Telegram Web Link
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
#Karantin_yangilik O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Qozog'iston Respublikasi Jazken Jyembaev nomidagi o'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari hamda mutaxassislari tashrif buyurishdi. 🔹 Tashrif davomida…
🇺🇿 🇰🇿 Joriy yilning 27-fevral kuni O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Qozog'iston Respublikasi Jazken Jyembaev nomidagi O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari hamda mutaxassislari tashrif buyurishdi.

📝 2023-yilning 15-may kuni O'zbekiston va Qozog'iston ilmiy-tadqiqot institutlari o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolangan bo'lib, mazkur bitimga asosan ikki davlat Institutlari o'rtasida 2024-yil uchun mo'ljallangan “Yo’l xaritasi” loyihasi ishlab chiqilib, Institut rahbarlari tomonidan imzolandi.

#Karantin_yangilik #ilmiy_tadqiqot #bitim #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti "Dunyo bo'ylab" telekanalining "Ekopatrul" kursatuvi ijodkorlari nigohida

#Karantin_yangilik #ilmiy_izlanish

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan yana bir yo‘nalishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Uning doirasida qo‘shni mamlakatlarning mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashish nazarda tutilgan.

Navbatdagi hamkorlik dasturi bo‘yicha Agentlikka Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi hududiy tashkilotlar va ilmiy muassasalarning mas’ul xodimlari, FAOning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

🖥 Asosiy maqsad qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan tanishish, tajriba o‘rganish bo‘lib, mehmonlarga fitosanitariya tizimida raqamlashtirish jarayonlariga oid o‘zgarishlar ko‘rsatildi.

‼️ Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kunda eksport/import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlaga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar almashinuvi onlayn amalga oshiriladi. Dehqon va fermer xo‘jaliklariga sifatli yordam ko‘rsatish maqsadida “Agroko‘makchi” mobil ilovasi yaratilib, asosiy tizimlar mazkur ilovaga integratsiya qilingan.

📍 Inspektorlarning hududlarda olib boradigan karantin nazorati natijalari ham raqamlashtirilgan. Barcha ma’lumotlar “e-Fito.uz” platformasiga umumlashtirilib, ekin yerlari, bog‘lar va issiqxonalarning fitosanitar tozaligini kuzatib borish imkoni yaratilgan.

🔬 Shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasining faoliyati bilan ham tanishdi. Xalqkaro akkreditatsiyadga ega mazkur laboratoriyada eksport chiqariladigan va import bo‘ladigan o‘simlik mahsulotlarning barcha turlari ekspertizadan o‘tkaziladi.

📈 2023-yilda eksport mahsulotlari bo‘yicha 153 mingta ekspertiza o‘tkazilib, 1 237 ta holatda 11 turdagi karantin obyektlari, Import mahsulotlari bo‘yicha 220 mingta ekspertiza o‘tkazilib, 1 470 ta holatda 21 turdagi karantin obyektlari aniqlangan va tegishli fitosanitariya choralari ko‘rilgan.

👩‍⚕️ Mehmonlarga tahlil olib borish standartlari, mutaxassislarning malaka oshirish bo‘yicha xalqaro dasturlardagi ishtiroki haqida ma’lumot berib o‘tildi.

#FAO #Tojikiston #tajriba_almashish

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtiriladi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-913-son, 27.02.2024-y.) bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlashga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojxona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillari soddalashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidagi videoselektorda Prezident bojxona imtiyozlaridan foydalanish masalasini tanqid qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, imtiyozlarning 420 milliard so‘mi yoki 13 foizi maqsadsiz qo‘llangan bo‘lib chiqdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 16:35:02
Back to Top
HTML Embed Code: