Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ "Agroko‘makchi" mobil ilovasi yangilanganini ma’lum qilamiz.

Xizmat turlari bo‘limiga:
🔬 SES laboratoriyalari
🌲 Mineral o‘g‘it omborlari va shtab tarkibi
🌿 Hamda feromon tutqichlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kiritildi.

Foydali ma’lumotlar bo‘limida esa endi mahalliy va import bo‘lgan urug‘ va ko‘chatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🔼 Shuningdek, eksport operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ular tomonidan qo‘yilgan talablar, meva-sabzavot mahsulotlariga tavsiya etiladigan minal eksport narxlari hamda xorijiy davlatlarda bozor mahsulotlari narxlari to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

🖥 Alohida rukn orqali qadoq ishlab chiqaruvchilar korxonalar,  logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar, yetishtirilayotgan eksportbop ekinlar maydoni va yaqin 20 kunda pishib yetilishi  kutilayotgan hosil, omborlarda mavjud mahsulotlar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍👩‍👦 Bugungi kunda 60 mingdan ortiq foydalanuvchi “Agroko‘makchi” ilovasining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda. Siz ham ilovani yuklab oling.

📱 Mobil ilovani 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈 platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Navoiy" MTRK - G‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏🍎 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda olma mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #olma

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Agentlikda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

#Mustaqillik_bayrami   #bayram_tadbiri

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Paxtachilikda muhim yangilik: ko‘sak qurtiga qarshi gen kiritilgan g‘o‘za navi Qo‘shko‘pir tumanida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

#paxta #sinov

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga o‘zining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.

“Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho ne’mat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.

Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik.

Bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi”,
- dedi Prezident.
❤️ Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

🇺🇿 Go‘zal va betakror mamlakatimizda, har bir oilada, xonadonda tinchlik va farovonlik hukm sursin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yorug‘ va nurafshon kelajagimizni – Yangi O‘zbekistonni albatta barpo etamiz! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Aholini yilning kech kuz, qish va erta bahor oylarida sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlashda himoyalangan maydon, yaʼni issiqxona sabzavotchiligi muhim ahamiyatga ega. Issiqxona sabzavotchiligi qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalqimizni qorli-qirovli kunlarda ham sarhil, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga imkon beradi.

🍅 Issiqxonalarda sabzavot ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida mineral o‘g‘itlarni meʼyorda qo‘llash, barcha agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish lozim. Sababi, ekinlar uchun issiqxonalarda maqbul mikroiqlim sharoit yaratilishi yuqori va sifatli hosil garovi hisoblanadi.

🌿Pomidorga issiqxonadagi harorat kunduzi + 22–25 °C, kechasi + 17–18 °C, havoning nisbiy namligi 75–80% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Haroratning zarur ko‘rsatkichlardan oshib yoki kamayib ketishi ekinlarning o‘sib-rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun pomidor gullariga maxsus preparatlar eritmalari bilan ishlov berish zarur. Kuzgi-kishki mavsumda issiqxonadagi pomidor ko‘chatlarining o‘suv nuqtasi 7–8 gulshodadan keyin chilpib tashlanishi tavsiya qilinadi. Bu hosildorlik ortishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

🌲 Pomidor ko‘chatini har 5-6 kunda 1 marta, ekilgandan so‘ng nisbiy namlikka qarab sug‘orish talab etiladi. Suvning harorati qishda taxminan 15-16 °C da bo‘lishi lozim. Issiqxonadagi tuproq tahlili natijalariga ko‘ra, tuproqqa qancha miqdorda azot (N), fosfor (R), kaliy (K) berish kerakligini aniqlanadi. Ko‘chatga yoshlik davrida kalsiy (Sa), bor (V), magniy (Mg) li o‘g‘itlar berish yaxshi natija beradi.

#Karantin_himoya #Karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda shaftoli mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #shaftoli

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya #bilsizmi?

🌳Daraxtlarga aldamchi belbog'larini bog'lash nima uchun kerak?👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Ma'lumki, g'oza defoliatsiyasi mo'l va sifatli paxta olish uchun muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Ellikqal'a tumanidagi "Xudaybergen Ernazarov" fermer xo'jaligida 2025-yil hosili uchun bashoqli don ekinlari g'alla ekish va defoliatsiya tadbirlarini sifatli tashkil etish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.

👫 Unda Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari D.Qaipov, tuman hokimi V.Niyazimbetov, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig'i R.Sherbaev, agentlik boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Orinbaev hamda qishloq xo'jaligi sohasi vakillari ishtirok etdi.

💬 Seminarda g'alla ekishda e'tibor qaratilishi lozim agrotexnik tadbirlar va defoliatsiya ishlarini tashkil etish, tumandagi g'alla ekilishi lozim maydonlarda g'alla ekilishi bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 12:11:59
Back to Top
HTML Embed Code: