Telegram Web Link
O‘zbekiston-Ozarbayjon Davlatlararo oliy kengashining birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari muzokaralar yakunida OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan agrar soha  taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh qishloq xo‘jaligi fidoyilari yuksak unvonlar bilan taqdirlandi.

🏅 Shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy yangilanishga erishish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz  orden va medallar bilan taqdirlandi.

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Yoshlar bandligi ta'minlanmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠 O’simliklar duch kelishi mumkin bo’lgan kasallik turlari. Ularga davo bormi?

🥀 Oʻsimliklar kasalliklari – noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlardir. Bular organizm funksiyasining buzilishiga, fotosintez, nafas olish, o‘stiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati, o‘simlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.

🦠Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplariga ko’ra yuqumsiz yoki yuqumli bo’lishi mumkin.

🧪 Yuqumsiz kasalliklar mineral oziqlanish tartibining buzilishi, makroelementlarazot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar – bo‘r, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi, noqulay suv rejimi, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi.

🔴Yuqumli kasalliklarga aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar, gelmintofitozlar kiradi. Oʻsimliklarning kasallanishiga parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.

🌿 Ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlarni dorilash natijasida ushbu kasalliklardan o’simliklarni asrab qolish mumkin. Davolashda turli kimyoviy preparatlar, insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlardan foydalanilanish tavsiya etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.

Farmon bilan mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini oshirishga xizmat qiladigan eng muhim oltita yo‘nalishi belgilab berildi.

Prezident davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari uchun munosib loyihalarni tanlab olish sifati va shaffofligini oshirish maqsadida sohadagi institutsional o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Xususan, Parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilliligi ta’minlanadi, byurokratiyaga chek qo‘yiladi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

Farmonga ko‘ra, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy etilmoqda:

- har yili davlat organlari ijtimoiy buyurtma tanlovlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi;

- davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbusli ijtimoiy sheriklik loyihalarini BHMning 1 000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi beriladi;

- har yili Hukumat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosiga fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish bo‘yicha dastur qabul qiladi.

Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni ommalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga quyidagi imtiyozlar berilmoqda:

- davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirilmoqda;

- 2025 yil 1 yanvardan boshlab nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji 2 baravarga kamaytirilmoqda;

- homiylik tashkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga xayriya pulining soliq solinmaydigan miqdori amaldagi 15 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha (BHMning 100 baravari) oshirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya   #biohimoya

🦗🦗 Oltinko‘z entomofagining biologik xususiyatlari va biolaboratoriyada ko‘paytirishning ahamiyati.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Defoliatsiya: Paxta yetishtirishdagi samarali agrotexnik tadbir

Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan gʻoʻza defoliatsiyasi boʻyicha tashkil etilgan ushbu seminarda fermer xoʻjaliklari rahbarlari, agroklaster va tuman mas’ullari ishtirok etishdi. Seminarning asosiy mavzusi-gʻoʻzani defoliatsiya qilish orqali moʻl va sifatli paxta hosilini yetishtirish masalalari boʻldi.

🌱 Gʻoʻza defoliatsiyasi paxta yetishtirishdagi muhim agrotexnik tadbirlardan biri boʻlib, bu jarayon toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirilganda, hosildorlikni va mahsulot sifatini oshirishga katta hissa qoʻshadi. Defoliatsiya jarayonida gʻoʻza barglari toʻkiladi, bu esa hosilni 10-15 kun erta pishib yetilishini ta’minlaydi. Natijada, 1-terim salmogʻi 15-20% ga oshadi, yuqori sifatli homashyo hajmi koʻpayadi. Shuningdek, defoliantlar gʻoʻza kasalliklari va zararkunandalariga samarali ta’sir koʻrsatadi, ayniqsa, qora shirani kamaytirishga yordam beradi.

🌿 Joriy yilda Andijon viloyatida 61 541 gektar paxta maydonlarini defoliatsiya qilish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 282 ta OVX purkagichlarining texnik holati koʻzdan kechirilb, mavsumga shay holga keltirildi. Bu tadbirning asosiy maqsadi-hosildorlikni oshirish, paxta terimini yengillashtirish va mahsulotni yuqori sifatli qilishdir.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 - Sardoba tumanida 7 oyda 3 million dollardan oshiq meva-sabzavot va poliz mahsulotlari eksport qilindi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇲🇾Malayziyaning Maha shahrida o‘kaziladigan ko’rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz!

✔️ 2024-yil 11-22-sentabr kunlari Malayziyada Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha yirik ko'rgazma bo’lib o’tadi.

Asosiy yo’nalishlar:
-oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
-oziq-ovqat mahsulotlari import/eksporti;
-qadoqlash mahsulotlari va texnologiyalari;
-chorvachilik va baliqchilik sanoati;
-qishloq xo'jaligi mahsulotlari.

🔴 Xalqaro tadbirda siz ham ishtirok eting va oʻz mahsulotlaringizni namoyish qilish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

📣 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ko’rgazma manfaatli shartnomalar imzolashga imkoniyat hamdir!

🍎Koʻrgazmadan oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etish istagida boʻlganlar uchun imtiyozli chegirmada stendlar taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Eslatma: Barcha xarajatlar ishtirokchilar tomonidan qoplanadi (aviachipta, mehmonxona, yashash xarajatlari, transport va h.k.)

☎️ Batafsil ma'lumotlar uchun:
+99871 202 1000 (2660)

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda uzum mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic
#export #uzum

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Mahalla" MTRKZararkunanda hasharotlarga qarshi kurash tadbirlari 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 10:18:42
Back to Top
HTML Embed Code: