Telegram Web Link
#eksport_dayjest

🇷🇺 Rossiyaning yirik savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qilish istagida bo'lgan eksportyorlar diqqatiga

2024-yil 18-sentabr kuni Sankt-Peterburg korxonalarining Oʻzbekistonga biznes-missiyasi doirasida onlayn-seminar oʻtkaziladi. Seminarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Sankt-Peterburg Sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qoʻmitasi hamda meva-sabzavot eksportyorlari ishtirok etadi.

Asosiy maqsad — Oʻzbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Sankt-Peterburgning "Лента", "ОКЕЙ", "Х5 Group", "Магнит" kabi yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berish imkoniyatlari ko'rib chiqish va bu yo'nalishdagi muhim talablarni amalga oshirishni muhokama etish. Bu mahalliy eksportyorlar uchun biznesni kengaytirish va barqaror rivojlantirish imkoniyatdir.

Seminar onlayn platformada 2024-yil 18-sentabr kuni soat 16:30 da o‘tkaziladi.

☎️ Qo’shimcha ma’lumotlar uchun Markaziy eksport shtabiga murojaat qiling:

+99871 202 10 00
+99871 202 77 76

(ichki raqam 1513)

Mas’ul xodim:
+998 93 458 44 71

📩 Elektron pochta manzili: [email protected]

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erkin_muloqot #online

🔴 Bugun O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislar ishtirokida “O'simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish” bo'yicha “Erkin muloqot” bo'lib o'tishini ESLATIB O'TAMIZ!

“Erkin muloqot”da siz ham ishtirok etib, qiziqtirgan savollaringizga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

💬 Muloqot uchun doimiy havola 👇
💬 https://us06web.zoom.us/j/4834846971?pwd=RmdrUVdEVEdtTTJ0ODFYdW5RSFdtZz09

💬 Konferensiya identefikatori: 483 484 6971
Ulanish kodi: 907457

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xitoy bozorlariga chiqish istagida bo’lgan tadbirkorlar diqqatiga

🇨🇳 20-sentyabr kuni soat 10:00 da "GOODY" savdo markazida Xitoyning yirik CUS-Group kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan hamkorlikda tadbirkorlarimiz uchun Xitoy bozorlariga muvaffaqiyatli kirib borish mavzusi doirasida seminar-trening o’tkazadi.

Seminar-trening doirasida quyidagi yo'nalishlarda B2B uchrashuvlari tashkil etiladi:

✍️ Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti bilan bog’liq talablar va shartlar;
✍️ oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashga doir standartlar;
✍️ oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari;
✍️ broylerni qayta ishlash (tovuq go'shti);
✍️ ichimliklar ishlab chiqarish;
✍️ pestitsidlar ishlab chiqarish;
✍️ qishloq xo'jaligi texnikalari va boshqa sohalar.

👉 Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin 👈

🔴 Ishtirok etish bepul

☎️ Qo'shimcha savol va takliflar uchun:
+99871 202 00 00
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1514)


Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Qishloq xo’jaligi sohasida Yaponiya tajribasi. Nimalarni o’rganish mumkin?

🌲 Yaponiya qishloq xo‘jalik sohasida cheklangan yer va tabiiy resurslarga qaramay, texnologiya va innovatsiyalardan samarali foydalangan holda katta yutuqlarga erishgan.

Quyidagi yutuqlar va ulardan olinadigan saboqlar Yaponiya qishloq xo‘jaligi tajribasining muhim jihatlarini aks ettiradi:

⚙️ Texnologiyaga asoslangan dehqonchilik: Yaponiyada qishloq xo‘jalik maydonlari cheklangan bo‘lsa-da, vertikal dehqonchilik, gidroponika va sun’iy yorug‘lik kabi ilg‘or texnologiyalar orqali mahsulot yetishtirish samaradorligi oshirilmoqda. Shaharlar ichida joylashgan vertikal fermalar bo‘sh joylarni optimal ishlatishga va shahar aholisi uchun yangi mahsulotlar yetkazib berishga imkon beradi.

🌱 Mahsulotni boshqarish va genetik yaxshilash: Ushbu mamlakatdagi tadqiqot markazlari va fermerlar ekinlarning yangi, yanada unumdor va bardoshli navlarini ishlab chiqishga katta ahamiyat qaratmoqda. Masalan, guruchning yangi navlari qurg‘oqchilikka va kasalliklarga bardoshli qilib yetishtirilgan. Bu yutuqlar fermerlarga barqaror hosil olish imkonini beradi.

🛡 Oziq-ovqat xavfsizligi va sifatni nazorat qilish: Bu davlat oziq-ovqat xavfsizligi va sifati borasida jahon miqyosida tan olingan. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda qat’iy standartlarga rioya qilinadi va bu mahsulotlarning xalqaro bozorlarda yuqori talabi mavjud.

✍️ An’anaviy va zamonaviy usullarning uyg‘unligi: Yaponiyalik fermerlar ko‘pincha an’anaviy qishloq xo‘jalik usullarini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtiradi. Masalan, organik dehqonchilikka asoslangan tizimlar yuqori texnologiyali avtomatlashtirilgan usullar bilan uyg‘unlashib, ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi uslubining shakllanishiga olib kelmoqda.

🍽 Kooperatsiya va qishloq xo‘jalik uyushmalari: Yaponiyada fermerlar kooperativlar va uyushmalarda birlashib, birgalikda mahsulot ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berishda faol ishtirok etishadi. Bu fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan foydali tizim bo‘lib, mahsulot narxini barqaror ushlab turishga va savdo hajmini oshirishga yordam beradi.

🌎 Bu kabi rivojlangan davlat tajribasidan kelib chiqib, boshqa davlatlar resurslarni samarali boshqarish, innovatsiyalarni joriy qilish va xalqaro standartlarga moslashtirilgan mahsulot yetishtirish kabi qator saboqlarni o‘rganishi mumkin.

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹 Italiya texnologiyasi asosida qadoqlovchi korxona filiali ochiladi

Markaziy eksport shtabi mutaxassislari Italiyaning “Sapori Secchi Srl” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borishgan edi. Muloqot natijasi o‘laroq kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati bilan tanishdi.

🫐 “Sapori Secchi Srl” kompaniyasi – quritilgan mevalar va yong‘oqlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiyasi bilan shug‘ullanadi. Korxona bu borada katta tajribaga ega bo‘lib, navlarni tanlashdan tortib quritishgacha bo‘lgan texnologiyani ishlab chiqqan.

◽️ Kompaniya mutasaddilari O‘zbekistonda ishonchli hamkorlarni topishni maqsad qilgan. “Sapori Secchi Srl” direktori Andrey Roska mamlatimizda ochiladigan filial doirasida mahalliy meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, dukkakli mahsulotlar texnologiya asosida qayta ishlash va qadoqlash tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini ta’kidladi

🛕 Uchrashuv doirasida fitosanitariya tahlillarini olib boradigan laboratoriya sharoitlari o‘rganildi, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama etildi.

💬 Shuningdek, bugungi kunda Italiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etildi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

✍️ Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kunda Italiyaga 91 turdagi mahsulotni fitosanitariya sertifikati asosida eksport qilish mumkin. Ayni vaqtda mamlakatning bozor konyukturasini o‘rganish maqsadida Markaziy eksport shtabi tomonidan Italyadagi elchixonamiz bilan hamkorlida o‘rganishlar olib borilmoqda, narx-navo monitorining yurilitib, mahalliy tadbirkorlarga yetkazilyapti.

#eksport_daydjest

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🏦Banklar tomonidan “yashil” iste’mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

BHMning 500 baravarigacha bo‘lgan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun 3 yil kompensatsiya beriladi.

Ya’ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14%, agar kredit foizi 19% bo‘lsa uning 5% davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝Mazkur kompensatsiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o‘zlari yuboradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Fitosanitar dala nazorati o'tkazilmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺 Rossiyaning yirik savdo tarmoqlari va Sankt-Peterburgning Sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo Qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

🤝 Rossiyaning yirik savdo nuqtalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish boʻyicha kelishuvga Karantin agentligi rahbarining 2024-yil may oyida Rossiyaga ishchi tashrifi doirasida erishilib, hamkorlikni kengaytirish masalasi koʻrib chiqilgan edi.

Hamkorlikni mustahkamlash istagida boʻlgan kompaniyalardan biri “X5 Group”.

🍎 “X5 Group” kompaniyasi 70 dan ortiq mamlakatda 1,5 mingdan ortiq hamkorlarga ega boʻlib, meva-sabzavot importi boʻyicha Rossiya bozoridagi eng yirik tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bir yilda kompaniya oʻz nuqtalari orqali 1,5 million tonnadan ortiq mahsulotni realizatsiya qilish quvvatiga ega.

🗺 Kompaniyaning Noginsk, Sankt-Peterburg va Novorossiysk shaharlarida xablari mavjud boʻlib, meva-sabzavotlar toʻlovi mahsulot qabul qilinganidan soʻng 14 kun davomida amalga oshiriladi.

☎️ Maʼlumki, har bir savdo tarmogʻining oʻz talablari mavjud. Mazkur talablar bilan mahalliy meva-sabzavot yetishtiruvchilarni tanishtirish maqsadida onlayn oʻquvlar tashkil etilishiga kelishildi.

🏘 Tashrif davomida mehmonlar Markaziy eksport shtabi hamda Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ham boʻldilar va tizim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdilar.

🔔 Onlayn oʻquv kurslarini oʻtkazish muddati haqida Agentlikning rasmiy sahifalarida xabar beriladi.

#eksport_daydjest

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

☀️ Quyosh paneli oʻrnatgan aholi tomonidan oʻz ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 soʻmdan subsidiya beriladi, yaʼni davlat elektrni aholidan 1000 soʻmdan sotib oladi.

🖥 Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

🏢 Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovatt elektr 720 soʻmdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

📑 O‘zgartirish kiritilayotgan hujjatlar sohani takomillashtirishga qaratilgan

#rasmiy_munosabat #qonun_loyihasi

🔰 karantin.uz 💬Facebook 📷Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 06:27:10
Back to Top
HTML Embed Code: