Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi

Yig‘ilishda sohaga ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi va innovatsiyalari kirib kelmagani hisobiga urug‘dan pilla olishda yo‘qotishlar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importini 45 foizi to‘g‘ri kelayotgan Yevropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi.

Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni ko‘paytirish zarur.

Pillachilik uchun ozuqa bazasi bo‘lgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekishini kengaytirish muhim. Bizdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini shakllantirish mumkin.

Yig‘ilishda ipak olishning muqobil usullarini yo‘lga qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yangi yo‘nalishni o‘zimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.

Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya salohiyatini rivojlantirish yoʻnalishidagi loyihaning navbatdagi bosqichi koʻrib chiqildi

🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tomonlar KOICA ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va oʻsimliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” loyiha doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan rejalarni muhokama etishdi.

✍️ Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, loyiha doirasida PMC guruhi tashkil etilgan boʻlib, guruh aʼzolari 14-martdan 10-mayga qadar navbatdagi missiya yuzasidan oʻrganishlarni olib bordilar.

💬 Uchrashuvda missiya natijalari tahlil etildi. Missiyaning asosiy maqsadi:
oʻsimliklar karantini boʻyicha qonunchilikni koʻrib chiqish;
oʻsimliklar karantini tizimini isloh qilishda koʻmaklashish;
samaradorlikni boshqarish va asosiy soʻrovnomani muhokama qilish.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish – Oʻsimliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish loyihasi boʻyicha muhokamalar bayoni 2023-yilning iyun oyida imzolangan edi.
 
📝Mazkur chora-tadbirlar davlatimiz rahbarining 2021-yil 17-dekabrda Koreya Respublikasiga tashrifi davomida KOICA va Oʻzbekiston oʻrtasida imzolangan hamkorlik Dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

🗂Loyiha doirasida, shunindek,
-  8 ta yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilishi;
-  boshqaruv xodimlari va mutaxassislarning Koreya va Oʻzbekistonda malakasi oshirishi;
-  6 ta oʻsimliklar karantini chegara punkti, 5 ta hududiy laboratoriya, Oʻsimliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutini zaruriy jihozlar bilan taʻminlash koʻzda tutilgan.

🛂 Bugungi kunga qadar Janubiy koreyalik mutaxassilar 4 ta OʻKCHMda boʻlib, chegara maskanlarining  faoliyati bilan yaqindan  tanishdilar.

#Karantin_yangilik #KOICA #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 04:36:16
Back to Top
HTML Embed Code: