Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Ayni vaqtda Markaziy Osiyoda savdoni soddalashtirish bo'yicha Milliy qo'mitalarning mintaqaviy uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari chegara maskanlarida bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar, hujjatlar almashinuvida raqamlashtirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot bermoqdalar.

#live #GIZ #uchrashuv

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Bir necha kun avval Xitoyning Shanxay shahrida o'tkazilgan Import mahsulotlari Xitoy xalqaro ko'rgazmasida O'zbekiston delegatsiyasi ishtiroki haqida xabar berib o'tgan edik.

⚡️ Xitoyning "China News" nashri mamlakatimizning milliy stendi haqida maxsus reportaj tayyorladi. Unda O'zbekistonning meva-sabzavotlari alohida e'tiborga loyiqligi e'tirof etilgan.

🔰O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy eksport shtabi xodimi Sarvar Saydazimov jurnalist bilan suhbatda bo'lib, davlatimizda qishloq xo'jaligi eksporti salohiyati haqida ma'lumotlar berib o'tgan.

😎 Reportajni quyidagi havola orqali siz ham tomosha qilishingiz mumkin. 👇

https://m.chinanews.com/wap/detail/chs/sp/348862.shtml

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Poytaxtdagi 23,120 ta daraxtda zararli organizmlar aniqlandi

🔰Toshkent shahridagi o’simliklarni mavjud zararkunanda va boshqa
kasalliklardan himoya qilish maqsadida agentlik olib borayotgan nazorat tadbirlari davom etadi.
Bu safar Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda shahar hududidagi yashil maydonlarda monitoring ishlari o'tkazildi.

🔍Karantin nazoratidan o’tkazilgan jami 234,282 ta manzarali daraxtlardan 23,120 tasida zararli organizmlar (archa unsimon qurti, shahar mo’ylovdori, shira) aniqlandi va o’rnatilgan tartibda 934 ta taqdimnomalar kiritilgan.

📃 Taqdimnomalarga asosan 1,190 gektar maydonda 50 496 ta daraxtlarga kimoviy qarshi kurashish usuli bilan ishlov berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇲Turkmanistonning Ashxobod shahrida Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining chigirtkalarga qarshi kurashiga oid texnik seminar tashkil etildi.

🔰 Unda O'simliklar karantini va hamoyasi agentligi Chigirtka va tut parvonasi xizmati mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

🦗Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya davlatlari vakillari qatnashgan tadbirda chigirtkalarga qarshi kurash bo'yicha joriy yil amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yillar uchun rejalar muhokama qilindi.

🖋 Seminarda FAOning markaziy Osiyo davlatlari bo'ylab o'tkazgan kuzatuv-nazorat ishlari hamda chigirtkalarga qarshi kurashda biopestitsidlarni qoʻllash boʻyicha taqdimotlari namoyish etildi.

🇨🇳 Shuningdek, Xitoy bilan biopestitsidlar sohasida tajriba almashish va yangi texnologiyalarni joriy qilishda tajribali mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar o'qib eshittirildi. Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining chigirtkaga qarshi oʻtkazgan kimyoviy ishlovlaridan keladigan salbiy taʼsirlarni monitoring qilish va pestitsidlarni boshqarish tizimini sinovdan oʻtkazish borasida kerakli ko'rsatmalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan «Yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari» mavzusida eksportchi korxona vakillari va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

👫Unda O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari U.Yunusov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘i R.Sherbaev, soha vakillari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxana rahbarlari, dehqon-fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

💬Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini hukumatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar bilan tanishtirish, muammo va to‘siqlarni aniqlash hamda hal qilish, ularning taklif va tavsiyalarini eshitishdan iborat.

Eksportyorlar tomonidan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishdagi muammolari o'rganilib, soha mutaxassislari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi hamda qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Markaziy eksport shtabi mutaxassislari nimalar bilan shug‘ullanadi?

#Markaziy_eksport_shtabi   #faoliyat   #jarayon  #xalqaro_aloqalar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy va Amudaryo tumanlarida faoliyat yuritayotgan eksportchi korxona vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘i Rinat Sherbaev, tuman hokimi Rustam Shamuratov, soha vakillari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekporti bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari, dehqon-fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda sohadagi yechimtalab muammolar, mavjud masalalar muhokama etildi.

💬 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar bilan tanishdilar.

🌎 Qoraqalpog‘istonlik eksportchilar elektron platformalarda mahsulotlarni joylashtirib, elektron tijoratda ishlash taklifini olg‘a surdi. Agentlik direktori bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va Agentlik tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlanganini, kelajak bozori elektron tijorat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, soha vakillarining meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bilan bog’liq holati yuzasidan fikrlari tinglanib, soha bo‘yicha berilgan savollarga javoblar hamda qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 23:11:09
Back to Top
HTML Embed Code: