Telegram Web Link
Shovotdagi daraxtlarni saqlab qolishga kim masʼul?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shovotda daraxtlar nobud boʻladimi?” deb nomlangan post joylashtirildi. Unda mahalliy aholi Xorazm viloyatidagi bogʻlardan birida zararlangan daraxtlarni saqlab qolish yuzasidan murojaat qilgan.

➡️ Holatga aniqlik kirtirish maqsadida Xorazm viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan voqea joyining oʻzida oʻrganish olib borildi.

📹 Tasvirda aks etgan bogʻ Shovot tumanida joylashgan “Komiljon Otaniyazov” nomidagi istirohat bogʻi boʻlib, yashil maydon zararli hashorotlar tufayli qurib borayotgani maʼlum boʻldi.

🗺 Qayd etish lozim, karantin inspektorlari tomonidan mazkur hudud doimiy monitoring qilingan va zararkunandalarga qarshi kurash choralari boʻyicha tavsiyalar berilgan.

➡️ Masala muammosi faqatgina daraxtlar zararlanganida emas, balki karantin inspektorlarining tasviya va ogohlantirishiga qaramasdan yillar davomida bogʻda zararkunandalarga qarshi tadbirlar oʻtkazilmagan va bogʻ qarovsiz qoldirilgan. Sababi bogʻ hududining bir qismi tuman obodonlashtirish boʻlimiga, yana bir qismi esa tadbirkorlik subyekti balansiga oʻtkazib berilgan.

🖊 “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qonunga asosan karantin inspektori oʻz vakolati doirasida karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirishga, oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilishlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, karantin choralarini belgilashi mumkin. Biroq zararli organizmlarni bartaraf etishga oid tadbirlarni oʻtkazish vakolatiga ega emas.

🌳 Shunday ekan bogʻ tegishli boʻlgan mutasaddilar belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirsa “Komiljon Otaniyozov” nomidagi bogʻni saqlab qolish mumkin.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan daraxtlarni saqlab qolish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchatlar ekilib, yashil maydonlar hududini kengaytirish borasida ishlar olib borilayotgan bir vaqtda mutasaddilardan bogʻni asrab qolish boʻyicha tadbirlarga masʼuliyat bilan yondoshishlari muhimligini eslatib oʻtamiz.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024-y.) qabul qilindi

✔️ Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔺Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

🔺Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

🔺Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar roʻyxati.

✔️ Aholi ehtiyojidan kelib chiqib koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

🖊 2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.
Kiberxavfsizlikni ta'minlash bugunning talabi

🖊 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash oyligi” o‘tkazilmoqda.

Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

‼️ Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishini oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi ogohlikni oshirishdan iborat.

🤳 Uchrashuv davomida xavfsiz ilovalar haqida ma’lumotlar berilib, shubhali dastur va platformalardan foydalanmaslik tavsiya etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qovun yetishtirilayotgan maydonlarda un-shudring kasalligi

Kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, 30-iyulga qadar erta va o'rta pishar qovun maydonlarida quyidagi qarshi kurash tadbirlarini o'tkazish tavsiya etiladi 👇

🍈 Qovun yetishitirsh va undan yuqori hosil olish uchun asosan agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o‘tkazish, ekinni belgilangan muddatlarda ekish, urugʼlarni ekishdan oldin samarali urugʼdorilagichlar bilan ishlov berish va vegetatsiya davrida kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qoʼllash yaxshi samara beradi.

🚻 Qovun dala maydonlarida barglarga kam tasir etuvchi kimyoviy vositalardan

🚩 Mankotseb gold 72% n.kuk. Simoksanil + mankotseb (cymoxanil+mancozeb)

🚩 Mankolaksil 72% n.kuk. Mankotseb + metalaksil M ( mancozeb + metalaxyl M)

🚩 Fundazol 50% n.kuk Benomil ( benomyl ) asosli kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

🤳 Zarurat yuzaga kelganda qo'shimcha savollar bilan "Agroko'makchi" mobil ilovasi orqali O'simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlariga murojaat qilishingiz mumkin!

📱Mobil ilovani “App Store” va “Play Market” platformalari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin

#karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi – 3,8 foizga oʻsdi.

Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu – oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratildi.

Tadbirkorlik uchun 82 trillion soʻm kredit va 15,5 trillion soʻm subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion soʻm mablagʻ qoldi.

“Yashil” energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt “yashil" energiya olindi.

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Renessans TV" — Eksport ko'rsatkichlarini oshirishda Markaziy eksport shtabi faoliyati

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

Oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.

Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.

Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, oʻsish 8,6 foizni tashkil qildi.

Xususan, 87 ta tumanda hududiy sanoat oʻsishi respublika koʻrsatkichidan yuqori boʻldi. Lekin ayrim tumanlarda sanoat pasaygani, baʼzilarida deyarli oʻsmagani koʻrsatib oʻtildi.

Barcha vazirliklar va viloyat hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, tannarxni kamaytirish, istiqbolli bozorlarga yoʻl ochish, hududlarda tadbirkorlar masalasini tez va shaffof hal qilishda 7 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga oʻsib, 80 trillion soʻmga yetdi. Shunday boʻlsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish boʻyicha jiddiy shugʻullanadigan vaqt kelgani taʼkidlandi.

Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.

Prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Soʻnggi ikki yilda chetdan kelgan, biroq haligacha oʻrnatilmagan 183 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Investitsiya hisobiga tashkil etilgan ayrim korxonalar hozirda ishlamayotgani tanqid qilindi.
2024/10/01 11:40:33
Back to Top
HTML Embed Code: