Telegram Web Link
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini e’lon qiladi.

Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024 yilga mo‘ljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 9 fevral kuniga qadar davom etadi.
#repost

🌱Nega dehqonlar tuproq tahlilini amalga oshirishlari kerak?

🔬Tuproq tahlili - bu fermerlar uchun zarur bo'lgan eng muhim jarayonlardan biridir. U yer maydonlarining samaradorligini oshirishda kalit rol o'ynaydi. Tuproq tahlili orqali, fermerlar tuproqdagi ozuqa moddalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladilar va shu asosda hosildorlikni yaxshilash uchun zarur choralarni ko'radilar.

🌿O'simliklar o'sishi va rivojlanishi uchun 17 ta muhim ozuqa moddalarga muhtoj. Bular orasida, azot (N), fosfor (P), kaliy (K) kabi moddalar juda muhim hisoblanadi. Bu elementlar tuproqdan olinadi va har bir o'simlik turiga ko'ra ularning talabi farq qiladi.

👨‍🔬Nemis olimi Yustus fon Libig 19-asrda “Minimum qonuni”ni taklif qildi. Unda oʻsimlik uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalaridan biri yetishmasa, boshqa barcha muhim oziq moddalar koʻp boʻlsa ham oʻsimlik oʻsishiga taʼsir qilishi taʼkidlangan. Bu qonun tuproq tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u fermerlarga o'simliklarning to'liq o'sishiga zarur bo'lgan ozuqa moddalarini ta'minlashga yordam beradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#karantin_yangilik #karantin_nazorat

☄️ Toshkent viloyatidagi oʻsimliklar karantini chegara maskanlarida katta miqdorda ekish materiallarining noqonuniy importi oldi olindi

➡️ “Najimov” O‘KChMda Rossiya Federatsiyasidan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk mashinasi detektor xizmat iti yordamida nazoratdan o'tkazilganda 380 dona tok qalamchasi olib kirilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Noqonuniy yuk egasi karantin ruxsatnomasi, fitosanitar sertifikat kabi zaruriy hujjatlarni taqdim eta olmagan. Holat boʻyicha efito.uz tizimi orkali xabarnoma berilib, fuqaro MJTKning 108 moddasi 1- kismiga asosan jarimaga tortildi.

➡️ “Gʻishtkoʻprik” O‘KChMda kinolog-inspektorlar tomonidan Qozogʻiston Respublikasidan kirib kelgan yengil avtomashinada 20 kilogramm tarvuz urugʻi yashirin olib oʻtilayotganligi maʼlum boʻldi. Mahalliy floraga fitosanitar xavf tugʻdiruvchi yuk musodara qilindi, fuqaro esa tegishli tartibda javobgarlikka tortildi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, karantin ostidagi mahsulotlar, yaʼni ekish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sitrus mevalar, oʻsimliklar va ularning qismlarini respublikamiz hududiga olib kirish, olib chiqish, realizatsiya qilish, saqlash va tranzit yuki sifatida olib oʻtish taʼqiqlanadi.

❗️Sababi ular zararli hasharotlar, kasallik qoʻzgʻatuvchi virus, bakteriyalar, zamburugʻlar, begona oʻtlar urugʻlari tashuvchisi boʻlishi mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRKO‘zbek karami Latviya supermarketlarida sotilmoqda👆

#Karantin_yangilik #export #karam

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Ayni damda Buxoro viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida tadbirkorlar, eksportyor korxonalar vakillari bilan taklif va muammolarni o'rganish masalalarida yig'lish bo'lib o'tmoqda.   

Yig'ilshda O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi rabar va xodimlari, Davlat bojxona qo'mitasi, Prokuratura xodimlari tomonidan tadbirkorlar takliflarini tinglab, tushuntirishlar berilmoqda.

#live  #export  #muammo_yechim     

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩 Hurmatli tadbirkorlar diqqatiga!!!

🟢 Ayni vaqtda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalqaro savdo markazi (ITC) tashkiloti hamda Shvetsariya elchixonasi bilan hamkorlikda “Quritilgan mahsulotlar eksporti” boʻyicha ZOOM platformasi orqali semenar-trening oʻtkazilmoqda.

💬: https://us02web.zoom.us/j/81993233000?pwd=MzFYeGh1cjBFcDFtUVFxaExpVlpOUT09
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8️⃣ Ayni vaqtda Agentlikning bir guruh xodimlari IFC (Xalqaro moliya korporatsiyasi) loyihasi doirasida Bonn shahrida mineral o‘g‘itlarga oid qonunchilikni o‘rganish maqsadida Germaniya tajribasi bilan tanishmoqdalar.

📍 Muloqot Yulius Kyun nomidagi institutda o‘tkazilmoqda.

#IFC #Germaniya #tashrif

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 21:28:01
Back to Top
HTML Embed Code: