Telegram Web Link
“Buyuk Britaniyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish maqsadida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida o’tkazilayotgan seminar yakunlandi.

➡️ 3 kun davomida Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar, Toshkent viloyatida qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari vakillari yuqori qiymatda mahsulotni jahon bozoriga olib chiqishga oid ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

📚 Xususan, Latviyada "dala daftarini" yuritish amaliyoti va uning afzalliklari tushuntirildi. Shunindek, o'simliklar himoyasida kimyoviy vositalarning me'yorlar asosida qo'llanilishi, biologik kurash choralarini keng joriy etish orqali bosqichma-bosqish ekologik sof mahsulot yetishtirishga o'tish masalasi ham muhokama etildi. Bu borada Latviya tajribasi tahlil etildi.

✔️ Trening yakuni bo'yicha 26 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi. Mazkur sertifikat agrar soha vakillarining Buyuk Britaniyaga meva-sabzavot eksport qilish uchun zaruruy bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini tasdiqlaydi.

🔔 E'tiroflisi ishtirokchilar orasida Agentlik tizimida ishlab kelayotgan bir guruh yoshlari ham bor. Kelgusida ular xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda dehqon va fermer xo'jaliklari egalariga tavsiya berishlari mumkin.

#xalqaro_hamkorlik #seminar #export #tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Qishloq xo‘jaligida unumdorlik va manfaatdorligini oshirish👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dubay shaxrida "GULFOOD" xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi davom etmoqda.

🤝 Xalqaro tadbir doirasida biznes vakillarining ikki tomonlama uchrashuvlari tashkil etilib, O‘zbekiston mahsulotlarining eksporti ko‘rsatgichlarini oshirishga oid istiqbolli loyihalar muhokama etilmoqda.

🔰 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev ham uchrashuvlarda ishtirok etib, muammoli vaziyatlarning yechimiga ko‘maklashmoqda.

💬 Jumladan, meva-sabzavot, quritilgan mahsulotlar, ziravorlar eksportidagi talablar yuzasidan fikr almashilmoqda.

#Karantin_yangilik #export #Gulfood #muammo_yechim #food_expo #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024-y.) qabul qilindi.

🖊 Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

➡️ 2024-yilga moʻljallangan yoʻnalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;

➡️ 2024-yilda yoʻnalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati.

🖋 Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yoʻnalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:

✔️ Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

✔️ Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

✔️ Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

✔️ Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

✔️ “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yanvarda 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘paygan.

✈️ Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
🇷🇺Rossiya - 27,2%;
🇵🇰Pokiston - 21,2%;
🇨🇳Xitoy - 13,4%;
🇰🇿Qozog‘iston - 9,2%.

2024-yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8% ini tashkil etgan.

#repost #export #statistika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Chegaradan noqonuniy olib o'tilayotgan karantin osti mahsulotlari to'xtatib qolindi👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot #2024_yil_1_martdan

🖊 Qonunchilikka koʻra, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va moʻljal olish imkoniyati cheklangan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining “soatbay” asosda haftaning barcha kunlari xizmat koʻrsatishi uchun qonunchilikka muvofiq moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

🧅 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda piyoz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuproq mikroorganizmlari qanday oziqlanadi?

🧫 Tog‘ jinslarining nurashi, torf, neft, toshko‘mir, selitra va ohaktoshlarning yuzaga kelishi bevosita mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq. Tuproq hosil bo‘lish jarayonini ham mikroorganizmlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tuproqning haydalma qatlamidagi bakteriyalar massasi 3-8 t/ga ni tashkil qiladi.

🔬Oziqlanish usuliga ko‘ra, geterotrof va avtotrof mikroorganizmlar farqlanadi. Avtotrof bakteriyalar karbonat angidriddagi uglerodni bog‘lash uchun fotosintezdan yoki ayrim mineral moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi.

🧪 Mikroorganizmlar turli-tuman kimyoviy birikmalar bilan oziqlanadi. Tuproq mikroorganizmlari birinchi navbatda azotga kuchli ehtiyoj sezadi. Avtotroflar esa asosan ammoniy va nitrat kislota tuzlarini o‘zlashtiradi. Ayrimlari atmosfera azotini ham o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Murakkab organik modda – gumus tarkibidagi oziq elementlarni ham o‘zlashtiradigan mikroorganizmlar mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahsulotga fitosanitar ruxsat rasmiylashtirilib, yuklanishidan oldin Tashqi karantin nazorati inspektorlari tomonidan talablarga muvofiqligi tekshirildi.
 
 ✍️ “Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yo‘q qilishga doir” Fitosanitariya talablarining 4-bandida O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotdan tayyorlangan yog‘ochtaglik va yog‘och o‘ram (qoplama)lar, 6 mm va undan qalin qutilar (yashiklar)ni karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurashish bo‘yicha zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘linmalari tomonidan zararsizlantirish, shuningdek, ularda termo muhr qo‘yilgan bo‘lishi hamda karantin ostidagi mahsulot solingan qadoqlarning har biri mahsulot olib chiquvchi jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan markirovkalangan bo‘lishi lozim.

🧅 Piyoz mahsulotini eksporti uchun fitosanitariya sertifikati berishda karantin ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida mahsulot qadoqlarida markirovka bo‘lmaganligi sababli, qadoqlarni fitosanitariya talablariga muvofiq markirovkalash uchun davlat inspektori tomonidan tegishli ko‘rsatma berildi.

Mahsulot qadoqlari markirovkalangandan so‘ng eksport uchun fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib berildi.

#piyoz  #export  #tartib

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:32:08
Back to Top
HTML Embed Code: