Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Faxriylar holidan xabar olindi

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilatdir.

🔰  “9-may — Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida uzoq yillar xizmat qilib, hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan faxriylar – Viktor Podarov va Lyudmila Salnikovalar xonadonlarida bo'lib, holidan xabar olindi.

🔬 Agentlik vakillari ko‘p yillar davomida sohada faoliyat ko‘rsatgan, zahmatli mehnati bilan Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga hissa qo‘shgan faxriy xodimlarni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklab, Kasaba uyushmasi qo'mitasining sovg‘alarini topshirdi.

🔹 Ta’kidlash lozimki, keksalar mehnatini qadrlash, ularga mehr-oqibat ko‘rsatish Agentlik faoliyatida alohida o‘rin tutadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Xorazm viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

🏘 Dastlabki manzil hududiy boshqama bo'lib, bu yerda media sohasi vakillariga tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🟢 Shuningdek, press-tur doirasida Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanida joylashgan "WBM Qo'shko'pir klaster" MCHJ biolaboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📈 Ushbu biolaboratoriyada yiliga 25 kilogramm trixogramma, 6 million dona oltinko'z, 5,5 million dona brakon yetishtiriladi va nafaqat klasterga tegishli fermer xo'jaliklari, balki tomorqa xo'jaliklari va yer egalari uchun biomahsulot yetishtiradi.

🦗🦗 Hozirda biomahsulotlar tumanning ekin maydonlariga uchirilmoqda. Bu esa o'z navbatidaqishloq xo'jaligi mahsulotlarining exspotrbopligi va xaridorgirligini oshirishi bilan ham yanada ahamiyatli.

🚛 Eksport/import jarayonlarida fitosanitar xavsizlik muhim masala. Shu nuqtai nazardan press-tur ishtirokchilariga Xorazm viloyati fitosanitariya laboratoriyasi imkoniyatlari namoyish etildi.

🌱 Bu yerda 6 ta yo'nalishda ekspertiza olib borilib, eksportga mo'ljallangan barcha mahsulotlar jahon standartlari asosida tekshiriladi.

#press_tur

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 telekanali - Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qulupnay mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic  #export  #qulupnay

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥 telekanali - Chigirtkalar aholi xonadonlarigacha keldi(mi?) — aholi murojaati bo’yicha jurnalistlar shurishtiruvi natijalari

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash ❗️❗️❗️ Hududlarda zararli chigirtka bosqini bilan bog'liq hodisa yuz berganda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining hududiy bo'limlari rahbarlari va agronomlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz…
Murojaatlar uchun raqamlarni eslatib o’tamiz

❗️❗️❗️

Hududlarda zararli chigirtka bosqini bilan bog'liq hodisa yuz berganda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlarining hududiy bo'limlari rahbarlari va agronomlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin!

Bundan tashqari Agentlikning 1288 va 712022888 raqamalariga ham murojaatlar qabul qilinadi.

#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o’tkazildi.

🙌 Intellektual bellashuvda 5 ta jamoa ishtirok etdi:

✔️ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasi

✔️O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi

✔️ Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi

✔️ Toshkent shahar O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi

✔️ Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi.

Qizg‘in va shiddat bilan o‘tgan o‘yinda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi teng ball to’plab, yakuniy bosqichda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

🏅 Yakuniy bosqich natijalariga ko’ra Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi 1️⃣-o‘rinni egalladi.

Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi 2️⃣-o’ringa loyiq topildi.

3️⃣ -o‘rin esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.

🎁 G‘olib jamoalar va ishtirokchilar Agentlik Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#zakovat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 23:19:09
Back to Top
HTML Embed Code: