. Uni ham o’g’itlashning barcha davrlarida ishlatish mumkin.

◼️ AFU - azotli-fosforli o’g’it. Tarkibida 17% azot va 7,2% fosfor mavjud. Murakkab o’g’itlar tarkibiga mikroelementlar, pestitsidlar va fiziologik aktiv moddalar qo’shiladi.

#repost #agrokimyoviy_tahlil_markazi #tuproq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi monitoring tadbirlari davom etmoqda

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Samarqand, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari bilan birga ushbu hududlarda kuzgi kuzatuv tadbirlarini davom ettirmoqda.

📌 Nurobod, Payariq, Ishtixon, Xatirchi, Romiton hamda Jondor tumanlaridagi zararli chigirtkalarning mavjud areallarida maxsus monitoring olib borildi. Ilmiy kuzatuv tahlillari shuni ko'rsatadiki, ushbu viloyatlarda Italiya, Marokash hamda katta saksovul chigirtkalari tuxum qo'ygan.

🔍Ko'zachalardagi tuxumlarning sog'lomligi va ularda hech qanday zararlanish yo'qligi aniqlandi. Shundan xulosa qilish mumkinki, Samarqand, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining yuqoridagi tumanlarida chigirtkalarning tarqalishi o'tgan yilgidek sodir bo'ladi.

📊 Olimlar kelgusi yil uchun prognozlarni shakllantirib olish maqsadida takroriy monitoring jarayonlarini o'tkazadi hamda to'plangan ma'lumotlar asosida kurash choralari belgilanadi, texnika shay holatga keltiriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Korrupsiya — siz va bizning xavfsizligimizga qarshi jinoyat! 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥒Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda bodring mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #bodring

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompost: chiqindilardan qimmatbaho o’g’itgacha bo’lgan ekologik qadam

🌲Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi kuchayib borayotgan bir paytda, kompost tayyorlash - barqarorlikka erishishning oddiy, arzon va samarali usuli sifatida dolzarb mavzuga aylanmoqda. Har bir uy xo‘jaligi maishiy chiqindilarni kompostga aylantirish orqali nafaqat o‘z bog‘iga tabiiy o‘g‘it yetkazib beradi, balki atrof-muhitni ham muhofaza qiladi. Bu jarayon ekologik muammolarni kamaytirish bilan birga, sayyoramizga foydali o‘zgarishlar kiritishga yordam beradi.

Kompost nima va nega u muhim?

🌱Kompost bu uy va bog‘ chiqindilarini parchalanish jarayonidan o‘tkazib, o‘simliklar uchun boyitilgan tuproq o‘rnini bosadigan tabiiy o‘g‘itdir. Bu jarayon chiqindilarni tabiiy ravishda qayta ishlashga asoslangan. Eng muhim jihati shundaki, kompostlash orqali siz maishiy chiqindilarning 20-50% ini qayta ishlashga muvaffaq bo‘lasiz. Bu esa chiqindilarni poligonlarga tashlash o‘rniga ularni ekologik jihatdan foydali mahsulotga aylantirish imkonini beradi.

🌀Oziq-ovqat qoldiqlari va organik chiqindilar poligonga tushganda, ular kislorodsiz muhitda anaerob tarzda parchalanadi va issiqxona gazlari, ayniqsa metan, hosil qiladi. Ma’lumki, metan karbonat angidriddan 20-35 barobar kuchliroq issiqxona gazidir. Ushbu gazlar iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va ekologik muvozanatni buzadi. Kompostlash esa bu zararli gazlarning hosil bo‘lishini to‘xtatadi.

Kompostning foydalari

▶️Kompost o‘simliklar va daraxtlar uchun ajoyib oziqa manbai hisoblanadi. Unda azot, fosfor, kaliydan tashqari mikroelementlar va foydali mikroorganizmlar mavjud. Bu moddalar o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi.

💧U tuproqning tarkibini boyitadi, uning yumshoq bo‘lishiga va namlikni ushlab turishiga yordam beradi. Bu, ayniqsa, qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega.

💚Maishiy chiqindilarni kompostlash orqali chiqindixonadagi organik moddalar miqdorini keskin kamaytirish mumkin. Bu esa chiqindixonalar yukini yengillashtiradi va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi gazlarning hosil bo‘lishini oldini oladi.

Kompostlash ekologik izni kamaytirishning samarali usullaridan biri. U qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikda sun’iy kimyoviy o‘g‘itlar o‘rnini bosadi, bu esa tabiatga zarar yetkazishni kamaytiradi.

Kompost qanday tayyorlanadi?

🥬Oshxonadagi organik chiqindilarni (sabzavot po‘stlog‘i, choy barglari, tuxum po‘chog‘i) alohida saqlashni odat qiling. Uni bog‘da yoki maxsus idishda tayyorlash mumkin. Idish yaxshi ventilyatsiya qilinadigan, quyosh tushadigan joyda bo‘lishi lozim. U uchun “yashil” (azotga boy, masalan, o‘simlik qoldiqlari) va “quruq” (uglerodga boy, masalan, karton, qog‘oz) chiqindilarni teng miqdorda qo‘shish muhimdir.

❗️Kompost nam, lekin juda ho‘l bo‘lmasligi kerak. Harorat esa 50-65°C oralig‘ida bo‘lsa, parchalanish jarayoni tezlashadi. Har ikki haftada kompostni aralashtirish orqali kislorod yetkazib, parchalanish jarayonini tezlashtirish mumkin. Kompost tayyorlash - bu har bir uy uchun ekologik mas’uliyatni oshiruvchi va tabiatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi oddiy, ammo samarali qadamdir.

#repost #agrokimyoviy_tahlil_markazi #tuproq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.
🔰 Bizni rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

😎 Facebook rasmiy sahifasi: @uzdavkarantin

#SocialMedia

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 18:28:35
Back to Top
HTML Embed Code: